Laboratoriya ishi № Mavzu: Cisco Packet Tracer dasturida wan tarmoqlarini loyihalash. Statik va dinamik marshrutlash. Ishdan maqsad


Download 0.66 Mb.
bet3/3
Sana11.12.2020
Hajmi0.66 Mb.
#164453
1   2   3
Bog'liq
2 5370586450205083733

Nazorat savollari.

• Tarmoq uskunalari va uning funksiyalari.

• TCP / IP protokoli to'plami.

• Turli xil Ethernet standartlari o'rtasidagi farq.

• Wi-fi tarmoqlari - ishlashning asosiy standartlari va tamoyillari.

• Shlyuzning maqsadi.

Marshrutizatsiyalash

• OSI / ISO mos yozuvlar modeli.



Javoblar

Tarmoq uskunalari va ularning funksiyalari.

Asosiy kompyuter tarmoqlari tushunchalari


Kompyuterlar dunyosida tarmoqlar ma'lumot almashish maqsadida ikki yoki undan ko'p hisoblash qurilmalarini bir-biriga bog'lash amaliyotidir. Tarmoqlar kompyuter uskuna va kompyuter dasturlarining kombinatsiyasi bilan qurilgan.

Kompyuter tarmoqlari turlari


Tarmog'larni bir necha usulda tasniflash mumkin.Bir usul tarmoqning geografik maydoniga qarab turini belgilaydi.Shu bilan bir qatorda, tarmoqlar ham topologiyaga yoki ular qo'llab-quvvatlaydigan protokollarning turlari bo'yicha tasniflanishi mumkin.

  • Mijoz-server tarmoqlari

  • Tengdosh tarmoqlar

  • Hududiy tarmoqlarga kirish

Tarmoq uskunalari turlari


Uy kompyuter tarmog'ining qurilish bloklari orasida adapter, router va / yoki kirish nuqtalari mavjud. Simli (va gibrid simli / simsiz) tarmoqlar turli xil kabellarni ham o'z ichiga oladi. Nihoyat, keng ko'lamli korporativ tarmoqlar, odatda, maxsus kommunikatsiya maqsadlari uchun boshqa zamonaviy jihozlardan foydalanadi.

Tarmoq tushunchasi va uning ahamiyati. Kompyuterlar umumiy ma'lumotalmashish va umumiy masalalarni hal qilish uchun kompyuterlarni bir-biribilan bog'lash zarurati paydo bo'ladi. Kompyuterlarni bir-biri bilan bog'lashda ikkixil usuldan foydalaniladi:

1. Kabel yordamida bog'lash. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan koaksial,o'ralgan juftlik kabeli (UTP) yoki shisha tolali kabellar orqali maxsus tarmoq plataishlatilmoqda.

2. Simsiz boglanish. Bunda kompyuterlar bir-biri bilan simsiz aloqa vositalariamalga oshiriladi, birgalikda radio to'lqinlar, infraqizil nurlar, WiFi va Bluetooth texnologiyalariishlatilmoqda.

Bir-biri bilan tashkil qilingan kompyuterlarning bunday majmuasi kompyutertarmog'ini tashkil etadi.

Tarmoq - kompyuterlar, terminallar va boshqa foydalanish ma'lumotlarialmashishni ta'minlaydigan aloqa kanallarining bilan o'zaro

bog'langan majmuasi.Kompyuterlararo ma’lumot almashishda nazorat ta'minlab qurilsa bunday tarmoqlarkompyuter tarmoqlari deb ataladi.

Kompyuter tarmoqlarini boshqarish geografik joylashishi, masshtabi hamda

hajmiga qarab bir nechta turlarga ajratish mumkin, bo'lishi mumkin:



Lokal tarmoq - bir korxona yoki davolatdagi bir nechta yaqin binolarda

kompyuterlarni o'zaro bog'lagan tarmoq.



Mintaqaviy tarmoqlar - mamlakat, shahar, va viloyatlar darajasidakompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya kanallariorqali o'zaro bog'lagan tarmoqlar.

Global tarmoqlar - doimiy butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal vahududiy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun'iy yo'ldosh)aloqalari tarmog'i orqali bog'lagan katta tarmoq.

Tarmoq orqali uzatiladigan axborotlarni uzoq masofalarga uzatish imkoniyati vujudga keldi.Tarmoq axborotlarini uzatish, alohida ishlatilayotgan kompyuterlarni ishlatish,ishlashini tashkil qilish, bitta masalani bir nechta kompyuter yordamida yechishimkoniyatlarini beradi. Bundan tashqari har bir kompyuterni bilish, bir vazifanibajarishga ixtisoslashtirish va kompyuterlarning resurslaridan (ma'lumotlari, xotirasi)foydalanish, butun dunyo kompyuterlarini boshqarish birlashtirganInternet tarmog'iga bog'lanish mumkin.


TCP / IP protokoli to'plami.

TCP\IP protokoli tarixi

Internet — dunyo bo'ylab joylashgan va yagona tarmoqqa birlashtirilgan minglab kompyuter tarmoqlarining majmuidir. Internetda axborot almashish standart qoidalar asosida amalga oshiriladi.Internetdagi ma'lumotlarni uzatish qoidalari protokollar (masalan, TCP/IP —TRANSMISSON CONTROL PROTOKOL/INTERNET PROTOKOL) deb ataladi.TCP/IP protokolining axborotni uzatish usuli quyidagicha: TCP protokoli axborotni paketlarga ajratadi; IP protokoli orqali barcha paketlar qabul qiluvchiga uzatiladi va TCP protokoli

tomonidan barcha paketlarning qabul qilinganligi tekshiriladi; barcha paketlar qabul qilingandan keyin TCP protokoli ularni tartibga soladi va yaxlit ko'rinishga keltiradi.

TCP/IP protokollari to'plami 1972 yilda Winton Serf boshchiligidagi ishlab chiquvchilar guruhi tomonidan NCP (tarmoq boshqaruv protokoli) asosida yaratilgan. 1976 yilning iyul oyida Vint Cerf va Bob Kahn birinchi marta uchta turli tarmoq orqali TCP yordamida ma'lumotlarni uzatishni namoyish etdilar. Paket quyidagi yo'nalishda o'tdi: San-Fransisko — London – Janubiy Kaliforniya universiteti. Safariningoxirigakelib,paket 150 mingkmmasofanibosibo'tib, bittabitniyo'qotmadi. IP alohida datagramlarni uzatish (qabul qilishni nazorat qilish) uchun mas'ul edi.Zamonaviy Internet protokoli shu tarzda tug'ilgan.1 yanvar 1983 yilida ARPANET yangi protokolga o'tdi. Bu kun Internetning rasmiy tug'ilgan kuni deb hisoblanadi.



TCP / IP - raqamli shaklda taqdim etilgan ma'lumotlarni uzatish uchun tarmoq modeli. Model ma'lumotlarning manbasidan oluvchiga qanday ma'lumot uzatilishini tavsiflaydi. Model, har biri qoida (transmissiya protokoli) bilan tavsiflangan to'rtta darajadagi ma'lumotlarning o'tishini nazarda tutadi. Ma'lumotlarni uzatish muammosini hal qiladigan qoidalar to'plami Internet asosidagi ma'lumotlar uzatish protokollari to'plamini tashkil etadi . TCP / IP nomi oilaning ikkita eng muhim protokollaridan kelib chiqadi - Transmission Control Protocol (TCP) va Internet Protocol (IP), ular birinchi bo'lib ushbu standartda ishlab chiqilgan va tavsiflangan. 1970-yillarda ARPANET tarmog'idan kelib chiqqanligi sababli DOD (Mudofaa vazirligi) modeli deb ham nomlanadi.


TCP / IP stek darajalari TCP / IP protokollari to'plami to'rtta qatlamni o'z ichiga oladi: Ilova qatlami, Transport qatlami, Internet qatlami (Tarmoq qatlami [6]), Bog'lanish qatlami (Tarmoqqa kirish qatlami). Ushbu qatlamlarning protokollari OSI modeli funksiyalarini to'liq amalga oshiradi. IP-tarmoqlaridagi barcha foydalanuvchilarning o'zaro aloqasi TCP / IP protokoli stekasida qurilgan. Stek ma'lumotlar uzatishning fizik vositasidan mustaqil bo'lib, xususan simli va simsiz tarmoqlar o'rtasida to'liq shaffof aloqani ta'minlaydi.

TCP / IP modeli bo'yicha protokollarni qatlamlash

Amaliy

(Dastur qatlami)



HTTP, RTSP, FTP, DNS

Transport

(Transport qatlami)



TCP, UDP, SCTP, DCCP 

(IP orqali ishlaydigan OSPF kabi RIP, marshrutlash protokollari tarmoq sathining bir qismidir)

Tarmoq (Internetwork)

(Internet qatlami)




TCP/IP , IP

(ICMP va IGMP kabi yordamchi protokollar IP orqali ishlaydi, lekin ayni paytda tarmoq sathiga tegishli; ARP - bu ma'lumotlar havolasi qatlami ustida ishlaydigan mustaqil yordamchi protokol)


Tarmoqqa kirish darajasi

(Network Access Layer)



Ethernet, IEEE 802.11 WLAN, SLIP, Token Ring, ATM va MPLS, jismoniy vositalar va ma'lumotlarni kodlash tamoyillari, T1, E1

O‘tgan asr 80-yillarining birinchi yarmida va keyinchalik TCP/IP nomini olgan axborot uzatish modeli protokoli yaratilgan. TCP/IP stek protokoli to‘rt pog‘onali tuzilishga ega bo‘lib, har bir pog‘onada o‘zining protokollari mavjud. Bu protokol orqali adreslashdan nafaqat internet tarmog‘i elementlarini adreslashni amalga oshirish mumkin, balki lokal tarmoqda ham foydalanuvchilarga noyob adreslar berish mumkin. Adreslash orqali tarmoq foydalanuvchilari bir-biridan farqlanadi va paketlar aniq belgilangan foydalanuvchiga yetib borishi kafolatlanadi.

Turli xil Ethernet standartlari o'rtasidagi farq.

Ethernet tarmog‘i

Birinchi mahalliy tarmoqlar paydo bo‘lgan vaqtdan beri yuzlab turli xil tarmoq texnologiyalari yaratildi, lekin keng miqyosda tanilib, tarqalgan tarmoqlar bir nechagina xolos. Taniqli firmalar bu tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlashlariga va yuqori darajada ularni ish faoliyatini tashkiliy tomonlarini standartlashganiga nima sabab bo‘ldi. Bu tarmoq qurilma va uskunalarini ko‘p ishlab chiqarilishi va ularning narxi pastligi, boshqa tarmoqlarga qaraganda ustunligini ta’minladi. Dasturiy ta’minot vositalarini ishlab chiqaruvchilar ham albatta keng tarqalgan qurilma va vositalarga mo‘ljallangan mahsulotlarini ishlab chiqaradilar. Shuning uchun standart tarmoqni tanlagan foydalanuvchi qurilma va dasturlarni bir-biri bilan mos tushishiga to‘liq kafolat va ishonchga ega bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda foydalaniladigan tarmoq turlarini kamaytirish tendensiyasi kuchaymoqda. Sabablaridan bittasi shundan iboratki, mahalliy tarmoqlarda axborot uzatish tezligini 100 va hatto 1000 Mbit/s ga yetkazish uchun eng yangi texnologiyalarni ishlatish va jiddiy, ko‘p mablag‘ talab qiladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish kerak. Tabiiyki bunday ishlarni faqat katta firmalar amalga oshira oladilar va ular o‘zi ishlab chiqaradigan standart tarmoqlarni qo‘llab-quvvatlaydilar. Shuningdek, ko‘pchilik foydalanuvchilarda qaysidir tarmoqlar o‘rnatilgan va bu qurilmalarni birdaniga, batamom boshqa tarmoq qurilmalariga almashtirishni xohlamaydilar. Shuning uchun yaqin kelajakda butkul yangi standartlar qabul qilinishi kutilmaydi, albatta.

Bozorda standart lokal tarmoqlarning turli topologiyali, turli ko‘rsatkichlilari juda ko‘p, foydalanuvchiga tanlash imkoniyati keng miqyosda mavjud. Lekin u yoki bu tarmoqni tanlash muammosi baribir qolgan. Dasturiy vositalarni o‘zgartirishga qaraganda (ularni almashtirish juda oson) tanlangan qurilmalar ko‘p yil xizmat qilishi kerak, chunki ularni almashtirish nafaqat ko‘p mablag‘ talab qilishdan tashqari, kabellar yotqizilish va kompyuterlarni o‘zgartirish, natijada butun tarmoq tizimini o‘zgartirishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Shuning uchun tarmoq qurilmasini tanlashda yo‘l qo‘yilgan xatolik, dasturiy ta’minotni tanlashda yo‘l qo‘yilgan xatolikka nisbatan ancha qimmatga tushadi.

Standart tarmoqlar o‘rtasida eng ko‘p tarqalgan tarmoq bu Ethernet tarmog‘idir. U birinchi bo‘lib 1972-yilda Xerox firmasi tomonidan yaratilib, ishlab chiqarila boshlandi. Tarmoq loyihasi ancha muvaffaqiyatli bo‘lganligi uchun 1980-yili uni katta firmalardan DEC va Intel qo‘lladilar (Ethernet tarmog‘ini birgalikda qo‘llagan firmalarni bosh harflari bilan DIX deb yuritila boshlandi). Bu uchta firmaning harakati va qo‘llashi natijasida 1985-yili Ethernet xalqaro standarti bo‘lib qoldi, uni katta xalqaro standartlar tashkilotlari standart sifatida qabul qiladilar: 802 IEEE qo‘mitasi (Institute of Electrical and Electronic Engineers) va ECMA (European Computer Manufactures Association). Bu standart IEEE 802.03 nomini oldi (inglizcha«eight oh two dot three»).

IEEE 802.03 standartining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilar: topologyasi – shina; uzatish muhiti – koaksial kabel; uzatish tezligi – 10 Mbit/s; maksimal uzunligi – 5 km; abonentlarning maksimal soni – 1024 tagacha; tarmoq qismining uzunligi – 500 m; tarmoqning bir qismidagi maksimal abonentlar soni – 100 tagacha; tarmoqqa ega bo‘lish usuli –CSMA/CD, uzatish – modulyatsiyasiz (monokanal).

Jiddiyroq qaralganda IEEE 802.03 va Ethernet orasida oz farq mavjud, lekin ular haqida odatda eslanmaydi.

Ethernet hozir dunyoda eng tanilgan tarmoq va shubha yo‘q albatta va yaqin kelajakda ham shunday bo‘lib qoladi. Bunday bo‘lishiga asosiy sabab, uning yaratilishidan boshlab hamma ko‘rsatkichlari, tarmoq protokoli hamma uchun ochiq bo‘lganligi, shunday bo‘lganligi uchun dunyodagi juda ko‘p ishlab chiqaruvchilar Ethernet qurilma va uskunalarini ishlab chiqara boshladilar. Ular o‘zaro bir-biriga to‘liq moslangan ravishda ishlab chiqiladi, albatta.Dastlabki Ethernet tarmoqlarida 50 Om li ikki turdagi (yo‘g‘on va ingichka) koaksial kabellar ishlatilar edi. Lekin keyingi vaqtlarda (1990-yil boshlaridan) Ethernet tarmog‘ining aloqa kanali uchun o‘ralgan juftlik kabellaridan foydalanilgan versiyalari keng tarqaldi. Shuningdek, optik tolali kabellar ishlatiladigan standart ham qabul qilindi va standartlarga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi. 1995-yili Ethernet tarmog‘ining tez ishlovchi versiyasiga standart qabul qilindi, u 100 Mbit/s tezlikdaishlaydi (Fast Ethernet deb nom berildi, IEEE 802.03u standarti),aloqa muhitida o‘ralgan juftlik yoki optik tola ishlatiladi.1000 Mbit/s tezlikda ishlaydigan versiyasi ham ishlab chiqarila boshlandi (Gigabit Ethernet, IEEE 802.03z standarti).

Standart bo‘yicha «shina» topologiyasidan tashqari «passiv yulduz» va «passiv daraxt» topologiyali tarmoqlar ham qo‘llaniladi. Bu turdagi tarmoqning turli qismlarini o‘zaro ulash uchun repiter va passiv kontsentratorlardan foydalanish ko‘zda tutiladi (1–rasm).

Tarmoqning bir qismi (segment) bo‘lib, shuningdek, bitta abonent ham segment bo‘lishi mumkin. Koaksial kabellar shina segmentlariga ishlatiladi, to‘qilgan juftlik va optik tolali kabellar esa passiv yulduz nurlari uchun ishlatiladi (bittali abonentlarni konsentratorga ulash uchun). Asosiysi hosil qilingan topologiyada yopiq yo‘llar (petlya) bo‘lmasligi kerak. Natijada jismoniy shina hosil bo‘ladi, chunki signal ularning har biridan turli tomonlarga tarqalib yana shu joyga qaytib kelmaydi (halqadagi kabi). Butun tarmoq kabelining maksimal uzunligi nazariy jihatdan 6,5 km ga yetishi mumkin, lekin amalda esa 2,5 km dan oshmaydi.

Fast Ethernet tarmog‘ida jismoniy «shina» topologiyasidan foydalanish ko‘zda tutilmagan, faqat «passiv yulduz» yoki «passiv daraxt» topologiyasi ishlatiladi.Shuningdek, Fast Ethernet tarmog‘ida tarmoq uzunligiga qattiq talablar va chegara qo‘yilgan. Paket formatini saqlab qolib, tarmoq tezligini 10 baravar oshirilganligi tufayli tarmoqning minimal uzunligi 10 baravar kamayadi (Ethernetdagi 51,2 mks o‘rniga 5,12 mks). Signalni tarmoqdan o‘tishining ikki hissalik vaqt kattaligi esa 10 marotaba kamayadi.

Ethernet tarmog‘idan axborot uzatish uchun standart kod Manchester II ishlatiladi.Bu holda signalning bitta qiymati nolga, boshqasi manfiy qiymatga ega, ya’ni signalni doimiy tashkil qiluvchi qiymati nolga teng bo’lmaydi. Galvanik ajratish adapter, repiter va kontsentrator qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Tarmoqning uzatish va qabul qilish qurilmalari boshqa qurilmalardan galvanik ajralishi transformator orqali va alohidaelektr manbayi yordamida amalga oshirilgan, tarmoq bilan kabel to‘g‘ri ulangan.

Ethernet tarmog‘iga axborot uzatish uchun abonentlarga to‘liq tenglik huquqini beruvchi CSMA/CD tasodifiy usul yordamida amalga oshiriladi.

Ethernet paketi quyidagi maydonlarni o‘z ichiga olgan: 

8 bitni priambula tashkil qiladi, ulardan birinchi yettitasini 1010101 kodi tashkil qiladi, oxirgi sakkizinchisini 10101011 kodi tashkil qiladi. IEEE 802.03 standartida bu oxirgi bayt kadr boshlanish belgisi deb yurutiladi (SFD – Start of Frame Delimiter) va paketni alohida maydonini tashkil qiladi. 
Qabul qiluvchi manzili va jo‘natuvchi manzili 6 baytdan tashkil topgan bo‘lib standart ko‘rinishda bo‘ladi. Bu manzil maydonlari abonent qurilmasi tomonidan ishlov beriladi. 

Boshqarish maydonida (L/T-Length/Type) axborot maydonining uzunligi haqidagi ma’lumot joylashtiriladi. U yana foydalanayotgan protokol turini belgilashi mumkin. Agarda bu maydon qiymati 1500 dan kam bo‘lsa u holda axborotlar maydonining uzunligini ko‘rsatadi. Agarda 1500 dan katta bo‘lsa u holda kadr turini ko‘rsatadi. Boshqarish maydoni dasturtomonidan ishlov beriladi. 

Axborotlar maydoniga 46 baytdan 1500 baytgacha axborot kirishi mumkin. Agarda paketda 46 baytdan kam axborot bo‘lsa, axborotlar maydonining qolgan qismini to‘ldiruvchi baytlar egallaydi. IEEE 802.3 standartiga ko‘ra paket tarkibida maxsus to‘ldiruvchi maydon ajratilgan (pad data), agarda axborot 46 baytdan uzun bo‘lsa to‘ldiruvchi maydon 0 uzunlikka ega bo‘ladi. Nazorat bitlar yig‘indisining maydoni (FCS – Frame Chech Segvence) paketning 32 razryadli davriy nazorat yigindisidan iborat (CRC) va u paketning to‘g‘ri uzatilganligini aniqlash uchun ishlatiladi. 
Shunday qilib, kadrning minimal uzunligi 64 baytni (512 bit) tashkil qiladi (priambulasiz paket). Aynan shu kattalik tarmoqdan signal tarqalishini ikki hissa ushlanish maksimal qiymatini 512 bit oralig‘ida aniqlab beradi (Ethernet uchun 51,2 mks, Fast Ethernet uchun 5,12 mks).

Turli tarmoq qurilmalaridan paketning o‘tishi natijasida priambula kamayishi mumkinligini standart nazarda tutadi va shuning uchun uni hisobga olinmaydi. Kadrning maksimal uzunligi 1518 bayt (12144 bit, ya’ni 1214,4 mks Ethernet uchun, Fast Ethernet uchun esa 121,44 mks). Bu kattalik muhim bo‘lib, uni tarmoq qurilmalarining bufer xotira qurilmalarining sig‘imini hisoblash uchun va tarmoqning umumiy yuklamasini baholashda foydalaniladi.

10 Mbit/s tezlikda ishlovchi Ethernet tarmog‘i uchun standart to‘rtta axborot uzatish muhitini aniqlab bergan: 

10 BASE 5 (qalin koaksial kabel);


10 BASE 2 (ingichka koaksial kabel);


10 BASE-T (o‘ralgan juftlik);


10 BASE-FL (optik tolali kabel);


Uzatish muhitini rusumlash 3 elementdan tashkil topgan bo‘lib: «10» raqami, 10 Mbit/s uzatish tezligini bildiradi, BASE so‘zi yuqori chastotali signalni modulyatsiya qilmasdan uzatishni bildiradi, oxirgi element tarmoq qismini (segmentini) ruxsat etilgan uzunligini anglatadi: «5» — 500 metrni, «2» — 200 metrni (aniqrogi, 185 metrni) yoki aloqa yo‘lining turini: «T» – o‘ralgan juftlik (twisted pair, витаяпара), «F» – optik tolali kabel (fiber optic, оптоволоконныйкабель).

Xuddi shuningdek 100 Mbit/s tezlik bilan ishlovchi Fast Ethernet uchun ham standart uch turdagi uzatish muhitini belgilab bergan:

100 BASE – T4 (to‘rttali o‘ralgan juftlik); 

100 BASE – Tx (ikkitali o‘ralgan juftlik); 

100 BASE – Fx (optik tolali kabel). 

Bu yerda «100» soni uzatish tezligini bildiradi (100 Mbit/s), «T» — harfi o‘ralgan juftlik ekanini ko‘rsatadi, «F» — harfi optik tolali kabel ekanini anglatadi. 100BASE-Tx va 100BASE-Fx rusumidagi kabellarni birlashtirib 100BASE-X nom bilan yuritiladi, 100BASE-TX larni esa 100BASE-T debbelgilanadi.

Bu yerda biz aytib o‘tishimiz kerakki, Ethernet tarmog‘i optimal algoritmi bilan ham, yuqori ko‘rsatkichlari bilan ham boshqa standart tarmoq ko‘rsatkichlaridan ajralib turmaydi. Lekin yuqori standartlashtirilganlik darajasi bilan, texnik vositalarini juda ko‘p miqdorda ishlab chiqarilishi bilan, ishlab chiqaruvchilar tomonidan kuchli qo‘llanishi sharofati tufayli boshqa standart tarmoqlardan Ethernet tarmog‘i keskin ajralib turadi va shuning uchun ham har qanday boshqa tarmoq texnologiyasini aynan Ethernet tarmog‘i bilan solishtiriladi.


Wi-fi tarmoqlari - ishlashning asosiy

standartlari va tamoyillari.

Wifi texnologiyaning sanoat nomi ma'lumotlarni simsiz uzatish va standartlar guruhiga kiradi IEEE 802.11... Hozir 4 ta asosiy standart tatbiq etildi va ulardan foydalanildi.

Wi-Fi tarmoqlari, bu: 802.11a, 802.11b, 802.11g va 802.11n, yaqinda loyiha loyihasi maqomidan chiqib ketdi. Xalqaro tashkilot Wi-Fi uskunalarini ishlab chiqish va sertifikatlash bilan shug'ullanadi.WECA (Simsiz Ethernet Muvofiqligi Alliance yoki qisqacha Wi-Fi Alliance) 1999 yilda tashkil etilgan. Bu kompyuter uskunalari va simsiz Wi-Fi qurilmalari, hozirda 320 dan ortiq korxona, shu jumladan: Cisco, 3Com, Nokia va boshqalar. Alyansning vazifasi - ushbu tashkilotga a'zo bo'lgan ishlab chiqaruvchilarning simsiz tarmoq qurilmalarining bir xil mahalliy tarmog'ida birgalikda ishlash imkoniyatlarini sinash va amalga oshirish, shuningdek, simsiz tarmoqlar uchun dunyo standarti sifatida 802.11 tarmoqlarini joriy etish va rivojlantirish. Olti oyda bir marta alyans "muvofiqlik tahlili" ni tashkil qiladi, ushbu tadbirda ishlab chiqaruvchilar muhandislari o'zlarining tarmoq qurilmalari alyansda ishtirok etadigan boshqa kompaniyalarning qurilmalari bilan to'g'ri ishlashga qodirligini tasdiqlaydilar. Wi-Fi logotipi bo'lgan tarmoq uskunalari standartlarga muvofiq sertifikatlangan va o'zaro muvofiqliksinovlaridan o'tgan.



Wi-Fi tarmoqlarini tashkil etish turi


Tarmoqning ushbu tashkil etilishi bilan barcha qurilmalar kirish nuqtasiga (Access Point) ulangan.Kirish nuqtasi yo'riqnoma, kompyuter yoki Wi-Fi adapteriga ega boshqa qurilma bo'lishi mumkin.Kirish nuqtasi hostlar o'rtasida ma'lumot almashishda o'ziga xos vositachi vazifasini bajaradi.Boshqacha qilib aytadigan bo'lsak, agar bitta qurilma boshqasiga nimanidir o'tkazmoqchi bo'lsa, unda birinchi qurilmadan kirish nuqtasiga, so'ngra kirish nuqtasidan ikkinchi qurilmaga o'tish mavjud. Kirish nuqtasining ikkinchi muhim vazifasi simsiz va simli tarmoqlarni birlashtirishdir. Ushbu funktsiyadan tashqari, kirish nuqtasi qurilmaning autentifikatsiyasini ta'minlaydi va tarmoq xavfsizligi siyosatini amalga oshiradi.

Wi-Fi texnologiyasi hozirgi kunga kelib kompyuter olamida eng perspektiv kompyuter tarmoqlaridan biri hisoblanadi.Wi-Fi (Wireless Fidelity) — ingliz tili so’zlaridan tashkil topgan bo’lib, «simsiz bog’lanish» ma’nosini anglatadi.Wi-Fi texnologiyasi raqamli ma’lumotlarni radiokanallar orqali jo’natish turlaridan biridir.Ushbu texnologiya yaratilishida avvalo korporativ foydalanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lib, kabelli tarmoqni o’rnini egallashi bashorat qilingandi. Bizga ma’lumki kabelli tarmoqli kompyuter tarmog’ini yaratish uchun bir necha ming kabel tarmog’ini qo’lda o’rnatish hamda maxsus tarmoq topologiyasini o’rnatish talab qilinadi. Wi-Fi radiochastotalarning qisqartirilgan boshqaruv chastotalarida ishlovchi simsiz ma’lumot almashinish standartlashtirilgan texnologiyasi. Odatda Wi-Fi tarmog’i orqali WLAN(Wireless Local Area Network — Simsiz Lokal Tarmoq) tarmoqlar yaratiladi. Ushbu tarmoqda yuqori radioto’lqinlar orqali aloqa tashkil qilinuvchi hamda ma’lumot almashinishini ko’rish mumkin bo’ladi.Bu tizim kabelli tarmoqni kengayishi yoki unga alternativ sifatida bitta ofis, butun bir bino yoki bir maydon territoriyasida ishlatiladi.Wi-Fi texnologiyasi minglab kabel tarmog’ini tushirish kabi mablag’li jarayon uchun mablag’laringizni tejash bilan birga, o’rnatishni oddiyligi esa murakkab texnik o’rnatish jarayonlariga vaqtni iqtisod qilinishini bu tarmoqni boshqa tarmoqlardan ustun qilib qo’yadi. Simsiz tarmoqlar radiochastotalardan foydalanishiga sabab radioto’lqinlar bino yoki umuman ofislardagi devor yoki shunga o’xshagan to’siqlardan ham o’tib ketaveradi va umuman hech narsa unga to’siq bo’la olmaydi(masofadan tashqari albatta!). Simsiz tarmoqlar o’z-o’zidan kabelli tarmoqlardan ishonchliroq hisoblanadi. Ko’pchilik WLAN tarmoqlarini diapazoni yoki qoplash maydoni 160 metrni tashkil qiladi, bu albatta uning yo’lidagi to’siqlarning qanaqaligiga va qanchaligiga bog’liq bo’ladi. Ushbu tarmoqni ishlash tezligi kabelli tarmoq bilan tenglashashi ham mumkin va undan bir necha barobar yuqori ham bo’lishi mumkin. Bu albatta qaysi standartidan foydalanishga ham bo’gliq bo’ladi.




Shlyuzning maqsadi.

Shlyuz - bu telekommunikatsiya tarmoqlari uchun telekommunikatsiyalarda ishlatiladigan, bir diskret tarmoqdan ikkinchisiga ma'lumotlarning o'tishini ta'minlaydigan tarmoq apparati qismidir. Shlyuzlar marshrutizatorlardan yoki kalitlardan ajralib turadi, chunki ular bir nechta tarmoqlarni ulash uchun bir nechta protokol yordamida aloqa qilishadi va ochiq tizimlarning o'zaro bog'lanish modelining (OSI) yetti qatlamidan har qandayida ishlashi mumkin.

Shlyuz atamasi, shuningdek, standart shlyuz yoki yo'riqnoma kabi shlyuzning vazifalarini bajarish uchun tuzilgan kompyuter yoki kompyuter dasturiga bemalol murojaat qilishi mumkin.

Tarmoq shlyuzi protokollarni bir turdagi fizik muhitdan boshqa fizik muhit (tarmoq) protokollarga o'zgartiradi. Masalan, mahalliy kompyuterni Internetga ulashda odatda tarmoq shlyuzi ishlatiladi.Tarmoq shlyuzining asosiy vazifasi protokolni tarmoqlar o'rtasida konvertatsiya qilishdir.



Router - bu apparat tarmog'i shlyuzining misollaridan biri.
Marshrutizatsiyalash

Marshrutlash masalalari hamma marshrutizatorlarda va tarmoqning oxirgi tugunlarida joylashtirilgan marshrutlash jadvalini tahlil qilish asosida yechiladi. Marshrutlash jadvalini tuzish bo'yicha asosiy ish avtomatik tarzda bajariladi, lekin qo'l yordamida tuzatish va qo'shish imkoni nazarda tutilgan.

Marshrutlash jadvali avtomatik tarzda qurish uchun marshrutizatorlar maxsus xizmat protokoliga muvofiq tarkibiy tarmoq topologiyasi to'g‘risida axborot almashib turishadi. Bunday turdagi protokollar marshrutlash protokollari (yoki marshrutlovchi protokollar) deyiladi. Marshrutlash protokollarini (Masalan RIP, OSPF, NLSP), tarmoq protokollaridan (masalan: IP, IPX) farqlash kerak. Ikkalasi ham OSI modelining tarmoqli daraja vazifalarini bajarishadi. Ularni paketni har xil turdagi tarkibiy tarmoqmanzili egasiga yetkazib berishadi. Lekin shu vaqtdan birinchilari ichida faqat xizmat axborotini yig‘ib uzatishadi, ikkinchilari esa kanal darajasi protokollari kabi foydalanuvchilar axborotini uzatish uchun mo'ljallangan. Marshrutlash protokollari tarmoq prtokollarini transport vositasi sifatida ishlatishadi. Marshrutlash protokollari paketlari yo'nalish axborotlari bilan almashganda, tarmoq darajasi hattoki transport darajasi paketlarining ma'lumotlar maydonida joylashtiriladi. Shuning uchun, paketlarni joylashtirish nuqtai nazaridan marshrutlash protokollarini rasmiy tarmoq darajaga nisbatan yuqoriroq darajada deb qaralishi kerak.

Marshrutizatorlar paketlarning borishi to'g‘risida qaror qilishi uchun manzil jadvallariga murojaat qilishida, ularning ko'priklar va kommutatorlar bilan o'xshashligini ko'rish mumkin. Ammo ular ishlatadigan manzil jadvallarining tabiati juda farqqiladi. MACmanzillar o'rniga marshrutlash jadvalida intertarmoq ulanadigan tarmoqraqami ko'rsatiladi. Marshrutlash jadvalining ko'priklar manzil jadvalidan boshqa farqi bo'lib, ularni tuzish usuli hisoblanadi. Ko'prik jadvalini qurish paytida, u orqali o'tayotgan tarmoqning oxirgi tugunlari bir-biriga yuborayotgan axborot kadrlarini passiv kuzatib turganda, marshrutizatorlar o'z tashabbuskorligi bilan maxsus xizmat paketlari bilan almashadi va intertarmoqdagi tarmoqlar, marshrutizatorlar va ushbu tarmoqlarning marshrutizatorlar bilan aloqasi to'g‘risida qo'shnilariga xabar beradi. Odatda, aloqaning nafaqat topologiyasi hamda o'tkazish qobiliyati va xolati hisobga olinadi. Bu marshrutizatorlarga tarmoq konfiguratsiyasining o'zgarishlariga tezroqmoslashishga hamda, o'z holli topologiyali tarmoqlarda paketlarni to'g‘ri uzatishga imkon beradi.

Marshrutlash protokollari yordamida marshrutizatorlar u yoki bu darajadagi tavsilotli tarmoq aloqalarining xaritasini tuzadilar. Ushbu axborot asosida tarmoqning har bir raqami uchun yo'nalish maqul bo'lishi maqsadida, ushbu tarmoqqa yo'naltirilayotgan paketlar keyingi marshrutizatorning qaysi biriga uzatilishi to'g‘risida qaror qabul qilinadi. Ushbu qaror natijalari marshrutlash jadvaliga kiritiladi. Tarmoq konfiguratsiyasi o'zgarganda jadvaldagi ayrim yozuvlar bekor qilingan bo'lib qoladi. Bunday hollarda xatto yo'nalish bo'yicha yuborilgan paketlar yo'lda to'xtab qolishi yoki yo'qolishi mumkin.

Marshrutlash protokoli qanchalik jadval ichidagilarini tarmoqning real holatiga moslashtira olishiga butun tarmoqning ishlash sifatiga bog‘liq bo'ladi.



Marshrutlash protokollari marshrutlash jadvalini qurish usullari.

Eng yaxshi yo'nalishni tanlash usuli va o'z ishining boshqa xususiyatlari bilan farqlanib turuvchi xar xil algoritmlar asosida qurilishi mumkin.

Ma'qul yo'nalish tanlashning yuqorida aytib o'tilgan misolida, boshlanish tugunidan to oxirgi tugungacha bo'lgan marshrutizatorlarning butun ketma– ketligiemas, faqat keyingi(yaqindagi) marshrutizator aniqlangan. Ushbu yondoshishga muvofiq marshrutlash taqsimlangan sxema bo'yicha bajariladi, xar bir marshrutizator yo'nalishining faqat bitta qadamini tanlash mumkin, butun yo'nalish esa, ushbu paket o'tgan xamma marshrutizator ishining natijasidan kelib chiqadi. Marshrutlashning bunday algoritmlari bir qadamli deyiladi. Bunga qarama– qarshiko'p qadamli yondoshish xam mavjud. Bu manbadan (Source Routing) marshrutlash deyiladi.

Bunga muvofiq, tugun – manbaa tarmoqqa yuborilayotgan paketda, u orqali o'tadigan xamma oraliq marshrutizatorlari haqida to'la yo'nalish berilgan. Ko'p qadamli marshrutlash ishlatilganda marshrutlash jadvalini qurish va taxlil qilish zaruriyati qolmaydi. Bu tarmoqdan paketning o'tishini tezlashtiradi, marshrutizatorlarni yuklanishdan to'ldiriladi, lekin bunda oxirgi tugunlarga katta yuklanish tushadi. Bu sxema xisoblash tarmoqlarida bugun taqsimlangan bir qadamli marshrutlashga nisbatan juda kam qo'llaniladi. Lekin IP protokolining yangi versiyasida klassik bir qadamli marshrutlash bilan bir qatorda, manbadan marshrutlashga xam ruxsat beriladi.

Bir qadamli algoritmlar marshrutlash jadvalini tuzish usuliga qarab uchta sinfga bo'linadi:

- fiksatsiya qilingan (yoki statik) marshrutlash algoritmi;

- oddiy marshrutlash algoritmi;

- adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi

Fiksatsiya qilingan marshrutlashda, marshrutlash jadvalidagi hamma yozuvlar statik hisoblanadi. Tarmoq adminstratorining o'zi qaysi marshrutizatorlarga u yoki bu manzilli paketlarni uzatish kerakligini hal etadi va utilit (route OC Unix yoki Windows NT)lar yordamida marshrutlash jadvaliga muvofiq yozuvlar kiritadi. Jadval, odatda, yuklash jarayonida tashkil etiladi.Keyinchalik uning ichidagisi qo'l bilan tuzatilmaganiga u o'zgartirilmasdan ishlatiladi.Bunday tuzatmalar masalan, agar tarmoqda qaysi bir marshrutizator ishdan chiqsa uning vazifalarini boshqa marshrutizator bajargan holda kerak bo'ladi.

Ikki xil yo'nalish jadvali bor. Birinchisi, bir yo'nalishli jadval, unda har bir manzil egasi uchun bitta yo'l, ikkinchisi, ko'p yo'nalishli jadval, bunda har bir manzil egasi uchun bir nechta alternativ yo'llar belgilangan.Ko'p yo'nalishli jadvalda yo'nalishlarning bittasini tanlash huquqi berilgan.Ko'pincha bu yo'l asosiy xisoblanadi, qolganlari esa rezerv.Tushunarliki, fiksatsiyalangan marshrutlash algoritmi, uning qo'l usuli bilan marshrutlash jadvalini tuzishi faqat oddiy topologiyali kichikroqtarmoqlarda qo'llash mumkin.Lekin ushbu algoritm katta tarmoq magistrallarida ishlash uchun samarali ishlatilishi mumkin, chunki magistralning o'zi, magistralga ulangan tarmoq osti kelayotgan paketlarning eng yaxshi yo'llari bo'lgan oddiy tuzilishga ega bo'lishi mumkin.

Oddiy marshrutlash algoritmlarida marshrutlash jadvali umuman ishlatilmaydi, yoki marshrutlash protokollarisiz ko'riladi.Oddiy marshrutlashning uch turi mavjud.

- tasodifiy marshrutlash, bunda paket dastlabki yo'nalishidan tashqari, tasodifiy uchragan bitta yo'nalishga yuboriladi;

- ko'chki marshrutlash, bunda paket keng ogohlantirilgan holda, dastlab yo'nalishdan tashqari, hamma imkonli yo'nalishlar bo'yicha yuboriladi.

- oldingi tajriba bo'yicha marshrutlash, bunda yo'nalishni tanlash jadval bo'yicha bajariladi, lekin jadval kiruvchi portlarda paydo bo'luvchi paketlarning manzil maydonlarini tahlil qilish yordamida, ko'prik negizida quriladi.

Eng ko'p tarqalgani, adaptiv (yoki dinamik) marshrutlash algoritmi xisoblanadi.Bu algoritmlar tarmoq kofiguratsiyasi o'zgargandan so'ng marshrutlash jadvalining avtomatik yangilanishini ta'minlaydi.Adaptiv algoritmlar asosida qurilgan protokollar hamma marshrutizatorlarga aloqalar konfiguratsiyalarining hamma o'zgarishlarini operativ ko'rib chiqib, tarmoqdagi aloqalar topologiyasi axborotni yig‘ishga imkon beradi. Adaptiv marshrutlashda marshrutlash jadvalida, odatda ushbu yo'nalish qancha amaliy bo'lib qolish vaqti oralig‘i to'g‘risida axborot bor. Bu vaqt yo'nalish hayotining vaqti (Time To Live, TTL) deyiladi. Adaptiv algoritmlar odatda, taqsimlangan xarakterga ega, bu tarmoqda topologik axborotni yig‘ib, umumiylashtiruvchi qandaydir ajratilgan marshrutizatorlar yo'qligi bilan ifodalanadi: bu ish xamma marshrutizatorlar orasida taqsimlangan.
OSI / ISO mos yozuvlar modeli.

1977-1984 yillarda mutaxassislar "Reference Model of Open Systems Interconnection" (OSI) deb nomlangan tarmoq arxitekturasi modelini ishlab chiqdilar. OSI modeli tizimlarning o'zaro ta'sirining turli darajalarini belgilaydi, ularga standart nomlarni beradi va har bir qatlam qanday funktsiyalarni bajarishi kerakligini belgilaydi. OSI modeli yaratishda to'plangan katta tajribaga asoslangan holda ishlab chiqilgan kompyuter tarmoqlari, asosan globalmiqyosdaqo’llanilgan.Ushbu modelning to'liq tavsifida 1000 dan ortiq sahifalar mavjud.

"Ochiqtizimlarningo'zaroaloqasiuchuntavsiyaetilganmodel" atamasiko'pinchaadabiyotlarda "ISOModel" nomiostidauchraydi OSI ”debnomlanib, ISOningshakllanishigaqo'shganhissasinita'kidladi. Ba'zi bir professional tarmoq dasturchilari uchun ushbu model ideal tarmoq arxitekturasini aks ettiradi

OSI mos yozuvlar modeli, 1984 yilda nashr etilgan, ISO tomonidan yaratilgan tavsifli kontur edi.Ushbu mos yozuvlar modeli asbob-uskunalarni ishlab chiqaruvchilarga butun dunyo bo'ylab ko'plab kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan turli xil tarmoq texnologiyalari va uskunalari o'rtasida yuqori darajadagi o'zaro va samaraliroq o'zaro ishlashni ta'minlaydigan standartlar to'plamini taqdim etdi. 

Hozirgi vaqtda OSI ma'lumot bazasi foydalanuvchilarni tarmoq ishlash tamoyillari va tarmoq orqali ma'lumotlarni yuborish va qabul qilish mexanizmlari haqida ma'lumot berishda eng yaxshi vosita hisoblanadi.



ISO / OSI modeli tarmoq strukturasining umumiy ko'rinishini yaxshi aniqlangan, o'zaro bog'liq modullarda tashkil qilish uchun qatlamlardan foydalanadi.Tarmoqda, qatlamlarga bo'lingan holda, har bir qatlam atrofdagi qo'shni qatlamlarga nisbatan ma'lum bir funktsiyani yoki xizmatni bajarishga xizmat qiladi.Har bir daraja, go'yo qo'shni birini quyi darajadan tepaga oqishi mumkin bo'lgan ortiqcha ma'lumotlardan himoya qiladi.Yaxshi ishlab chiqilgan daraja uning ishlashining barcha xususiyatlarini haddan tashqari darajada yashirishi kerak.Ushbu qoidalar asosida aniq belgilangan interfeysga ega funktsional modullar tarmog'ini yaratish mumkin.

Terminal xabar bilan bir qatorda, tarmoq mutaxassislari tomonidan almashinuv protseduralarida ma'lumotlar birliklarini ko'rsatadigan boshqa atamalar mavjud.ISO standartlarida Protocol Data Unit (PDU) umumiy atamasi turli qatlamlarning protokollari muomala qilinadigan ma'lumotlar birliklariga murojaat qilish uchun ishlatiladi. Ma'lum darajadagi ma'lumotlar bloklarini belgilash uchun ko'pincha maxsus nomlar ishlatiladi: paket (packet), datagram (datagramm), segment (segment).



OSI modeli ikkita asosiy protokol turini ajratib turadi. Protokollarda ulanish o'rnatilishi bilan,ma'lumotlarni almashishdan oldin, jo'natuvchi va qabul qiluvchi avval ulanish o'rnatishi va, ehtimol, ma'lumotlar almashinuvida foydalanadigan ba'zi protokol parametrlarini tanlashi kerak. Muloqotni tugatgandan so'ng, ular uzilishi kerak.
Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling