Laboratoriya ishi -4 Massa almashinish jaraenlarini modellashtirish va sintez kilish I. Kirish


Download 66.63 Kb.
Sana16.12.2020
Hajmi66.63 Kb.
#168336
Bog'liq
4-лаб.(лотин)



LABORATORIYA ISHI -4

Massa almashinish jaraenlarini modellashtirish va sintez kilish
I. Kirish

Davriy kimyoviy reaktorlarda, mahsulot reaktorga yuklangandan so‘ng, moddaning bir turdan ikkinchi turga aylanish jarayoni ketadi.



  1. Ishning maqsadi.

Kompyuterda davriy kimyoviy reaktorlarni modellashtirish.

III. Masalaning nazariy asoslari va qo‘yilishi

Kimyoviy reaktorlarda ketayotgan jarayonlarni matematik modellashtirish yo‘li bilan o‘rganishda, avval kimyoviy jarayonning stexiometrik tenglamasi tuziladi, so‘ngra reaksiya molekulyarligi va tartibi aniqlaniladi. Agar kimyoviy reaksiya tezligi konstantasi qiymati noma’lum bo‘lsa, unda uning qiymatini eksperimental yo‘l bilan aniqlanib, so‘ngra kinetik tenglamalar tuziladi.

Faraz qilaylik, davriy kimyoviy reaktorda (1 - rasm) quyidagi stexiometrik tenglama bo‘yicha elementar kimyoviy jarayon ketayapti

1 - rasm.



A + B S

bu erda, A va B - o‘zaro ta’sirga kirayotgan moddalar; C - reaksiya mahsuli; k - reaksiya tezligi konstantasi (odatda uning qiymati tajriba yili bilan aniqlanadi).

Ushbu kimyoviy reaksiyani elementarligini hisobga olib, kimyoviy reaksiya tezligi Wr ni quyidagicha yozish mumkin:

Wr = V . k . Ca . Cb

bu erda, Ca, Cb - o‘zaro ta’sirga kirayotgan A va B moddalar konsentratsiyalari; V - reaktordagi moddalar xajmi.

Reaksiya komponentlarining molekulyar og‘irligi Ma, Mb va Mc. Massalarning saqlanish qonuniga binoan: Ma + Mb = Mc. (Masalan, quyidagi reaksiya uchun: 2H2 + O2 = 2H2O; Ma = 4, Mb = 32, Mc = 36, ya’ni, 4+32=36).

Massalarning saqlanish qonunini hisobga olib, keltirilgan o‘zgarmas sarf kattaligini hisoblab topishimiz mumkin, a = Ma/Mc; b = Mb/Mc. Bu o‘zgarmas sarf kattaliklari, Qc modda olish uchun kerak bo‘lgan A va B modda miqdorlarini hisoblashda kerak bo‘ladi.



Q’a = aQc; Qb = bQc

A, B va C modda miqdorlari o‘zgarishini (Qa, Qb i Qc) quyidagi tenglamalar yordamida hisoblaniladi:

Qa = Qao - a . Qc

Qb = Qbo - b . Qc

Qc = Cc (Qao Q Qbo)

bu erda, Qao va Qbo, A va B moddalarning boshlang‘ich miqdorlari.


IV.Masalani echish blok-sxemasi:



2 – rasm.


A va B kompanentlar konsentratsiyalarini (Ca, Cb) hisoblash uchun, quyidagi tenglamalardan foydalanish mumkin:
Ca = (Qao - a . Qc) / (Qao Q Qbo)

Cb = (Qbo - b . Qc) / (Qao Q Qbo)

Kimyoviy jarayon ketishi bilan, kimyoviy reaksiya kinetikasini hisobga olib, A va B moddalarning o‘zaro ta’siri natijasida, modda miqdorini (V.Cc) izgarishini quyidagicha yozish mumkin:



Davriy reaktorlarda kimyoviy jarayon o‘zgarmas xajmli reaktorlarda ketishini hisobga olib tenglamani quyidagicha yozamiz:



YUqoridagi tenglamalarni bir tenglamalar sistemasiga keltirib, davriy kimyoviy reaktorni matematik modelini olamiz. Bu matematik modelni hisoblash usulini tanlab , masalani echish ketma-ketligini aniqlaymiz va masalani echish blok-sxemasini tuzamiz (2 - rasm).


V. TURBO PASCAL algoritmik tilidagi masalani echish dasturi mustaqil ravishda tuziladi.
VI. Ishninng bajarish tartibi.

1. Davriy kimyoviy reaktor matematik modeli bilan tanishib chiqing.

2. Masalani echish blok-sxemasi bilan tanishing (2-rasm).

3. Masalani echish dasturini tuzing va uni kompyuterga kiriting.

4.O‘qituvchi bilan kelishgan holda, kompyuterga hisoblash eksperimentini o‘tkazish uchun, boshlang‘ich qiymatlarni kiriting.

5. O‘qituvchi topshirig‘i bo‘yicha hisoblash eksperimentini o‘tkazing.

6. Olingan natijalar bo‘yicha hisobot tayyorlang.
VII. hisobotning mazmuni.


  1. Masalaning nazariy asoslari.

  2. Masalaning echish blok – sxemasi.

  3. Masalaning echish dasturi.

  4. hisob natijalari va olingan natijalarni tahlili.


VIII. Mashgulot bo‘yicha nazorat savollari:

1.Kimyoviy reaksiya tezligi konstanta k qiymati nimaga bog‘liq?



2.Matematik modellashtirishda o‘zgarmas sarf kattaliklari nima uchun xisoblanadi?

3.Davriy reaktorni modellashtirishda uning ko‘rsatkichlari qanday ketma-ketlikda xisoblanadi?
Download 66.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling