Labaratoriya
Download 82.02 Kb.
|
Konspekt
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tebranish davri va chastotasini ta’riflang.
- Matematik mayatnik nima Uning harakatini tavsiflab bering.
- Matematik mayatnikning tebranish davri nimalarga bog’liq
- 2-tajriba mashg’uloti NAZORAT SAVOLLARI 1. O‘tkazgich qarshiligi qanday fizik kattalik va klassik elektron nazariyasi asosida u qanday tushuntiriladi.
1-tajriba mashg’uloti Nazorat savollari Garmonik tebranma harakat deb qanday harakatga aytiladi? Jismning tebranish parametrlari (vaziyati) sinus yoki kosinus qonuniga asosan o’zgaradigan harakati garmonik tebranishlar deyiladi. Matematik mayatnikning tebranish davrini aniqlash uchun uni tebranma harakatga keltirgach, N ta to’liq tebranish uchun ketgan vaqt aniqlanadi. Tebranish davri (1) ifoda orqali hisoblanadi. (3) ifodadan g topilsa, u quyidagiga teng:
Tebranish davri va chastotasini ta’riflang. Tebranma harakat qilayotgan jismning biror vaziyatdagi bir tomonga ketma-ket ikki marta o’tishi o’rtasidagi harakati to’liq tebranish deyiladi. Bitta to’liq tebranish uchun ketgan vaqt tebranish davri deyiladi: (1) SI sistemasidagi tebranish davri sekundlarda o’lchanadi. Bir sekunddagi tebranishlar soni ν tebranish chastotasi deb ataladi: Matematik mayatnik nima? Uning harakatini tavsiflab bering. Og’irlik markazi jism osilgan nuqtadan pastda joylashgan va tebranma harakat qiluvchi jism (yoki sistema) mayatnik deb ataladi. Uzun, vaznsiz, cho’zilmaydigan ipga osilgan moddiy nuqta matematik mayatnik deyiladi. Uzun ipga osilgan massiv sharchadan iborat sistemani ko’rib chiqaylik. Agar sharchaning o’lchamlari ipning uzunligiga nisbatan ancha kichik bo’lsa, sharchaning o’lchamlarini e’tiborga olmay, uni moddiy nuqta deb qarash mumkin. Ipning massasi sharchaning massasidan juda ham kichik bo’lgani uchun uni va ipning cho’zilishini e’tiborga olmaslik mumkin. Shunday sistema amalda matematik mayatnik kabi harakat qiladi. Matematik mayatnikning tebranish davri nimalarga bog’liq? Tebranma harakat qilayotgan jismning muvozanat vaziyatidan eng chetga chiqish masofasi tebranish amplitudasi deyiladi. Tebranish amplitudasi uncha katta bo’lmaganda, matematik mayatnik tebranishlari quyidagi qonunlarga bo’ysunadi: Tebranish davri matematik mayatnik massasiga va tebranish amplitudasiga bog’liq emas. Tebranish davri mayatnik l uzunligining kvadrat ildiziga to’g’ri proportsional, g erkin tushish tezlanishining kvadrat ildiziga esa teskari proportsional: (3) Matematik mayatnikning ixtiyoriy vaqt momenti uchun muvozanat vaziyatidan siljish masofasi kosinus yoki sinus qonunlariga bo’ysunadi: , 5. Bir xil vaqt ichida biri 5 marta, ikkinchisi 20 marta tebranadigan ikkita mayatnikning uzunliklari qanday nisbatda bo’ladi? 6. Mayatnik suvda harakat qilsa, uning tebranish davri qanday o’zgaradi? Temir sharchali mayatnik ostiga magnit joylashtirilsachi? 2-tajriba mashg’uloti NAZORAT SAVOLLARI 1. O‘tkazgich qarshiligi qanday fizik kattalik va klassik elektron nazariyasi asosida u qanday tushuntiriladi. O‘tkazgichlar qarshiligini o‘lchashning turli usullari mavjuddir. Bu usullardan eng qulayi ampermetrda o‘lchangan tok kuchi va voltmetrda aniqlangan kuchlanish qiymatlarini bilgan holda, zanjirning bir qismi uchun Om qonunidan foydalanib o‘tkazgich qarshiligini aniqlashdir. Download 82.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling