Laboratoriya ishi -4 Mavzu


Download 80.51 Kb.
bet1/2
Sana13.11.2023
Hajmi80.51 Kb.
#1769556
  1   2
Bog'liq
4 laboratoriya tayyor


Toshkent Davlat Transport Universiteti

“THTE” kafedrasi



Laboratoriya ishi -4
Mavzu: DISPETCHERLIK MARKAZLASHTIRUV TIZIMIDAGI UCHASTKALARDA POYEZD DISPETCHERINING TIKLOVCHI VA O'T O'CHIRISH POYEZDLARINI O'TKAZISH POYEZDLARNI QABUL QILISH VA JO‘NATISH BO‘YICHA HARAKATLARINI O‘RGANISH.
Bajardi: TF-320 guruh talabasi
Jo`raqulov U.
Qabul qildi: Jumayev Sh.B.
Abdumalikov I.O.

Toshkent 2022


4-LABORATORIYA ISHI
DISPETCHERLIK MARKAZLASHTIRUV TIZIMIDAGI UCHASTKALARDA POYEZD DISPETCHERINING TIKLOVCHI VA O'T O'CHIRISH POYEZDLARINI O'TKAZISH POYEZDLARNI QABUL QILISH VA JO‘NATISH BO‘YICHA HARAKATLARINI O‘RGANISH

  1. Tiklash, оt оchirish poyezdlari, va yordamchi lokomotivlarning harakati

  2. Temir yоllarda va inshootlarda ishlar bajarilayotganda xоjalik poyezdlari, maxsus оzi yurar harakat tarkibining harakat

Tiklash, оt оchirish poyezdlari, maxsus оzi yurar harakat tarkibi va yordamchi lokomotivlar yо‘lda tо‘xtab qolgan poyezd yetakchi lokomotivining mashinisti (mashinist yordamchisi) ning yordam sо‘rab (yozma ravishda, telefon yoki radio aloqa orqali uzatilgan) qilgan talabi, shuningdek, yо‘l, elektr ta’minoti, signalizatsiya va aloqa xizmati xodimlarining talabi asosida tayinlanadi.
Tiklash va о‘t о‘chirish poyezdlari bu poyezdlar tо‘g‘risida amal qilayotgan tegishli qoidalar asosida chaqiriladi. Tiklash, о‘t о‘chirish poyezdlari, maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi va yordamchi lokomotivlarni jо‘natish va ularni belgilangan manziliga harakatlanishi poyezd dispetcherining buyrug‘iga asosan amalga oshiriladi.
Yordam talab qilganda peregonda tо‘xtab qolgan poyezdning mashinisti (mashinist yordamchisi) stansiya navbatchisi yoki poyezd dispetcheriga poyezdning boshi qaysi kilometrda joylashganligini, nima sababdan va qaysi vaqtda yordam zarurligini xabar qilishi shart. Stansiya navbatchisi yoki poyezd dispetcheri bilan telefon va radio aloqasi bо‘lmagan favqulotda holatlarda stansiyaga yozma talabnomani yetkazish uchun poyezd lokomotividan foydalanish mumkin. Vagon g‘ildiraklari ostiga tormoz boshmoqlari qо‘yilib va qо‘l tormozlari ishga tushirilib, vagonlarni о‘z-о‘zidan ketib qolishidan mahkamlangandan sо‘nggina lokomotivni tarkibdan uzishga ruxsat etiladi. Lokomotiv tarkibdan ajratilishidan avval qoldirilayotgan vagonlarning avtotormozlari ham (sо‘nggi kranni tо‘liq ochish yо‘li bilan) ishga tushirilishi kerak. Stansiyaga talabnomani yetkazish uchun yо‘lovchi poyezdi lokomotividan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
Tо‘xtab qolgan poyezd tarkibi joylashgan yо‘lning profiliga kо‘ra vagonlarni mahkamlash uchun mavjud vositalar yetarli bо‘lmasa, vagonni lokomotivdan ajratish taqiqlanadi. Zarur hollarda ikki yо‘llik peregonlarda stansiya navbatchisiga yordam tо‘g‘risida yozma talabnomani yetkazish uchun qarama-qarshi yо‘nalishdagi poyezdning lokomotiv brigadasidan foydalanishga ruxsat etiladi.
Tiklash, о‘t о‘chirish poyezdi, maxsus о‘zi yurar harakat tarkibi yoki yordamchi lokomotivni yuborish xaqidagi talabni qabul qilgandan sо‘ng stansiya navbatchisi bu tо‘g‘rida darhol poyezd dispetcheriga xabar beradi. Telefon yoki radio aloqa orqali qabul qilingan talab poyezdlar harakati jurnaliga yoziladi.

Download 80.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling