Laboratoriya № Mavzu: Keramik materiallar va buyumlar tarkibi va xossalari


Download 344.23 Kb.
bet7/12
Sana01.03.2023
Hajmi344.23 Kb.
#1238384
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Laboratoriya-1

Tayyorlash ishlari. Keramik buyumlar ishlab chiqarish texnologiyasi quyidagi bosqichlardan iborat: xom ashyoni qazib olish, ularga mexanik ishlov berish, buyumlarni qoliplash, quritish va pishirish.
Giltuproq karerlarda ochiq usulda ekskavatorlar yordamida qazib olinadi va temir yo‘l orqali vagonlarda, avtomobil transporti yoki lentali uzatgich yordamida korxonaga yuboriladi. Odatda karerdan qazib olingan giltuproq keramik buyumlar olish uchun yaroqsiz. SHuning uchun har qanday keramik ashyoni ishlab chiqarish texnologiyasi keramik massani tayyorlashdan boshlanadi, ya’ni giltuproqqa mexanik ishlov beriladi. Bu bosqichda ishlov berishdan maqsad giltuproqning tabiiy tuzilishini buzish, uning tarkibidagi toshlar va har xil zararli qo‘shim­chalarni ajratish, yirik bo‘laklarni maydalash, keramik massani bir xil gamogen holga keltirishdan iborat. Giltuproq tarkibidagi toshlarni ajratish uchun burama valikli yoki maxsus mashinalar ishlatiladi. Toshlardan ajratilgandan keyin, giltuproq avval yirik maydalash, so‘ngra mayin maydalash mashinalaridan o‘tkaziladi. Kerakli darajada maydalangandan keyin, gil­tuproq, qoliplash uchun talab qilingan miqdordagi suv qo‘shib, eziladi. G‘isht korxonalarida giltuproqni ezish uchun parrakli ochiq loyqorgichlar ishlatiladi. Bu bosqichdan keyin qulay qoliplanadigan bir xil gomogen keramik massa hosil bo‘ladi.
Qoliplash usullari. Ishlab chiqariladigan mahsulotning turiga va xom ashyoning xossalariga ko‘ra keramik buyumlar uch xil usulda ishlab chiqariladi: plastik qoliplash, yarim quruq yoki quruq presslash, quyma (shliker) usul.
Plastik qoliplash usuli.Bu usulda tabiiy namlikkdagi yoki oldindan quritilgan xom ashyo suv bilan aralashtirilib, loy xamiri hosil qilinadi. Loyning namligi 18-25%. Tayyorlangan loy qoliplash uchun lentali pressga yuboriladi. Lentali presslar oddiy yoki vakuum kamerali bo‘ladi (2.4-rasm). Vakuum yordamida qoliplashda loy tarkibidagi havo surib olinadi. Natijada giltuproq zarralari o‘zaro jipslashib loyning bir tekisda bo‘lishini va yaxshi qoliplanishini ta’minlaydi, buyumlarning mustahkamligi oshadi.
P ressdan mundshtuk orqali chiqayotgan qoliplangan massa maxsus pichoqlar yordamida kerakli o‘lchamda kesiladi. Plastik qoliplash usuli ko‘pincha keramik g‘isht, ichi bo‘sh g‘isht va toshlar, cherepitsa kabi buyumlar ishlab chiqarishda keng tarqalgan.



Download 344.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling