Laboratoriya ishi- 2: kompyuterga asosiy va qo’shimcha qurilmalarini ulash va ularning xarakteristikalari bilan tanishish. Darsning maqsadi


Download 48.99 Kb.
bet2/4
Sana29.12.2022
Hajmi48.99 Kb.
#1071803
1   2   3   4
Bog'liq
2-Labaratoriya ishi

Mikroprotsessorlar. Kompyuterning bosh mikrosxemasi – mikroprotsessor bo’lib, uning «miyasi» hisoblanadi. U xotirada joylashgan programmali kodni bajarishga ruhsat beradi va kompyuterning barcha qurilmalri ishini boshqaradi. Uning tezligi kompyuter tezligini belgilaydi. Konstruktivlik boyicha, mikroprotsessor kichik o’lchamdagi kremniy kristalidir (bir necha santimetrni tashkil etadi). Mikroprotsessor turiga qarab bir sekunddan o’nlab, hattoki yuzlab million operatsiyalarni bajaradi. Bu operatsiyalar yuzlab turdagi arifmetik, logik va boshqa amallar bo’lishi mumkin. Mikroprotsessor registr deb ataluvchi mahsus yacheykalarga ega. Mana shu registrlarda protsessor bajaradigan komandalar, shuningdek, amallar bajarishda foydalanadigan ma’lumotlar joylashadi. Mikroprotsessor ishi xotiradan ma’lum ketma-ketlikda komanda va ma’lumotlarni olish, ularni bajarish bilan belgilanadi.
PKda albatta markaziy protsessor (Central Proccessing Unit-CPU) bo’lishi kerak, bular barcha asosiy operatsiyalarni bajaradi. Ko’pincha PK qo’shimcha protsessorlar (soprotsessorlar) bilan ta’minlangan. Ular mahsus funksiyalarning unumdor ishlashi uchun kerak. Qo’zg’aluvchi nuqtali formatdagi raqamli ma’lumotlarni qayta ishlash uchun matematik soprotsessor, grafik tasvirlarni qayta ishlovchi grafik soprotsessor, periferiya qurilmalri bilan o’zaro faoliyat ko’rsatuvchi kiritish-chiqarish soprotsessori shu jumladan.
Protsessorning asosiy parametrlari quyidagilardan iborat:

Takt chastotasi. Birlik vaqt ichida protsessorning elementar operatsiyalar sonini takt chastotasi belgilaydi. Zamonaviy protsessorlarda takt chastotasi Mglarda (1Gts bir sekund davomida bir operatsiyani bajarishni bildiradi, 1MGts=106Gts) o’lchanadi. Protsessorning takt chastotasi qancha ko’p bo’lsa, uning unumdorligi shuncha ko’p bo’ladi. Birinchi mikroprotsessorlar 4.77Mgts chastotasida ishlagan bo’lsa, hozirgilarining ishchi chastotasi 2GGts dan (1GGts=103Mgts) oshadi.

Download 48.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling