Laboratoriya ish№6 Mavzu: rs- triggerlarni tadqiq etish. Ishning maqsadi
Download 249.81 Kb. Pdf ko'rish
|
3- Amaliy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bir pog`onali triggerlar. Assinxron RS-triggerlar
Laboratoriya ish№ 6 Mavzu: RS- triggerlarni tadqiq etish. Ishning maqsadi: RS va JK triggerlari va ularning qo`llanilishini o`rganish. Triggerning ikkita turg`un holatlari: Q=1 va Q=0 deb belgilanadi. Triggerning qaysi holatda bo`lishi trigger kirishlaridagi signal holatiga va oldingi holati bilan aniqlanadi, ya’ni trigger xotiraga ega. Boshqacha aytganda, trigger elementar xotira yacheykasi hissoblanadi. Triggerning kirish yo`llari soni uning bajaradigan funksiyasiga bog`liq. Axborotlarni yozish bo`yicha triggerlar 2 ga bo`linadi: - asinxron ( “ bir vaqtda emas ”) triggerlar; - sinxron (“ bir vaqtda ”) triggerlar. Asinxron triggerlarda axborotning o`zgarishi uchun istalgan paytda kirish signallarining berilishi bilan o`zgaradi. Sinxron triggerlarning chiqish yo`lida signallarning o`zgarishi uchun uning kirish yo`liga qo`shimcha sinxrosignal (boshqarish signali) berish kerak. Aks holda bunday triggerlarda axborotlarni yozib bo`lmaydi. EHM qurilmalarida turli funksional imkoniyatlarga ega bo`lgan triggerlar qo`llaniladi. Lekin barcha sxemalarning asosini asinxron RS – trigger tashkil etadi. Bir pog`onali triggerlar. Assinxron RS-triggerlar. Agar teskari aloqali zanjirga boshqaruv zanjirlari ulansa, unga1 bit ma’lumot yozish va saqlash mumkin bo`lgan trigger qurilmasi hosil bo`ladi. Trigger ma’lumot kirishlariga ega bo`lgan ikkita YOKI-EMAS (2, a-rasm ) yoki VA-EMAS (2, b-rasm) mantiqiy elementlari yordamida tuzilishi mumkin. ab d 2-rasm. RS – triggerning funksional sxemasi (a, b) va shartli belgisi (d). Trigger boshqaruv signallari berilgan ikkita R va S ma’lumot kirishlariga va ikkita Q vachiqishlarga ega. Uning ikkala kirishiga bir vaqtning o`zida impuls kelishi mumkin emas. Boshqaruv (ma’lumot) kirishi S (set – o`rnatish) – trigger mustaqil ravishda 1 holatiga o`rnatish uchun ( Q = 1,= 0 )vaR (reset – olib tashlash) – triggerni mustaqil ravishda 0 holatiga o`rnatish uchun ( Q = 0,= 1 ). Kirish signallarining mumkin bo`lgan to`rtta kombinatsiyasida trigger quyidagi holatlarda bo`lishi mumkin. 1-jadval Amaliyotda RS – triggerlar invertorlardan emas, balki VA-EMAS yoki YOKI-EMAS mantiqiy elementlardan tuziladi. RS – triggerda ma’lumot yozish boshqaruv signali berilishi bilan ixtiyoriy vaqt momentlarida amalga oshiriladi. Bunday triggerlar asinxron deb ataladi. Sinxron RS – trigger.Elementar asinxron RS – triggerli yacheykalar turli kombinatsion qurilmalarning asosi bo`lib hissoblanadi. Ular qatoriga hisoblagichlar, registrlar va boshqalar kiradi. Bu qurilmalarda sinxronlash signali deb ataluvchi maxsus signal yordamida avval kiritilgan ma’lumotlarni chiqarishga uzatish va keyingi xotira yacheykasiga yozib qo`yish kerak. Bunday rejimni amalga oshirish uchun RS – trigger qo`shimcha C (clock) takt kirishi bilan to`ldiriladi va u sinxron trigger deb ataladi. Sinxron trigger ham ma’lumot, ham takt kirishlarida signal mavjud bo`lgandagina o`z holatini o`zgartiradi. Sinxron RS – trigger asinxron trigger va ikkita VA-EMAS elementidan tashkil topgan bo`lib, bir vaqtda C takt kirishiga va S yoki R ma’lumot kirishlaridan biriga mantiqiy bir signali berilgandagina trigger o`z holatini o`zgartiradi. a b 3-rasm. Sinxron RS – trigger tuzilma sxemasi (a) va shartli belgilanishi (b). Kirishlar soni 3 ta bo`lganda, C, S, va R kirish signallarining kombinatsiyasi 8 ga teng ( 2-jadval). 2-jadval 1 0 0 0 0 1 0 1 0 1 1 1 0 1 0 1 1 1 1 1 0 0 0 0 0 0 0 1 0 0 0 1 0 0 0 0 1 1 0 0 Bu yerda = CS, = CR. Takt kirishida 1 signal bo`lmaganda ma’lumot kirish signallarining ixtiyoriy kirish signali kombinatsiyasida RCS – trigger avvalgi ma’lumotlarni eslab turish rejimida ishlaydi. Kirish signallari S=R=C=1 kombinatsiyasi mumkin emas, chunki bu holda asinxron triggerning va kirishlari = =0 man etilgan kombinatsiyasi hosil bo`ladi. Download 249.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling