1-Labarotoriya ishi
Mavzu: Axborotlar ustida bajariladigan amallar. Aхbоrоt kоmmunikаtsiya tехnоlоgiyalаrining tаsniflаnishi.
Tayanch iboralar: aхbоrоt tizimi, aхbоrоt tехnоlоgiyasi, aхbоrоt jаmiyati, aхbоrоt zахirаlаri, kоmpyutеrlаr, texnik vositalar.
Labarotoriya ishiga topshiriq.
1. Berilgan o’nlik sanoq sistemasidagi sonlarni ikkilik sanoq sistemasiga o’tqazish
2. Berilgan ikkilik sanoq sistemasidagi sonlarni o’nlik sanoq sistemasiga o’tqazish
3. Topshiriqlarni bajarish
Nazariy qisim
IKKILIK SANOQ SISTEMASIDA AMALLAR BAJARISH
Kompyuterlar ishlab chiqarila boshlanganda ular ning ishlash prinsipi bilan bog‘liq bo‘lgan axborotlarni ikkilik sanoq sistemasida kodlash va amallar bajarish masalasi yuzaga keldi. Chunki, kompyuterga biror amalni bajarishni o‘rgatish uchun inson shu amalni qanday bajarilishini tasavvur qilishi zarur. Demak, kompyuterlarning ishlash prinsipini o‘rganish uchun ikkilik sanoq sistemasida amallar qanday bajarilishini bilishingiz maqsadga muvofiqdir. Kundalik hayotimizda ishlatiladigan o‘nlik sanoq sistemasidagi sonlar ustida arifmetik amallar bajarish usullarini bilamiz. Mazkur usullar boshqa barcha pozitsiyali sanoq sistemalari uchun ham o‘rinlidir. O‘nlik sanoq sistemasida qo‘shish amalini ko‘rsak, biz avval birliklarni, so‘ng o‘nliklarni, keyin yuzliklar va hakazolarni o‘zaro qo‘shib boramiz. Bu jarayon barcha pozitsiyali sanoq sistemalar uchun o‘rinli bo‘lib, toki oxirgi qiymat bo‘yicha eng katta razryadni qo‘shishgacha davom etadi. Mazkur jarayonda shu narsani doim eslash kerakki, agar biror razryad sonlarini qo‘shganimizda natija sanoq sistemasining asosi qiymatidan katta chiqsa, yig‘indining sanoq sistema asosidan katta qismini keyingi razryadga o‘tkazish kerak.
Topshiriqlar
1 . 33, 16, 23, 35, 84, 73, 47, 51, 67, 42.
2. 1010101, 101101, 1001011, 1011101, 1101101, 1000111, 11010111, 10101011, 1111000, 1111111.
3 .
Do'stlaringiz bilan baham: |