Laboratoriya ish 7 Mavzu : Fayl serverini sozlash. Ishning maqsadi


comment — ilova, istalgan so'z yoki gap bo'lishi mumkin. path


Download 60.93 Kb.
bet2/4
Sana03.11.2023
Hajmi60.93 Kb.
#1741804
1   2   3   4
Bog'liq
7-laboratoriya ishi

comment — ilova, istalgan so'z yoki gap bo'lishi mumkin.
path — linux tizimidagi qaysi katalogni windows imi orqali ko'rish kerakligini ko'rsatamiz.
writable — shu katalogga yozishga ruxsat.
guest ok — istalgan samba foydalanuvchisi billan kirish mumkin.
YUqoridagilarga quyidagilarni ham qo'shish mumkin:
valid users = test(faqat test foydalanuvchisi tizimga samba orqali kira oladi)
write list = users1(users1 foydalanuvchisi samba katalogga yoza oladi)
Yuqorida samba serverni sozlovchi faylining asosiy parametrlarini ko'rsatib o'tdim, serverni chuqurroq sozlamoqchi bo'lsangiz boshqa parametrlariga ham e'tibor bering(ularni internetdan ktopib olasiz).
Samba server tayyor bo'ldi, endi uni ishga tushiramiz:

1

# service smb start

yoki slujbadan smb xizmatini yoqib qo'yamiz.
«start» o'rnida «stop«, «restart» komandalari ham bo'lishi mumkin, mos ravishba serverni to'xtatadi yoki qayta yuklaydi.
Endi windows kompyuterdan linux tizimining «IP» adresini terib «samba»ga ulanasiz va samba foydalanuvchi nomi va parolini tergan holda, linux operatsion tizimida ruhsat berilgan kataloglarni ko'rishingiz va sozlangan fayl asosida katalog va fayllarni ishlatishingiz mumkin bo'ladi.
NFS server va uni sozlash
NFS(Network File System) — bu termin tarmoqli fayl tizimi deb yuritiladi. Nomidan ko'rinib turibdiki, bevosita tarmoq bilan bog'langandir. Bu termin klient-server arxetekturasida ishlaydi, ya'ni bitta serverga bir necha klientlar ulanib ishlashi mumkin bo'ladi. Server kompyuterga server qismi, klient kompyuterga klient qismi o'rnatiladi.
Demak, NFS o'zi nima? misol uchun, agar siz biror tarmoq a'zosi bo'lsangiz va sizga shu tarmoqdagi boshqa kompyuterning biror katalogi kerak bo'lib qolsa, siz tarmoqdagi kerakli katalog kompyuteriga murojaat qilib, hujjatlarni olishingiz mumkin bo'ladi(agar o'sha kompyuter ruhsat bersa). NFS server orqali esa siz, tarmoqdagi istalgan kompyuter kataloglarini o'zingizni katalogingiz sifatida ko'rishingiz mumkin bo'ladi.
Hujjatlar boshqa kompyuterda joylashgan bo'ladi, lekin siz bu hujjatlarni o'zingizning kompyuteringizda saqlanayotgandek bo'lasiz. Qisqasi, NFS server, tarmoqda fayllar almashinuvini soddalashtirish uchun qo'llaniladi. Agar yuqoridagi nazariy tushuntirishni tushunmagan bo'lsangiz, quyida misol orqali tushunmagan joylaringizni tushunib olishingiz mumkin bo'ladi.
NFS serverni tushuntirishda Linux operatsion tizimining Red Hat distributividan foydalandim va barcha kodlar bu operatsion tizimda xatosiz ishlaydi. Boshqa distributivlarda ham ishlashi kerak(yana bilmadim).
NFSni ishlashi uchun operatsion tizim(red hat)da «system-config-nfs.rpm» nomli paket o'rnatilgan bo'lishi lozim. Bu paket orqali ham nfs serverni, ham nfs kliyentni sozlash mumkin. Boshqa distributivlarda server qismi uchun:

1

# sudo apt-get install nfs-kernel-server nfs-common portmap

klient qismi uchun:

1

# sudo apt-get install portmap nfs-common

larni o'rnatish lozim.

Download 60.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling