Laboratoriya ishi №. 3 Rezistiv kuchlanish bo’lgichni tadqiq etish


Download 85.55 Kb.
Sana02.06.2024
Hajmi85.55 Kb.
#1833358
Bog'liq
tajriba ishi 3 (1)




LABORATORIYA ISHI №.3


REZISTIV KUCHLANISH BO’LGICHNI TADQIQ ETISH
Radiotexnik apparaturalarda kuchlanish bo'lgichlari deb ataladigan rezistorlaring ketma-ket ulanishi keng qo'llaniladi. Ketma-ket ulangan rezistorlar zanjiriga ega bo'lganda har xil kuchlanishlarni olishi mumkin.

1-rasm. Ketma-ket ulangan rezistorlarda kuchlanish bo'lgichi
1-rasmda tasvirlangan sxema uchun zanjirdagi tok

Rezistorlarga kuchlanishining tushuvi
UR1=I*R1 UR2=I*R2 UR3=I*R3
D nuqtaga nisbatan zanjirning har xil nuqtalaridagi kuchlanish:
UCD = UR3 UBD = UR3 + UR2 UAD = UR3 + UR2 + UR3
Shunday qilib ta'minlash manbai U kuchlanishi kattaligini va rezistorlarning qarshiliklari qiymatlarini tanlab zanjirning berilgan nuqtasi uchun boshqa nuqtasiga nisbatan (0 dan U gacha) kuchlanishning istalgan qiymatini olish mumkin.
Real holatda rezistiv bo'lgich yordamida olingan kuchlanish birorta iste'molchini oziqlantirishi mumkin. Hisoblashlarda yuklama qashiligi kuchlanish bo'lgichi ekanligini e'tiborga olish kerak (2-rasm).

2-rasm. Yuklama qarshiligini e'tiborga olganda kuchlanish bo'lgichi


Rezistorli kuchlanish bo'lgichi xossalarini baholash uchun quyidagi parametrlardan foydalaniladi:
- kuchlanish bo'yicha uzatish koeffitsiyenti :

-quvvat bo'yicha uzatish koeffitsiyenti :

- so'nish detsibellarda

Hisoblash qismi
Kuchlanish ta'minoti manbai va rezistorlar qarshiliklarining berilgan qiymat- lari bo'yicha rezistivli kuchlanish bo'lgichining chiqishidagi kuchlanishni, kuchlanish bo'yicha uzatish koeffitsiyenti,quvvat bo'yicha uzatish koeffitsiyenti va dB larda ifodalangan so'nish koeffitsiyentlarini hisoblang. Olingan natijalarni 1-jadvalga kiriting.
1-jadval
Kuchlanish bo'lgichining parametrlari :

Variant №

u,v

Rl, Om

R2, Om

Rh, Om

I, mA

Uh,v

Нu

Hp

A, dE

1

10

510

200

200
















2

10

510

200

100
















3

10

510

200

500













i
j

4

10

510

200

250
















5

10

510

200

100













I
1

6

10

510

200

50
















7

12

500

200

120
















8

12

510

200

500
















9

14

520

200

600
















10

14

500

200

650
















11

13

500

200

700
















12

13

520

200

300
















13

11

510

200

340
















14

11

500

200

350
















15

10

520

200

400


















Tajriba qismi
Tajriba qismida quyidagilar bajarilishi zarur:

  • Rezistor qarshiliklarining har xil qiymatlarida rezistiv kuchlanish bo'lgichining chiqishidagi kuchlanishini o'lchang;

  • Tajribadagi va hisoblashlardagi natijalarni taqqoslang va olib borilgan hisoblashlar to'g'riligiga ishonch hosil qiling.

O'lchashlarni o'tkazish sxemasi 3-rasmda tasvirlangan.



3-rasm. O'lchashlarni o'tkazish sxemasi
Ta'minlash manbaining kuchlanishini o'lchash PV1 voltmetri orqali bajariladi. Тok I ni o'lchash shuntlovchi rezistor Rrn= 10 Om ga tushayotgan kuchlanish tushuvini PV2 voltmetr yordamida o'lchash bilan amalga oshiriladi.

Ry rezistordagi kuchlanishni o'lchash PV3 orqali o'tkaziladi. R1 rezistor 500 Om va Rm=10Ом larni ketma-ket ulash orqali olingan.
PV1 voltmetrning o'lchash chegarasini 20 V, PV2 voltmetrni 200 mV ga PV3 voltmetrni esa 20 V ga teng qilib o'rnating. Voltmetrlarning ish rejimini o'zgartirish tumblerini o'zgarmas kuchlanish (=) ni o'lchash holatiga o'tkazing. E2 manba chiqish kuchlanishi rostlagichini soat miliga qarshi oxirigacha burang. Yig'ilgan sxemani o'qituvchiga ko'rsating. Yig'ilgan sxemani o'qituvchi tekshirgandan so’ng qurilmani kuchlanish tarmog'iga ulang.
E2 manbani ulang .E2 manba kuchlanishini 10 V qilib o'rnating. PV2 va PV3 voltmetrlarning ko'rsatishlarini 2-jadvalga kiriting.
Xuddi shu tarzda Ry ning boshqa qiymatlari uchun ham o'lchashlarni o'tkazing. Olingan ma'lumotlarni 2-jadvalga kiriting.
Kuchlanish bo'lgichining tajriba natijalari bo'yicha parametrlari

U,v

Rv, Om

UpV2, V

I, mA

Uv,v

Ни

Hp

A, dB

10

2000



















10

500



















10

50



















Tajriba natijalarini oldingi hisoblash natijalari bilan taqqoslang. Zaruriy xulosalar chiqaring.


Nazorat savollari

  1. Qanday zanjirlar rezistivli deyiladi?

  2. Elementlarning qanday ulanishi parallel ulanish deyiladi? Ikkita parallel ulangan rezistorning umumiy qarshiligini qanday hisoblash mumkin?

  3. Elementlarning qanday ulanishi ketma-ket ulanish deyiladi? Ikkita ketma-ket ulangan rezistorlarning umumiy qarshiligini qanday hisoblash mumkin?

  4. Kuchlanish bo'lgichi tamoyilining mohiyati nimada?

  5. Ketma-ket ulangan rezistorlarda kuchlanish qanday hisoblanadi?

  6. Kuchlanish bo'yicha uzatish funksiyasi deb nimaga aytiladi?

  7. Quvvat bo'yicha uzatish funksiyasi qanday aniqlanadi?

  8. Zanjirning so'nishi dB larda qanday aniqlanadi?

  9. Argument sifatida U dan foydalanib hisoblash uchun Rl, R2, Ry larning formulalarini keltirib chiqaring




  1. ga teng bo'lsa, qanday yuklamada rezistiv bo'lgich kuchlanish bo'yicha uzatish funksiyasiga ega bo'ladi?

Download 85.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling