Laboratoriya ishi № Mavzu. Oksidlar, asoslar, kislotalar
Download 41 Kb.
|
LABORATORIYA ISHI-2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli a sboblar
- Tajriba № 2. Ishqorlarda indikatorlar rangining o’zgarishi.
- Tajriba № 3. Alyuminiy gidroksidning olinishi va xossalari.
- Tajriba № 4. Miss (2) – gidroksid Cu(OH) 2 olish va uni parchalash.
- Tajriba № 5. Metallni suvga ta’sir ettirib asos olish
- Tajriba № 6. Oksidlarning suv bilan birikishidan asos olish
- Tajriba № 7. Tuz va kislotalarning o’zaro ta’siri.
- Tajriba № 8. Tuzning ishqor bilan o’zaro reaksiyasi va erimaydigan asos hosil bo’lishi.
LABORATORIYA ISHI № 2. Mavzu. Oksidlar, asoslar, kislotalar, tuzlar olinishi va kimyoviy xosslarini tajribalar orqali o’rganish. Ishning maqsadi: Anorganik birikmalarning asosiy sinflari oksidlar, kislota, tuz va asoslar olinishi bilan tanishish. Kerakli reaktivlar: Fosfat angidrid, distillangan suv, natriy xlorid, kons.sulfat kislota, kumush nitrat eritmasi, magniy kukuni, fenolftalein eritmasi, CaO, lakmus qog‘oz, FeC13, Bi (NO3)3, CuSO4, NaOH, Ba(OH)2, xlorid kislota. Kerakli asboblar: Kipp apparati, kolbalar, probirkalar. Ishni bajarish tartibi: Tajriba № 1. Magniy oksid va magniy gidroksid. Probirkaga ozgina miqdorda (taxminan 1 g. ) magniy oksidi olib ustidan 5-10 ml chamasi suv soling va aralashliring. Ustidan 1-2 tomchi fenolftalein eritmasi tomizib reaksiya sharoitini sinab ko’ring. Magniy gidroksidning kuchsiz eruvchangligini va reaksiya sharoiti kuchsiz ishqoriy ekanligini kuzating. Magniy oksid bilan suvning o’zaro reaksiya tenglamasini yozing.
Uchta probirkaga chini kosachadagi NaOH eritmasini teng bo’lib soling va birinchisiga 1-2 tomchi fenolftalein eritmasidan kushing, 2 siga 1-2 tomchi metloranj eritmasidan 3 gr lakmus eritmasidan qo’shing. Ishqoriy muhitda indikatorlar rangining o’zgarishini kuzating va yozing. Tajriba № 3. Alyuminiy gidroksidning olinishi va xossalari. Probirkaga alyuminiy xlorid tuzi eritmasidan 2-3 ml olib, ustidan shuncha hajm NH4OH eritmasidan quying. Oq cho’kma hosil bo’lganini kuzating. Cho’kmani ikkita probirkaga teng qilib bo’ling, probirkaning biriga 10% li xlorid kislota eritmasidan tomchilab aralashtirib turgan holda quying, to cho’kma erib ketguncha. Ikkinchi probirkaga 10% li natriy gidroksid eritmasidan tomchilab quying, nima kuzatiladi? Shu qilingan tajribalarning reaksiya tenglamalarini tuzing va alyuminiy gidroksid qanday xossalarga ega ekanligini izohlang. Tajriba № 4. Miss (2) – gidroksid Cu(OH)2 olish va uni parchalash. Probirkaga 2-3 ml mis (2) sulfat (CuSO4) eritmasidan olib, ustidan 2-3 ml NaOH eritmasi quying. Ko’k cho’kma Cu(OH)2 ning hosil bo’lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Cho’kma qorayguncha probirkani qizdiring. Nima hosil bo’ladi. Reaksiya tenglamasini yozing. Tajriba № 5. Metallni suvga ta’sir ettirib asos olish. Probirkaga 5 ml suv quying va ustiga ozgina magniy kukuni soling. Aralashtirib 3-5 minut qizdiring va 1-2 tomchi fenolftalein eritmasidan tomizing. Bunda eritma qanday tusga kirishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Tajriba № 6. Oksidlarning suv bilan birikishidan asos olish. Probirkaga ozgina kalsiy oksid yoki magniy oksid solib, suv bi-lan chaykating. Eritmaga lakmus tushirib kuzating. Reaksiya tenglama-sini yozing. b) Chinni kosachaga so‘ndirilmagan ohak (CaO) olib, unga ozgina suv qo‘shing. Issiqlik chiqishini kuzating. Lakmus bilan sinab ko‘ring/ Reaksiya tenglamasini yozing. Tajriba № 7. Tuz va kislotalarning o’zaro ta’siri. Probirkaga 5 tomchidan 1n bariy xlorid (BaCl2) eritmasidan va 1n sulfat kislota H2SO4 eritmasidan quying. Oq cho’kma hosil bo’lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Tajriba № 8. Tuzning ishqor bilan o’zaro reaksiyasi va erimaydigan asos hosil bo’lishi. Probirkaga 1-2 ml temir (3) – xlorid tuzi eritmasidan olib, ustidan shuncha hajm ishqor eritmasidan soling. Qo’ngir cho’kma Fe(OH)3 hosil bo’lishini kuzating. Reaksiya tenglamasini yozing. Mavzu bo’yicha savollar va masalalar. 1.Oksidlarning qanday xillari ma’lum? 2.Quyidagi oksidlarning Na2O, BaO, N2O3, N2O5 suv bilan birikish reaksiya tenglamalarini yozing. Bu oksidlarning asosli yoki kislotali ekanligini reaksiya tenglamasiga asoslanib xarakterlang? 3.Quyidagi gidrooksidlarning AgOH, Cu (OH)2, Fe (OH)3 parchalanishidan hosil bo‘ladigan oksidlarning formulalarini yozing? 4.Quyidagi moddalarning (N2O5; Mg(OH)2, CaO, Pb(NO3)2, H3PO4, H2SO4, Na2S) xlorid kislota bilan birikish reaksiya tenglamasini yozing? 5.Quyidagi kislota angidridlariga (SO, SO2, SO3, N2O3, N2O5, CrO3, Mn2O7, P2O5) mos keladigan kislotalarning kimyoviy formulalarini yozing? 6.Quyidagi moddalarning qaysi biri xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishadi: P2O5, Mg(OH)2, CaO, Pb(NO3)2, H3PO4, H2SO4? Reakiya tenglamasini yozing. Download 41 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling