Tanlab charxlashga (okklyuziya va artikulyatsiyani korreksiya qilish) ko`rsatmalar


Download 170.03 Kb.
Sana02.05.2023
Hajmi170.03 Kb.
#1422858
Bog'liq
10-mavzu


10-mavzu: Davolash usulini tanlash: tish qattiq to`qimalarini tanlab charxlash. Tishlarni tanlab charxlash usullari. Shifokor taktikasi.
Tanlab charxlashga (okklyuziya va artikulyatsiyani korreksiya qilish) ko`rsatmalar:
tishlarning alohida guruhlarining notekis yemirilishi yoki yemirilmasligi, parodont kasalliklari tufayli tishlarning holatining oʼzgarishi natijasida yuzaga keladigan suprakontaktlar;
markaziy, lateral va oldingi okklyuziyalarda jagʼlar yopilganda, yaʼni pastki jagʼning harakat dinamikasida faqat alohida tishlarda suprakontaktlarning mavjudligi;
pastki jagʼning harakatini turli yoʼnalishlarda toʼsib qoʼyadigan, fiziologik funktsiyalarni buzadigan, parafunktsiyalarga olib kelgan kontaktlar.
Tanlab charxlashga (okklyuziya va artikulyatsiyani korreksiya qilish) qarshi ko`rsatmalar:
parodont toʼqimalarning o`tkir yalligʼlanishi. Bunday hollarda charxlashdan oldin terapevtik choralarini koʼrish kerak. Biroq, baʼzi hollarda, okklyuzion suprakontaktlar yalligʼlanish sabablaridan biri bo`lishi mumkin, shunday holatlarda terapevtik davo bilan tanlab charxlash bir vaqtning oʼzida amalga oshirilishi kerak;
tish-jag` tizimining ortodontik, ortopedik, jarrohlik yoki kompleks davolanishi kerak bo`lgan og`ir anomaliyalari va deformatsiyalari;
ogʼriq disfunktsiyasi sindromi bilan kechadigan oʼtkir va surunkali ChPJB kasalliklari. Bunday bemorlarda okklyuzion kontaktlarni korreksiya qilish remissiya davrida amalga oshiriladi.
Tishlarni tanlab charxlash natijasida quyidagi asoratlar paydo boʼlishi mumkin:
- okklyuzion balandlik pasayib ketishi;
- tishlarning qattiq toʼqimalarining giperesteziyasi;
- baʼzi tishlarni kontaktdan chiqarib tashlash va natijada boshqa tishlarga taqsimlanib tushadigan yuk hajmini ortib ketishi;
- tish pulpasi kuyishi.
Bernard Jenkelson 1972 yilda suprakontaktlarning tasnifini taklif qildi, unga koʼra do`mboqlarning ichki yuzasi I, II, III raqamlari va antagonistlarning tegishli yuzalari Iа, IIа, IIIа qilib (1-rasm).

1-rasm. Jenkelson bo`yicha suprakontaktlar

I sinf — pastki molyarlar, premolyarlardagi lunj do`mboqlarining vestibulyar yuzasi va pastki frontal tishlarning vestibulyar yuzasi.
Ia klass – yuqori molyarlar, premolyarlardagi lunj do`mboqlarining oral yuzasi va yuqori frontal tishlarning oral yuzasi.
II sinf – yuqori molyarlar va premolyarlarning tanglay do`mboqlarining oral yuzalari.
IIa klass – pastki molyarlar va premolyarlarning til do`mboqlarining vestibulyar yuzasi.
III sinf – yuqori molyarlar va premolyarlarning tanglay do`mboqlarining vestibulyar yuzasi.
IIIa klass – pastki molyarlar va premolyarlarning lunj do`mboqlarining oral yuzasi.

Tishlarni charxlashning turli usullari maʼlum, ammo eng mashhur usullari Jankelson va Shuller hisoblanadi. Shuller bo`yicha korreksiya ham markaziy, ham old va lateral okklyuziyalarda amalga oshiriladi.


Jenkelson markaziy va odatiy okklyuziyalarda suprakontaktlarini bartaraf etishni taklif qilgan, lekin bunda lateral va oldingi okklyuziyalarda paydo bo`luvchi suprakontaktlarga ahamiyat bermagan.
Charxlashdan oldin yuqori darajadagi patologik qimirlashga ega tishlarni olib tashlash kerak. Keyin tanlab charxlashni rejalashtirish amalga oshiriladi. Buning uchun avval vizual ravishda, soʼngra yumshatilgan mum yoki okklyuzion qogʼoz yordamida tanlab charxlash uchun joylar aniqlanadi. Dastlab, bunday manipulyatsiya faqat markaziy okklyuziya holatida, soʼngra old, lateral va orqa okklyuziyalarda amalga oshiriladi.
Tanlab charxlash paytida faqat do`mboqlar yuzalarining konfiguratsiyasi oʼzgaradi, do`mboqlarning oʼzi, qoida tariqasida, charxlab silliqlanmaydi.
Tayanch do`mboqlarining tepalari (yuqori tanglay va pastki lunj) silliqlanmaydi, chunki ular markaziy okklyuziyaning barqarorligini taʼminlaydi, yuzning pastki qismining balandligini saqlaydi. Himoyalovchi yuqori lunj do`mboqlar yonoqning shilliq qavatini, pastki oral do`mboqlari esa tilni tishlar orasiga tushishidan himoya qiladi.
Download 170.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling