Laboratoriya № avtomobillarning electron boshqarish tizimlari jixozlarini tuzilishini o’rganish va ishga tayyorlash ishning maqsadi


Download 122.85 Kb.
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi122.85 Kb.
#1517349
  1   2   3
Bog'liq
ЛАБ ИШИ АвТОМ ЭБТ


LABORATORIYA №
AVTOMOBILLARNING ELECTRON BOSHQARISH TIZIMLARI JIXOZLARINI TUZILISHINI O’RGANISH VA ISHGA TAYYORLASH
Ishning maqsadi: Dvigatelni elektron boshqarish tizimlarining sxemalari va ishlashini o'rganish.
Kerakli jixozlar: Dvigatellarni elektron boshqarish tizimlarining alohida qismlarii va qurilmalari, plakatlar.
Umumiy ma'lumot
Dvigatelni boshqarishning elektron tizimi datchiklar to'plamini va turli xil qurilmalarni o'z ichiga: oladi axborotni qabul qilish va qayta ishlash, bajaruvchi mexanizmlar va yordamchi qurilmalarni oladi. Ularning ulanishlarining funktsional va elektr sxemalari dvigatelni boshqarishda ochiq yoki yopiq zanjirlarni hosil qilingan.
Dvigatelni boshqarishning zamonaviy avtomatik tizimlari moslashuvchan (o'z-o'zidan moslashuvchi) qilingan. Bunday tizimlar dvigatelning xarakteristikalari tez o'zgarishi sharoitida ishonchli ishlashining ta'minlaydi.
Elektron boshqaruv blokining (ECU) chiqish signallari kam quvvatga ega bo'lganligi sababli, kontaktni, elektromagnit injektorni (EMF) va elektr benzin nasosini (EBP) bevosita boshqarish uchun ishlatib bo'lmaydi. Signallar chiqish kuchaytirish bosqichlaridan o'tgandan so'ng, ular quvvat va ateşleme tizimining harakatlantiruvchi elementlariga ta'sir qiluvchi elektr signallariga aylanadi.Yopiq tizim ochiq tizimga nisbatan kerakli parametrlarni saqlashda yuqori aniqlikni ta'minlaydi.
Boshqarish tizimining kirish parametrlari drossel zaslonkasini ochilish burchagi, yonuvchi aralashmaning tarkibi va o’t oldirish vaqti hisoblanadi. Haydovchi gaz kelebeği ochilish burchagini o'zgartiradi. Havo oqimining o'zgarishi havo-yonilg'i aralashmasi va ateşleme vaqtining o'zgarishi bilan birga keladi.

  1. Benzinli dvigatellarda yonilg’i uzatilishini boshqarish

Hozirgi kunda benzinli dvigatellarda tatbiq topgan yonilg’i o’zatilishini elektron boshqarishning ikki turi mavjud: elcktron boshqariladigan Karburator va purkash tizimlari. Purkash tizimlari yonilg'ining uzatilish joyiga qarab 3 turga bo’linadi: markaziy bir nuqtali, taqsimlangan ko’p nuqtali va bevosita yonish' kamerasiga purkash tizimlari. Yonilg’ini bevosita yonish kamerasiga purkash tizimi, ishlatilishi zarur bo’lgan jihozlarning juda murakkabligi va samarali ishlashi uchun tarkibida oltingo'girt miqdori juda kam bo’lgan benzin talab qilishi tufayli hozircha ishlatilish darajasi nisbatan past. Ammo soha mutaxassislari yaqin kelajakda yonilg’ini bevosita purkash tizimi avtomobillardagi eng asosiy yonilg’i uzatish usuliga aylanishini bashorat qilmoqdalar. Hozirgi kunda zamonaviy avtomobil dvigatellarida asosan bir nuqtali va taqsimlangan ko'p nuqtali purkash tizimlari ishlatiladi. Har ikkala tizimda ham yonilg'i dvigatel silindrlarining kirish yo’liga purkaladi.
Yonilg'i purkashning elektron boshqarish tizimlari quyidagi prinsip bo'yicha ishlaydi. Elektr yonilg'i nasosi yonilg’ini taqsimlash quvurida taxmi- nan 0,2 MP bosim bilan o'zgarmas holda ushlab turganligi sababli, silindrlarga purkaladigan yonilg'ining miqdori elektromagnit forsunkani (injektomi) ochilib turish vaqti bilan belgilanadi. Elektron boshqarish tizimi (EBT) injektorlarni ochilib - yopilishining, ya’ni yonilg'ini silindrlarga majburiy purkash impuls- ining davomiyligini drossel to’siqchasini ochilish burchagi, tirsakli valning aylanish chastotasi, sovituvchi suyuqlik harorati va kiritish quviridagi absolyut bosimga bog'liq ravishda boshqaradi. Purkalishi zarur bo'lgan yonilg’i miqdori haqidagi ma’lumot ikki raqamli kod ko’rinishida doimiy xotira qurilmasida (DXQ) saqlanadi. Elektron boshqarish bloki datchiklardan kelayotgan ma’lumot asosida.




1-rasm. Bcnzinli dvigatcllarda yonilg'i purkalishini elektron boshqarish lizimining tarkibiy sxcmasi

DXQ dan zarur kodni tanlab olib, unga mos keladigan miqdordagi yonilg'ini dvigatclning kiritish klapanlari atrofiga purkalishini ta’minlaydi.


Benzinli dvigatellarda yonilg'i purkalishini elektron boshqarish tizimining tarkibiy sxemasi 6.3-rasmda ko'rsatilgan.
Maxovikning tishli g'ildiragining teppasiga joylashtirilgan induktiv datchik dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi haqidagi ma'lumotlami impuls signal sifatida shakllantiradi. Bu signal analog-raqamli o'zgartirgich (ARO') 4 ga uzatiladi va raqamli kod ko'rinishiga keltiriladi. Drossel to'siqchasining holatini belgilovchi datchik 1 dan kelgan signal ham ARO' 4 yordamida raqamli kodga aylantiriladi. Takt generalori 3 ARO' islilashi uchun zarur bo'lgan doimiy chastotali imptilslarni shakllantirib beradi.
Raqamli kod shaklidagi aylanishlar chastotasi va drossel to'siqchasining holati haqidagi signallar EBT ning doimiy xotira qurilmasi 5 ga uzatiladi. DXQ da dvigatel aylanish chastotasi va drossel to'siqchasini ochilish burchagiga bog'liq ravishda elektromagnit klapan ochilish vaqtini belgilovchi raqamli sig­nal hosil qilinadi va mikroprotsessor 6 ga uzatiladi.
Mikroprotsessor 6 DXQ dan kelgan signalni zarur yonilg'i miqdoriga pro- porsional bo'lgan injektorlarni ochilib turish vaqtining davomiyligi ko'rinishiga o'zgartiradi. Datchik 2 bilan bog'liq bo'lgan sinxronizatsiya moslamasi 10, yonilg'ini dvigatel ish jarayonining tegishli nuqtasida purkalishini ta’minlaydi va kiritish quvirining devorlarida o'tirib qolayotgan yonilg'i zarralarining mi- qdorini kamaytiradi.
Dvigatclning issiqlik holati va atrof-muhit sharoitlarini hisobga olib in­jektorlarni ochilib turish vaqtiga tuzatish kiritish uchun sovitish suyuqligi haro- rali 10, absolyut bosim 11, so'rilayotgan havo lemperaturasi 12 datchiklaridan mikroprotsessorga qo'shimcha ma’luinot uzatadi. Bundan keyin signal quvvat kuchaytirgich 7 da kuchaytiriladi va elektromagnit forsunkalar 8 ga uzatiladi.
Yoilg‘i purkashning elektron boshqarish tizimi o't olish va yonish ja- rayoniga ,tajsir qiltivchi ko'p omillarni hisobga oladi va yonilg'i uzatilishini murakkab bog'lanishlar orqali amalga oshiradi. Bu dvigatelning ancha tejamli ishlashini ta’minlaydi. Shu bilan birga tuzilishining murakkabligi va unga xiz- mat ko'rsatish uchun yuqori malakali mutaxassislar zarurligi - bu tizimning kamchiligi hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda yonilg'i purkashni boshqarish tizimlarida optimal boshqarisli prinsipiga asoslangan sislemalar keng joriy qilinmoqda. Bu prinsip- ning mazmuni shundan iboratki, yonilg'i purkash jarayoni mikroprotsessor shakllantirayotgan boshqaruv signalini dvigatelning ekspluatatsion tavsifnoma- siga ko'rsatayotgan ta’sirini baholash asosida amalga oshiriladi. Optimal- lashtiruvchi omillar sifatida, odatda, yonilg'i sarfi, chiqindi gazlarning zaharliligi va dvigatelning tortish tavsifnomalari ishlatiladi. Lekin bu parametr- lami bir vaqtning o'zida optimallashtirisli imkoniyati yo'q. Sliuning ucltun dvigatelning maksimal quvvati yonilg'i aralashmasini boyitish, tejamliligi esa uni suyiltirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Yuqorida ko'rsatilganday, zamonaviy benzinli dvigatellarda yonilg'i, silindrlarning yonish kamerasiga karburator vositasida yoki purkash tizimi yordamida uzatiladi.
Karburator yordamida yonilg'i uzatish usuli quyidagi kamchiliklarga ega:

  • Kiritish kollektorida turli silindrlargacha bo'lgan masofa har xil. Bun- dan tashqari xatto to'la qizdirilgan dvigatelda ham kollektor devorlarining xaro- rati bir xil emasligi aniqlangan. Buning natijasida dvigatelning silindrlariga uzatilgan yonilg'i miqdori bir xil bo'lmaydi. Bu esa dvigatelning quwatini oxirigacha avj oldira olmasligi, tirsakli valdagi burovchi momcntni ravon bo'lmasligi, dvigatelning tejamkorligini pasayishi, chiqindi gazlardagi zaharli moddalarni ortishiga olib keladi.

  • Karburator pulverizator prinsipi bo‘yicha ishlaydi, ya’ni yoni!g‘i so'rilayotgan havo oqimi ichida mayda zarrachalarga aylantiriladi. Bunda youilg'i yaxshi parchalanniaydi va benzinning nisbatan yirik (100-120 mkm) tomchilari hosil bo'ladi. Bu havo va benzinni yaxshi aralaslimasligiga, bir qism yonilg'ini kollektor va silindr devorlarida qolib ketishiga olib keladi. Bu ham aibatia dvigatelning tejamkorligiga salbiy ta’sir ko'rsatadi.

Yonilg'i purkash tizimi ishlatilganda esa, ya’ni injektomi kalibrlangan teshigidan youilg'i majburiy bosiin ostida purkalganda yonilg'i tomchilari an- cha kichik bo'ladi (markaziy forsunkadan 1,1 bar bosim bilan purkalganda, yonilg'i tomchisining diametri 50...60 mkm dan oshmaydi). Ayniqsa benzinni kattaroq bosim ostida tor dasta shaklida purkalishi yaxshi natija beradi (yopiq turdagi forsunkadan 5,2 har bosim bilan purkalgan yonilg'i tomchisining o'lchaini 20-30 mkm doirasida bo'ladi)
Purkalgan yonilg'i tomchilari diametri 10-15 mkm doirasida bo'lsa, ben­zinni havo bilan aralashishi molekulyar darajada sodir bo'ladi. Bunday aralashmani dvigatelning barcha ish rejimlarida silindrlarga uzatilayotgan (ya’ni purkalanayotgan) miqdorini juda katta aniqlik bilan ulushlash mumkin. Bu esa o'z navbatida ichki yonuv dvigatellarining tejamkorligini oshirish. bar­cha aylanishlar chastotasida burovchi moinentni barqarorligini ta’minlash, quwatini oshirish, chiqindi gazlardagi kanserogen (zaxarli) moddalar miqdorini kamaytirish imkonini beradi.
Yonilg'i purkash lizimi birinchi bor Mersedes firmasi tomonidan 1949 yili Mersedes S300 belgili avtomobil dvigaleliga qo'yilgan. 0‘tkazilgan sinoviar bu tizimni karburatordan barcha asosiy ko'rsatkichlar bo’yicha mutioc, ustunligini ko'rsatdi. Shundan keyin, yonilg'i purkash tizimini ishlab chiqarish va takomil- lashtirish yo‘nalishida dunyoning juda ko‘p mashhur firmalari shug'ullana boshladilar va o‘zlarining turli konstruksiyalarini taklif qildilar. Ularning orasida tannarxi va ishonchliligi bo'yicha eng muvaffaqqiyatli deb tan olingani Bosch (Germaniya) firmasining 1951 yilda taqdiin etgan K- Jeironic mexanik uzluksiz purkash tizimi bo'ldi.

Download 122.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling