Mavzu: kiyim konstruksiyalash usullari klassifikatsiyasi
Download 361.69 Kb.
|
1-ma'ruza (1)
1 - MA’RUZA MAVZU: KIYIM KONSTRUKSIYALASH USULLARI KLASSIFIKATSIYASI Reja. 1. Konstruksiyalash turlari 2. Kiyimni klassifikatsiyasi 3. Kiyim sifatini baxolashga oid ko‘rsatkichlar Tayanch so‘z iboralari: Kiyim konstruksiyasi,zamonaviy kiyim funksiyalari,utilitar funksiya, fiziologik funksiya, gigiyenik funksiya, ijtimoiy ko‘rsatkichlar. Konstruksiyalash turlari O‘zbekistonda to‘qimachilik va yengil sanoat rivojlanishi uchun katta miqdordagi tabiiy xomashyo resurslari mavjud. Ushbu resusrslardan tayyor mahsulot olib chiqarib, awalo ichki bozorimizni to‘ldirib, so‘ngra sifatli va raqobatbardosh buyumlar bilan jahon bozoriga chiqish respublikamiz iqtisodiyoti ning yetakchi yo‘nalishlaridan biridir. Yuqori sifatli tikuv buyumlarini loyihalashtirib, ularni ishlab chiqa- rishning zamonaviy iqtisodiy xususiyatlariga to‘g'ri yondashib, mutaxassislikka oid murakkab masalalarni yechishga qodir va estetik qonuniyatlarni mukammal egallagan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash muhim vazifadir. Shu sababli kadrlar tayyorlash milliy dasturida va milliy modelda ilmiy uzluksiz ta'limning mazmuniy hamda tashkiliy rivojlanishiga doir strategik yo‘nalishga asoslangan holda aniq belgilangan. Yengil sanoatdagi o‘zgargan vaziyatlar, kichik firma va qo‘shma korxonalarni tashkil etish, assortimenti tez-tez yangilanadigan hamda tez moslashadigan texnologik «tugallangan sikilar« kompleksini yaratish (ya'ni, tolalarni qayta ishlashdan boshlab tayyor buyum chiqarishgacha) sohasi mutaxassislar tayyorlash jarayoniga yangicha yondashuvni talab qiladi. Zamonaviy mutaxassis bir vaqtning o‘zida dizayner, konstruktor, texnolog, marketolog va o‘z mahsulotini muvaffaqiyatli sotuvchi kabi vazifalarini bajarishi kerak. Tikuvchilik sanoati oldiga qo‘yiladigan masalalarni yechishda kiyimni amaliy va ilmiy jihatdan konstruksiyalash ishlari yetakchi o‘rin egallaydi, chunki loyihalashning ayni shu bosqichida kiyimga va uning sifatiga qo‘yiladigan barcha ijtimoiy va texnik-iqtisodiy talablar to‘Uq hisobga olinishi kerak. Kiyim konstruksiyalash — loyiha ishlarining muhim qismi bo‘lib, tikuv buyumlari konstruksiyalarini ratsional loyihalash masalalari bilan shug'ul- lanadigan amaliy fandir. Mazkur darslik kiyim konstruksiyalashga doir o‘quv materialini loyihalash uslublarim mukammallashtirish maqsadida qo‘l- lanadigan zamonaviy yo‘nalishlarni va O‘zbekiston sharoitida kiyim loyihalash xususiyatlarini hisobga olgan holda tuzilgan. harakatni chegaralaydigan korset o‘rniga shaklan va konstruktiv jihatdan mukammallashgan ich kiyimlar yaratildi. Yubkalar kaltalashdi. 1928-yilda Gabriel Shanel ayollar modasiga erkaklar tipidagi kostum kiritdi. 1930-yillarda butun dunyo bo‘yicha kiyimning orrmiaviy tarzda ishlab chiqarilishi boshlandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida kiyimning tabiiy shakli o‘zgarib «harbiylashgandek» bo‘ldi. 1950-60-yillardan boshlab yangi xususiyatli materiallar assortimenti kiyim konstruksiyasiga va shakliga katta o‘zgarishlar kiritdi. 1970—80-yillarda kiyim silueti va shakli murakkablashib, uning konstruktiv tuzilishiga ko‘proq ahamiyat berildi. Bizgacha yetib kelgan o‘zbek milliy kiyimlar XIX asrning oxiri — XX asrning boshlariga to‘g'ri keladi. Erkaklarning milliy liboslari yelka, bel va bosh kiyimlaridan iborat. Ichki libosga yengsiz mullavacha ko‘ylak, yaxtak va ishton kirgan. Ustki libosga issiq (paxta solib qavilgan) yengil choponlar, qo‘y yoki tuya junidan tikilgan chakmon, kebanak, kamzullar va po‘stinlar kiradi. Ustki kiyimlar ichida eng ko‘p tarqalib hozirgacha yetib kelgan libos — chopondir. Chopon tikilishiga qarab avra chopon, astarli chopon, paxtalik chopon turlariga bo‘lingan. Chopon tikilgan matosiga qarab qalami chopon, banoras chopon, beqasam chopon, kimxob chopon, surra chopon va hokazo; kimga mo‘ljallanganligiga qarab esa bola chopon, kuyov chopon, quda chopon kabi nomlar bilan atalgan. To‘n-choponlarni bog'lash uchun belbog', belkars, chorsilar, charm va duxoba kamarlar ishlatilgan. Bosh kiyimlar do‘ppi, qalpoq, kallapo‘sh, salla, telpak, qo‘y mo‘ynasidan tikilgan cho‘girmalarni o‘z ichiga olgan Hozirgi zamon kiyimlarida milliy a-n'analar bilan yevropa uslubi bog'lanib ketgan. Chunki milliy kiyimlarimiz bizning hayot tarzimizga va iqlimimizga moslangan, shu bois, erkak va ayollarning xonaki kiyimlarida ham an'anaviy liboslar o‘z davomiyligini saqlab qolmoqda. Shunday qilib, awal insonni iqlimiy ta'sirlardan muhofaza qilish uchun yaratilgan kiyimning shakli va xillari keyinchalik turli tarixiy o‘zgarishlar, ijtimoiy hamda iqtisodiy sharoitlar, milliy xususiyatlar va jamiyatdagi estetik tassawur evolutsiyasi ta'siri ostida o‘zgarib, u amaliy san'at obyektiga aylandi. Download 361.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling