Laboratoriya ishi – 9 tvk aijda yuk operatsiyalariga oid hisobotlarni tuzish tartibi
GU-44 yuklarni tushirish kitobini tuzish
Download 44.46 Kb.
|
9 лаборатория иши
GU-44 yuklarni tushirish kitobini tuzishMazkur ilova bilan ishlash vagonlardan yuklarni tushirish tartibiga mos ravishda umumiy foydalanish yo‘llarida tushirilgan yuklar ro‘yxatini shakllantirishni o‘z ichiga oladi. Yuklar ro‘yxati eslatma bilan ishlashda avtomat tarzda tuziladi. Ishning asosiy rejimlari: Yuklash - «F3» - Rasmiylashtirilgan yozuvlarni GU-44 kitobiga asosiy parametrlarga mos ravishda (stansiya bo‘yicha, tushirish punkti bo‘yicha, tushirish vaqti bo‘yicha/xisobot davrida ko‘rsatiladi/ yoki jo‘natma raqami bo‘yicha) yuklash va yangi barcha tushirilgan yuklar ro‘yxati bo‘yicha amalga oshiriladi. Ochish – «F4» - kerakli ma’lumotlarni ko‘rib chiqish, o‘zgartirish va kiritish uchun foydalaniladi (rasmiylashtirilgan yozuvlar uchun). Og‘irlikni tekshirish – «F9» - yuk qabul qiluvchining talabiga asosan og‘irliki tekshirishda yangi yozuvlarni yaratish. O‘chirib tashlash - «F8» - qabul qiluvchining talabi bo‘yicha og‘irlikni tekshirish bilan yozuvlarni o‘chirib tashlash. Ro‘yxatga olish - «F10» - Barcha yangi yozuvlarga raqam berish bilan GU-44 kitobiga kiritiladi, agar yangi yil boshlangan bo‘lsa, u xolda tushirilgan va berilmagan yuklar bo‘yicha barcha yozuvlar yangi kitobga o‘tkaziladi va Liniyaviy xudud rostlovida berilgan raqamlar diapazonining birinchi raqamidan boshlab qayta raqamlanadi. Bekor qilish – «F11» - yozuvni rasmiylashtirilishini unga raqam berilishini bekor qilish bilan bekor qilish. Bosib chiqarish – «F12»-ko‘rsatilgan vaqt davri uchun betma-bet amalga oshiriladi, bosib chiqarishga barcha “V” belgisi bo‘lmagan yozuvlar “Bosib chiqarish grafasida” beriladi. Bosib chiqarilgandan so‘ng “Kitob berilgan xisoblansinmi?” so‘rovi beriladi.Ushbu so‘rov tasdiqlangandanso‘ng bosib chiqarilgan jo‘natmalar umumiy ro‘yxatning “Bosib chiqarish” grafasida "V" belgisi olib tashlanadi. Bosib chiqarishni bekor qilish – «F5» - mazkur rejimdan oldin bosib chiqarilgan yozuvlarni qaytatdan bosib chiqarish zarurati tug‘ilganda qo‘llaniladi. Buning uchun umumiy ro‘yxatdagi yozuvlar«V» bilan belgilanadi va “Bosib chiqarishni bekor qilish - F5” ni bosish bilan yozuvlar xolati o‘zgartiriladi (“Bosib chiqarish” grafasidagi "V" belgisi olib tashlanadi. Ushbu yozuvlar qaytadan bosib chiqarishga beriladi (kitob tuzilishida berilgan raqamlash qayta bosib chiqarishda o‘zgartirilmaydi). Yordam –«F1»-mazkur modulning asosiy ish rejimlarini yoritib beruvchi matnli fayl. Chiqish – «ESC»-moduldan asosiy menyuga chiqish. Download 44.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling