LABORATORIYA ISHI- 2: KOMPYUTERGA ASOSIY VA QO’SHIMCHA QURILMALARINI ULASH VA ULARNING XARAKTERISTIKALARI BILAN TANISHISH.
Darsning maqsadi: kompyuterga asosiy va qo’shimcha qurilmalarni ulash va ularning xarakteristikalari bilan tanishishni o’rganish.
Topshiriqlar rejasi:
Ulash portlarining turlarini o’rganish.
Tizimli blokka texnik qurilmalarni ulash portlari bilan tanishish va ko’rish.
Kiritish portlari bilan tanishish.
Chiqarish portlari bilan tanishish.
LPT1-LPT4 va COM1-COM3 portlarining vazifalari bilan tanishish. Nazariy qism
Kompyutyerda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo’lib, ular tizim blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-ket bo’ladi va ular mos ravishda LPT1LPT4 va COM1-COM3 deb belgilanadi. Odatda LPT portga printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.
Bundan tashqari 15 uyali oyin portlari ham bor. Oyin portlari hamma kompyuterlarda ham mavjud emas.
Kompyuterga ulangan qo’shimcha qurilmalarning dasturiy taminoti. Har bir qurilmani kompyuterga o’rnatish uchun maxsus dastur kerak bo’ladi. Bu dasturlar qurilmalar ishlab chiqarilgan firma tamonidan tayyorlanadi va qurilma bilan birga taqdim etiladi. Maxsus dastur kompyuter xotirasiga kiritilgandan so’ng qurilmalarni o’rnatish mumkin bo’ladi. Tizimli blok qismlari. Personal kompyuterning eng katta platasi tizimli platadir (Mother Board- ruscha materinskaya plata). Unda quyidagilar joylashgan bo’ladi:
Protsessor – asosiy mikrosxema, matematik va mantiqiy operatsiyalarni bajaradi;
Chipset (mikroprotsessorlar komplekti) - mikrosxemalar shodasi, ichki qurilmalar ishini boshqaradi va ona plataning asosiy funktsional imkoniyatlarini aniqlaydi;
Shinalar – uzatuvchilar shodasi, kompyuterlar ichki qurilmalari o’rtasida xabar almashtirishga xizmat qiladi;
Operativ xotira va uning turli qurilmalari;
Doimiy xotira qurilmalari;
Qo’shimcha qurilmalarni ulash razyomlari (slotlar).
Do'stlaringiz bilan baham: |