Separatorli sharli tegirmon Reja: Sharli tegirmonlarning tuzilishi va ishlash printsipi


Download 5.79 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi5.79 Kb.
#1836037

Separatorli sharli tegirmon Reja:

1.Sharli tegirmonlarning tuzilishi va ishlash printsipi

2. Panjarali sharli tegirmon

  • Bo’shatuvchi panjarali sharli tegirmon yonbosh tomondan yopiladigan qopqoqli 2 baraban 1 dan va podshipnik 3 va 15 larga tayanuvchi yuklovchi 4 va bo’shatuvchi 14 sapfadan iborat. Baraban elektrodvigateldan uzatuvchi val 19 ga o’rnatilgan kichik shesternya va barabanga mahkamlangan tishli jig’a 11 orqali aylanadi
  • Dastlabki mahsulot tegirmonga markaziy tuynuk 6 orqali ta’minlagich 5 dan, klassifikator qumi esa chig’anoqsimon cho’mich yordamida yuklanadi. Baraban va yonbosh qopqoqlar ishdan chiqmasligi uchun boltlar yordamida mahkamlanuvchi plitalar bilan, kovak sapfalarning ichi esa almashtiriladigan voronkalar bilan qoplanadi. Tegirmonning bo’shatilish tomonida panjara 10 o’rnatilgan, bu panjara va yonbosh qopqoq 16 orasidagi bo’shliq radial to’siqlar – lifterlar 12 yordamida sektorli kameralarga bo’lingan bo’lib, ular sapfa 14 ga ochiladi. Panjara va sektorlik kamera yanchilgan mahsulotni tegirmondan majburiy chiqarishga va bo’tana sathini past ushlab turishga imkon beradi.
  • Baraban aylanayotgan vaqtda sharlar dumalab, sirg’anib, bir-biriga urilib foydali qazilma zarrachalarini yanchiydi. Edirilgan sharlarni chiqarib olishga, tegirmonning ichiga qoplamani kiritish va uni kuzatib turish uchun lyuk xizmat qiladi. Bushatuvchi sapfaning bo’yni kattaroq diametrga ega, shu tufayli bo’tananing bo’shatish tomonga harakatlanishi sodir bo’ladi.

Tegirmon barabani po’lat patnosdan payvandlab tayyorlanadi, yonbosh qopqoqlar esa cho’yandan yoki po’latdan quyiladi. Ular bir-biri bilan boltlar yordamida ulanadi. Qoplamaning qalinligi h D ga bog’liq holda qabul qilinadi:


D,mm

900

1200-2100

2700-3600

4000-4500

h, mm

70

100

120

140

Tegirmon barabani po’lat patnosdan payvandlab tayyorlanadi, yonbosh qopqoqlar esa cho’yandan yoki po’latdan quyiladi. Ular bir-biri bilan boltlar yordamida ulanadi. Qoplamaning qalinligi h D ga bog’liq holda qabul qilinadi:
  • Yanchuvchi vositaning xarakterli hususiyati (ko’tarilish balandligi, qoplamaning sirg’anish koeffitsienti), tegirmon barabanining ishchi hajmi, koplamaning emirilishi, tegirmonning ishlab chiqarish unumdorligi, elektrenergiyasining sarfi, va h.k.lar baraban qoplama plitalarining qalinligi va profili (yon tomondan ko’rinishi) ga bog’liq.
  • Markaziy bo’shatiluvchi sharli tegirmon tuzilish jihatdan panjara orqali bo’shatiluvchi tegirmon MShR ga o’xshaydi. U yonbosh tomondan qopqoqli (2 va 4), ichi bo’sh tsapfa 3 va 13 ga ega tsilindrik baraban 1 dan iborat bo’lib, shu tsapfalar orqali baraban podshipnik6 va 11 larga tayanadi.

Markaziy bushatiluvchi sharli tegirmon.

  • Barabanning va qopqoqlarning ichki devori qoplama plitalar 8va10 bilan qoplangan. Barabanning aylanishi elektrodvigateldan barabanga mahkamlangan va 17 ga o’rnatilgan etakchi shesternya 16 orqali amalga oshiriladi. Yuklovchi ichi g’ovak tsapfaga jamlashgan ta’minlagich o’rnatilgan. Ichi g’ovak tsapfalar almashtiriluvchi yuklovchi 4va bo’shatuvchi 12 voronkalar bilan ta’minlangan.
  • Uncha katta bo’lmagan o’lchamdagi tegirmonlar barabanning ichiga qoplamani kiritish uchun lyuk 7 va 15 larga ega. Katta o’lchamdagi tegirmonlarda bu operatsiya bo’shatuvchi tsapfa orqali bajariladi. Barabanga po’lat yoki chuyan sharlar solinadi.

Download 5.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling