Lab: Richard metodi bilan havo uchun adiabata ko’rsatgichini CP/CV aniqlash
Ishning maqsadi: Po’lat zoldirning ossillyasiya davrini o’lchash. Havo uchun adiabata koeffisiyentini aniqlash.
Kerakli jihozlar: Marriot kolbasi 10l, Ossillyasion trubka, Taymer, Aneroid barometr, Plastik menzurka 1000ml, Vazelin 50 g.
Ishni bajarish tartibi: Aspiratorning pastki teshigi berkitamiz.Presizision shisha trubkali rezina tiqinni aspiratorning yuqorigi teshigiga perpendikulyar qilib joylashtiramiz. Agar endi zoldir shisha trubkaga kiritilsa, u idishdagi havo hajmi shakllantirgan havo yostig’ida garmonik tebranishlar bajaradi. Ishqalanish energiyasiga yo’qotishlar muqqarar bo’lgani uchun tebranishlar so’nadi. Bir necha marta tebranishlar davrini T 10 ossillyasiya uchun o’lchaymiz. Barometr ko’rsatishi bo’yicha bosim qiymatini yozib olamiz. 1 l hajmli plastik menzurkadan foydalangan holda, idishni suv bilan to’ldirib, aspiratorning hajmini aniqlaymiz. Suvni to’kgandan keyin idishni yaxshilab quritamiz.
Ishchi formula:
Lab: Suv aralashmalari temperaturasini aniqlash
Ishning maqsadi: Temperaturalari ϑ1 va ϑ2 bo’lgan, m1 va m2 massali suv miqdorlarini kalorimetrda aralashtirish va aralashmaning temperaturasini ϑn aniqlash.
Kerakli jihozlar: Dyuar idishi g’ilofi, Kalorimetr Dyuar idishi, O’quv laboratoriya torozisi 610 posangi torozi toshlari bilan, Menzurka DURAN 400 ml, Taymer, Elektroplitka, Termometr, Temperatura datchigi, Mobil SASSU (CASSY), NiCr-Ni adapter.
Ishni bajarish tartibi: Dyuar idishini toroziga qo’yamiz va uni bo’sh holatda tortamiz. Unga temperaturasi 60 gacha qizdirilgan, m2 = 0,1 kg massali suv quyamiz. Oldin sovuq suvning temperaturasini ϑ1 aniqlaymiz va keyin kalorimetr ichidagi suvning temperaturasini ϑ2 aniqlaymiz. Kalorimetrga m1= 0,15 kg massali sovuq suv qo’shamiz. Aralashtirib aralashmaning temperaturasini ϑn o’lchaymiz. Tajribani sovuq suv va issiq suv massalarining boshqa nisbatlari uchun qaytaramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |