Mavzu: kiyim konstruksiyalash usullari klassifikatsiyasi


Ekspluatatsion ko‘rsatkichlar


Download 361.69 Kb.
bet6/6
Sana17.06.2023
Hajmi361.69 Kb.
#1529583
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma'ruza (1)

Ekspluatatsion ko‘rsatkichlar. Qator sanoat mahsulotlari kabi kiyimga ham muhim ekspluatatsion ko‘rsatkich bo‘lgan «ishonchlilik» xosdir. Tikuv buyumlarining ishonchlilik xususiyati iste'mol jarayonida ma'naviy yoki fizikaviy yaroqsizlikka kelgan vaqt bilan o‘lchanadi. Ideal holatda ma'naviy va fizikaviy yaroqsizlik vaqtlari teng bo‘ladi. Lekin haqiqatda ular teng emas.
Eksplutatsiya davrida kiyimning ishonchlilik ko‘rsatkichi detallarning shakl saqlovchanligi, chidamliligi, choklarning pishiqligi bilan xarakterlanadi.
Kiyim sifatining texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar konstruksiyaning texnik jihatdan mukammallik darajasini, ishlab chiqarish va iste'molchi xarajatlarini hisobga olgan holda kiyimni loyihalash hamda texnologik usullarini bildiradi. Texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlar ikkinchi darajada standartlash va unifikatsiyalash , konstruksiyaning ishlov berishga qulaylik darajasi va tejamlilik ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan.

Nazorat savollari
1.Kiyim funksiyasiga nimalar kiradi?
2. Kiyim sifatining texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlari xaqida ma’lumot bering
3. Ergonomik ko‘rsatkichlarga nimalar kiradi?
4. Funksional ko‘rsatkichlarnechta bosqichdan iborat?
5. Ijtimoiy ko‘rsatkichlarga nimalar kiradi?
Download 361.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling