Laboratoriya №7 kon quvurlarini ta’mirlash o’rganish ishning maqsadi
Download 258.64 Kb. Pdf ko'rish
|
LABORATORIYA №7
LABORATORIYA №7 KON QUVURLARINI TA’MIRLASH O’RGANISH Ishning maqsadi: Truba quvurlari, qurilma, rostlovchi armatura, muhit parametrlarini о‘zgartiruvchi; saqlovchi armatura, sistemada bosim ortishini tо‘xtatuvchi; himoyalovchi armaturalarni o’rganish. 7.1.Nazariy malumotlar Truba quvurlari, qurilma, idishlarda о‘rnatiladigan va ishchi muhit oqimlarini boshqarishni taminlaydigan moslamalar armatura deb nomlanadi. Funksional ish bajarishga qarab armatura quyidagi klasslarga bо‘linadi: (yopuvchi) armatura, muhit oqimini tо‘xtatuvchi; rostlovchi armatura, muhit parametrlarini о‘zgartiruvchi; saqlovchi armatura, sistemada bosim ortishini tо‘xtatuvchi; himoyalovchi armatura, tо‘satdan muhit parametrlarini о‘zgarishi tufayli qurilmalarni buzilish oldini oluvchi; faza ajratuvchi armatura – bug‘ va gaz quvurlaridan kondensatni chiqarib turuvchi. Istalgan klass armaturasi 3 ta asosiy elementdan tarkib topgan: qobiq, uzatma va ishchi organ. Ishchi organ egarsimon asos va unga nisbatan aylanuvchi zolotnikdan tuzilgan. Armatura trubaga flanets, mufta yordamida yoki payvandlab mahkamlanishi mumkin. Kimyo sanoatida asosan flanetsli armatura keng tarqalgan. Truba quvurlari diametri 80 mm dan kam bо‘lganda muftali armatura ishlatiladi. Bunday quvurlarda neytral va yonmaydigan muhitlar uzatiladi. Birlashtirish usuliga qat’iy talab qо‘yilganda payvandlanuvchi armaturani qо‘llash maqsadga muvofiq. Qobiqning konstruksiyasiga qarab о‘tish armaturasi va burchakli armaturalariga bо‘linadi. О‘tish armaturasida muhit о‘z yо‘nalishini о‘zgartirmasdan harakatlansa, burchakli armaturada esa - harakat yо‘nalishi 90 o ga о‘zgaradi. Armatura ishchi qismini-qobiqqa zichlash usuliga qarab salnikli, silfonli va membranali armaturaga bо‘linadi. Ishchi organ uzatmasi konstruksiyasiga qarab armaturalar quyidagicha bо‘ladi: avtomatik; boshqariluvchi (elektr, pnevmo uzatmalar yordamida). Download 258.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling