Laboratoriya-16 mavzu: yaxlit yeng bichimli kiyim model konstruksiyasini ishlab chiqish uchun dastlabki ma`lumotlar


Download 13.64 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi13.64 Kb.
#1589887
Bog'liq
TBK lab ys 3-k 16


Laboratoriya-16
MAVZU: YAXLIT YENG BICHIMLI KIYIM MODEL KONSTRUKSIYASINI ISHLAB CHIQISH UCHUN DASTLABKI MA`LUMOTLAR.
Ishdan maqsad: Yaxlit yeng bichimli kiyim model konstruksiyasini ishlab chiqish uchun dastlabki ma`lumotlar.
YAXLIT BICHIM TURLARI.
1. Yengi yaxlit bichilgan kiyim shakli va tashqi ko`rininshing tasnifi.
2. Yengi yaxlit bichimli kiyimlarning konstruksiyasini tuzish.
3. Turli hil yaxlit bichimli yenglar konstruksiyasini o’tqazma yengli BK asosida konstruktiv modellash

Yahlit bichilgan yenglar bitta bo`lak gazlamadan (mo`ljallangan o`miz chizig`i bo`yicha choksiz) old va ort detallari bilan birga bichiladi, bunda buyumlarning elka sathida yumshoq plastik ko`rinish ta'minlaydi.
Yengi yahlit bichilgan kiyimlar konstruksiyasi ustki chok qiyaligi bo`yicha farqlanadi. Uning yo`nalishi buyumga yumshoqlik (10.1-rasm) bag`ishlasa, tik yo`nalgan yeng buyumni ihcham ko`rsatadi. Tik yo`nalgan yahlit bichilgan yenglar hishtakli loyihalanadi.
Yeng uski qirqimi yo`nalishining chizig`i bu bichimda qirqish nuqtasi sathida yeng kengligiga va yeng qiyamasiga ta'sir etadi. Bundan tashqari, yeng shakli ustki va ostki qirqimlarning shakliga ham bog`liq. Agar ustki qirqimning qiyalik burchagi ancha katta bo`lsa, o`mizning qo`shimcha chuqurlanishi qo`l ko`tarishni qiyinlashtiradi. Ustki qirqimning qiyaligi katta bo`lsa yeng kengligini hishtakni (10.2-rasm) uzaytirish, yengning ostki qismi yoki hishtak bilan yahlit bichilgan qirqma yon bo`lak hisobiga kattalashtirish mumkin.
Yengi yahlit bichilgan kiyimlarning konstruksiyasi reglan yengga o`hshash tarzda tuziladi, ya'ni yeng detallari old va orqa bo`laklar o`miziga joylashtiriladi. BK modifikaciyalashtiriladi, ya'ni yelka choki 1,5-2sm old qismga o`tkaziladi, yon chok o`rtada joylashadi va ko`krak qo`shimchasi kamida 2sm ga oshadi. Yelka va ko`krak vitachkalar o`miz qirqimiga ochiladi. 332, 332p va 352 352p nuqtalar 14"14' nuqtalar markaz bo`lib yoylar orqali (10.3-rasm.) tutashtiriladi. O`miz pasaytirilib yenglarning ostki qirqimlari ravon egri chiziqlar shaklida o`tkaziladi.
Yahlit bichilgan yenglar kostruksiyasini quyidagi parametrlar bo`yicha tekshirib ko`rish tavsiya etiladi:
- old va ort bo`lak yeng o`gish burchaklari teng bo`lishi (бс = бп);
- yelka qirqimi og’ish burchaklari teng bo`lishi;
- yelka qirqimlari uzunligi;
Old yelka qirqimi, ort yelka qirqimini takrorlaydi, yeng ostki qirqimi konfigurasiyasi bir hil bo`lishi kerak. Yeng uchi toraytirilsa pastki qirqimdan toraytiriladi.

10.1-rasm. Yumshoq shaklli yengi yaxlit bichilgan kiyim konstruksiyasi

10.2-rasm. Hishtakli yeng yaxlit bichilgan kiyim konstruksiyasi

10.3-rasm. Yengi yaxlit bichilgan kiyim konstruksiyasining turli hil shakllari



Nazorat savollar:
1. O`tkazma yeng asosida konstruktiv modellash orqali boshqa bichimlar qanday ko`riladi?
2. Qanday yahlit bichimli yenglar turlarini bilasiz?
3. Yeng asosi yelka chizig`i burchagi kiyim shakliga qanday ta'sir ko`rsatadi?
4. Yaxlit bichimli yeng konstruksiyasini ishlab chiqish qanday usullarini bilasiz?
5. Yaxlit bichimli yeng konstruksiyasini tekshirish parametrlari nimalardan iborat?
6. Yaxlit bichimli kiyimlarda balans qiymati qanday o`zgaradi?
7. Yengi yaxlit bichilgan kiyim shakli va tashqi ko`rininshing tasnifi.
8. Yengi yaxlit bichimli kiyimlarning konstruksiyasini tuzish.
9. Yaxlit bichilgan yenglar konstruksiyasini tekshirish parametrlari.



Download 13.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling