Nazorat savollari
Tasodifiy signallarni tavsiflab bering.
Oq shovqin nima?
Signal shovqin nisbati tushunchasi izoxlab bering
Hisobot mazmuni
Talaba ushbu ishning nazariy qismida keltirilgan ma’lumotlarini o‘rganadi va taxlil qiladi. Taxliliy xulosalar asosida xisobot tayorlaydi va nazorat savollariga javob beradi.
Laboratoriya mashg‘uloti-25.
Analog signallarni modulyatsiyalashni tadqiq etish: Ampltituda modulyatsiyasi
Ishdan maqsad: Amlituda modulyatori ishlash prinsipini o‘rganish va modulyatorning sifat ko‘rsatgichlarini tajriba yo‘li bilan tahlil etish.
3.1. rasm Amplituda modulyatori prinsipial sxemasi.
Statik modulyatsion xarakteristika (SMX) ni tadqiqot etish.
Statik modulyatsion xarakteristika (SMX) ning 𝑀𝑁 qismi o‘rtasidan absissa o‘qiga perpendikulyar tushirib, ish nuqtasi SMXning o‘rtasida bo‘lishini ta’minlovchi siljish kuchlanishi 𝐸𝑠 qiymatini
Uslubiy ko‘rsatmalar Statistik modulyatsion xarakteristikani tadqiqot etish.
SMX deb chiqish toki 1-garmonikasining modulyatsiyalovchi kuchlanishga bo\liqligiga aytiladi. SMX ni taxlil etish uchun modulyatsiyalovchi kuchlanish sifatida siljish kuchlanishidan foydalaniladi.
SMX ni tadqiqot etish uchun quyidagilarni bajarish kerak.
Dasturni kompter xotirasiga kiriting. Ossillografni signal ko‘chaytirgichini har ikki kanalda 1 katak 1V va signal yeygichni 1 katak 0,1 MS ga sozlang.
"Izmerenie SMX" yozuvi oldidagi "Da" knopkasini, so‘ngra "LC"knopkasini bosing. Yuqori chastota generatori (GVCh-YuChG) chiqishidagi signal chastotasini f = 14 000Gs va amplitudasini U = 1 V =ilib o‘rnating.
Birinchi kanal kirishiga 1-nchi nazorat nuqtasini va ikkinchi kanal kirishiga 4nchi nazorat nuqtasini ulang.
Siljish kuchlanishi Yesm ni -3V dan 0V gacha, qiymatiga mos keluvchi milliampermetr ko‘rsatgan tok amplitudasi qiymatlarini 3.1. jadval 2-nchi qatoriga yozib boring.
3.1. jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |