Mavzu: kiyim konstruksiyalash usullari klassifikatsiyasi


-sxema. Zamonaviy kiyim funksiyalari


Download 361.69 Kb.
bet2/6
Sana17.06.2023
Hajmi361.69 Kb.
#1529583
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ma'ruza (1)

1-sxema. Zamonaviy kiyim funksiyalari.

Utilitar funksiya himoyaviy va fiziologik — gigiyenik funksiyalarga bo‘linadi. Axborot — estetik funksiyalar axborot va estetik funksiyalarga ajratiladi. Har bir funksiya keyingi pog'onada yana kengroq aniqlanadi. Misol uchun: himoyaviy funksiya tashqi muhit va ob-havo ta'sirlaridan himoyani, ishlab chiqarishning ta'sirlaridan himoyani hamda mexanik ta'sirlardan himoyani o‘z ichiga qamrab oladi. Fiziologik va gigiyenik funksiya kiyimni tinchlik va harakat holatida qulayligini bildiradi hamda


Tikuv buyumlari navbati bilan sinflar, kichik sinflar, guruhlar, kichik guruhlar, turlar va boshqalarga tasniflanadi. Mahsulot klassifikatorida o‘nlik kodlash tizimi qabul qilingan. Har bir belgining xarakteristikasiga o‘nlik razryadda muayyan o‘rin ajratiladi.
Kodning 1 va 2— razryadlari (85—const) «Tikuv buyumlari» sinfini bildiradi.

  1. — razryad — kichik sinf, buyumlarning assortimenti bo‘yicha tasnifl;

  2. — razryad — vazifaga ko‘ra konstruktiv yechimi yaqin bo‘lgan buyumlarning guruh—tur majmui;

  3. — razryad — xomashyo bo‘yicha kichik guruhlar: 1 — ip gazlamalar; 2 — zig'ir va aralash tolalardan to‘qilgan gazlamalar; 3 — shoyi, sintetik va aralash tolalardan to‘qilgan gazlama hamda trikotaj polotnolar va h.k.

  4. — razryad — jinsi va yosh belgilari bo‘yicha kiyimlar turi: 1 — erkaklar uchun; 2 — ayollar uchun; 3 — maktab yoshidagi o‘g'il bolalar uchun va h.k.

  5. dan 10 gacha bo‘lgan razryadlar kiyimlarning xillararo tasnifi.

Kiyimga nisbatan qo‘yiladigan talablar
Yuqori sifatli mahsulot muammolari nafaqat texnik, balki iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ahamiyatga ega. Mahsulot sifati buyum loyihalashda hisobga olinadi. Sifatni ta'minlash maqsadida ishlab chiqarish jarayonining har pog'onasida uni idora qilmoq zarur. Hozirgi paytda sifat nafaqat bevosita buyum ishlanadigan sanoat tarmog'ida, balki tarmoqlararo muammoga aylangan, chunki iste'molga tayyorlangan mahsulot sifatini yuzlab turli tarmoq korxonalari ta'minlaydt [8,9].
Mahsulot sifatini idora qilish deganda unga ta'sir etuvchi omillarni tinimsiz nazorat qilib, mahsulotni loyihalash, ishlab chiqish va iste'mol jarayonlarida yetarlicha sifat darajasini ta'minlab turish tushuniladi.
Mahsulotning sifati insonni qadimdan qiziqtirib kelmoqda. Platonning (eramizdan avalgi 427—347-yillar) fikri bo‘yicha, buyumning sifati uning mukammallik darajasidadir. Aristotelning (eramizdan avalgi 384—322-yillar) aytishicha, sifat — bu predmetni unga o‘xshash predmetlardan ajratib turadigan muayyan xususiyatlar majmuidir.
Mahsulotning sifati unga oid ko‘rsatkichlar majmuida namoyon bo‘ladi. Shu bois sifat deganda, mahsulotning vazifasiga ko‘ra insondagi muayyan talablarni qondirishga yaraydigan xususiyatlar majmui tu- shuniladi.
Har qanday buyum xususiyatlarga ega. Sifatni aniqlash — bu mahsulotga xos xususiyatlarning miqdoriy darajasini aniqlash va uni baholash demakdir.
Xususiyatlar buyum tayyorlanganda va iste'mol davrida namoyon bo‘lib, ham miqdoriy, ham sifat darajasida ifodalanadi.
Mahsulot sifati unga ta'sir ko‘rsatadigan yetakchi xususiyatlar nomlarini aniqlashdan boshlanadi. Sifat ko‘rsatkichlar nomlarining ro‘yxati mahsulotning vazifasiga bog'liq. Shu bois mahsulot sifatini baholashdan awal, unga xos inson talablarini qondiradigan xususiyatlarni aniqlash kerak. Ushbu xususiyatlarni shartli ravishda iste'molchi deb nomlash mumkin, chunki qadimgi yunon faylasufi Protagorning «Inson barcha buyumlarning o‘lchamidir« degan so‘zlari hozirgacha o‘z ma'nosini saqlab, mahsulot sifatini baholashda asosiy mezon bo‘lib kelmoqda.
Yuqorida qayd etilgan talablar qatorida ishlab chiqarish talablarini ham unutib bo‘lmaydi. Negaki, mahsulotni sanoatdan tashqarida, materiallar, energiya, inson mehnati va asosiy fondlar xarajatisiz yaratib bo‘lmaydi.
Shunday qilib, sifat mahsulotning murakkab xarakteristikasidir.



Download 361.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling