Laboratoriya №7 kon quvurlarini ta’mirlash o’rganish ishning maqsadi


Download 258.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana13.12.2022
Hajmi258.64 Kb.
#999344
  1   2   3
Bog'liq
LABORATORIYA №7



LABORATORIYA №7 
KON QUVURLARINI TA’MIRLASH O’RGANISH 
 
Ishning maqsadi:
Truba quvurlari, qurilma, rostlovchi armatura, muhit 
parametrlarini о‘zgartiruvchi; saqlovchi armatura, sistemada bosim ortishini 
tо‘xtatuvchi; himoyalovchi armaturalarni o’rganish.
 
 
7.1.Nazariy malumotlar 
Truba quvurlari, qurilma, idishlarda о‘rnatiladigan va ishchi muhit 
oqimlarini boshqarishni taminlaydigan moslamalar armatura deb nomlanadi. 
Funksional ish bajarishga qarab armatura quyidagi klasslarga 
bо‘linadi: (yopuvchi) armatura, muhit oqimini tо‘xtatuvchi; rostlovchi 
armatura, muhit parametrlarini о‘zgartiruvchi; saqlovchi armatura, sistemada 
bosim ortishini tо‘xtatuvchi; himoyalovchi armatura, tо‘satdan muhit 
parametrlarini о‘zgarishi tufayli qurilmalarni buzilish oldini oluvchi; faza 
ajratuvchi armatura – bug‘ va gaz quvurlaridan kondensatni chiqarib 
turuvchi. 
Istalgan klass armaturasi 3 ta asosiy elementdan tarkib topgan: qobiq, 
uzatma va ishchi organ. Ishchi organ egarsimon asos va unga nisbatan 
aylanuvchi zolotnikdan tuzilgan.
Armatura trubaga flanets, mufta yordamida yoki payvandlab 
mahkamlanishi mumkin. Kimyo sanoatida asosan flanetsli armatura keng 
tarqalgan. Truba quvurlari diametri 80 mm dan kam bо‘lganda muftali 
armatura ishlatiladi. Bunday quvurlarda neytral va yonmaydigan muhitlar 
uzatiladi. Birlashtirish usuliga qat’iy talab qо‘yilganda payvandlanuvchi 
armaturani qо‘llash maqsadga muvofiq. 
Qobiqning konstruksiyasiga qarab о‘tish armaturasi va burchakli 
armaturalariga bо‘linadi. О‘tish armaturasida muhit о‘z yо‘nalishini 
о‘zgartirmasdan harakatlansa, burchakli armaturada esa - harakat yо‘nalishi 
90
o
ga о‘zgaradi. 
Armatura ishchi qismini-qobiqqa zichlash usuliga qarab salnikli, 
silfonli va membranali armaturaga bо‘linadi. Ishchi organ uzatmasi 
konstruksiyasiga qarab armaturalar quyidagicha bо‘ladi: avtomatik
boshqariluvchi (elektr, pnevmo uzatmalar yordamida). 



Download 258.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling