Podstansiya kommutatsion apparatlari va uskunalari montaji
Download 2.75 Mb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ajratgichlar montaji
Podstansiya kommutatsion apparatlari va uskunalari montajiReja
1. Ajratgichlar montaji 6-10 kV kuchlanishli ajratgichlar: a – bir qutbli; b – uch qutbli; 1 – harakatlanuvchi pichoqlar; 2 – tayanch izolyatorlari; 4 – asos (rama); 5 – oshiqmoshiqli izolyatorlar; 6 – buriluvchi o‘q. Ajratgichni montajdan oldin usta kamera ko‘zatuvdan va tekshiruvidan o‘tkaziladi. Qismlarining holati (yoriq, siniq yo‘qligi, kontakt tizimi yaxshiligi, zanglash bor, yo‘qligi) tekshiriladi. Aniqlangan nuqsonlar bartaraf qilinadi. Ajratgichlarni boshqarish uchun dastakli dvigatel: a – PR-3 rusumli bino ichida o‘rnatiladigan ajratgichlar uchun; b – PRN – 10M rusumli tashqarida o‘rnatiladigan 6 – 10 kV kuchlanishli ajratgichlar uchun. Ajratgichlarni montaj qilishda avtomobil ko‘targichlar yoki boshqa ko‘tarish mexanizmlar yordamida ustunlar tepa qismiga mahkamlgan ramaga uchchala qutb tayanch izolyatorlari bilan o‘rnatilib, og‘masdan bir o‘qda yotishi vertikal va gorizontal holatlari tekshirib rostlanadi. 10 kV kuchlanishlarga oraliq 3 mm dan ko‘p bo‘lmasligi kerak, 35 kV - 5 mm va 110 kV – 10 mm. Rostlash zarur bo‘lganda pichoq harakati uzatgich bo‘limlari uzunligini dvigatelga nisbatan o‘zgartirish kiritish bilan to‘g‘rilanadi. Tashqarida ishlatiladigan RLND-35 rusumli ajratgichlar qutblari alohida yig‘ilgan holda korxonadan keltiriladi. RLND-35 rusumli ajratgich umumiy ko‘rinishi: 1 – asosi; 2 – o‘q; 3 – podshipnik; 4 – yerga zaminlagich pichoq; 5 – buruluvchi izolyator; 6 – egiluvchan aloqa; 7 – kontaktlari bilan yassi plastik kontaktli yarim pichoq; 8 – kontakt qobig‘i; 9 – yassi plastik kontaktsiz yarim pichoq; 10 – richagi. Ajratgich to‘la ulanganida, pichoq bilan asosi orasida 5 - 6 mm oraliq qolishi kerak. Ajratgichlarning barcha qutblarining bir vaqtda ulanishi oraliq tortgichlar yoki qutblar tortgichlari uzunligini to‘g‘ri tanlash bilan ta’minlanadi.Ajratgichning pichoqlari holatini harakatsiz pichoqlarga nisbatan tekshirish: a – noto‘g‘ri; b – to‘g‘ri; 1 – pichoq; 2 – harakatlanuvchi kontakt; 3 – o‘q simmetrikligi Ajratgich pichoqlari sug‘irilish kuchini o‘lchash: 1 – pichoq; 2 – moslama; 3 – dinamometr; 4 – asos. Download 2.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling