Laboratoriya ishi № Mavzu


Download 0.55 Mb.
bet1/5
Sana30.11.2020
Hajmi0.55 Mb.
#156001
  1   2   3   4   5
Bog'liq
LABORATORIYA ISHI-1


LABORATORIYA ISHI № 1.


Mavzu: Raqamli texnika negiz elementlarini tadqiq etish. Va,Yoki, Inkor
mantiqiy elementlarini tadqiq etish.


1. Ishning maqsadi: VA, YOKI, EMAS mantiqiy elementi bilan tanishish, xaqiqiylik jadvalini yaratish va elementi qatnashgan mantiqiy funksiyalarni hisoblash.


Nazariy qism.
Mikroprotsessor tizimi (MPS) ning asosiy qurilmasi bo’lgan mikroprotsessor (MP)
ikkilik sanoq tizimida ishlagani uchun komandalar va berilganlar shu sanoq tizimida yoziladi. Mashinadasignallar “0”va “1”, ya’ni mos ravishda past va yuqori darajali signallar nomi bilan yuritiladi.
Signallarning bunday ko’rinishi hech bir qiyinchiliksiz mantiqiy o’zgaruvchilar yordamida ifodalanadi.

MP sxemalari ikkilik sanoq tizimida mantiqiy va arifmetik amallarni bajaradi. VA”, “YoKI” va INKORsxemalari asosida Mp ning ixtiyoriy qurilmasini to’liq qurish mumkin. Mp da mantiqiy amallar cheklangan, lekin ularni har biri istalgan marotaba bajarilishi mumkin.

Ikkilik sanoq tizimida mantiqiy amallarni bajara oladigan kombinatsion sxemalar bilan tanishib chiqamiz. Kombinatsion sxemalar raqamli sxemalar bo’lib, ularning chiqishi ixtiyoriy vaqt davomida faqat kirishiga berilayotgan signallar bilan aniqlanadi.

«VA» sxemasi(mantiqiy ko’paytirish sxemasi) ikki va undan ortiq mantiqiy qiymatlarni ko’paytirishni (konyuktsiyani) bajaradi. Rasmda «VA» sxemasining shartli belgisi ko’rsatilgan (a-maxsus belgi, b-to'g'ri to'rtburchak ko'rinishidagi belgi).


Sxemaning Y chiqishi bilan A va B kirishlari orasidagi

bog’lanishlarni munosabat bilan ifodalanadi. Sxemaning Ava B
kirishlarida 1 bo’lgandagina Y chiqishda 1 signali hosil bo’ladi.
Qolgan hollarda sxemaning Y chiqishida har doim “0” hosil bo’ladi.
VA”sxemasiningishjadvali



Raqamli hisoblash texnikasida asos elementlari bO’lib mantiqiy “VA”,
“YoKI”, “INKOR” elementlari xizmat qiladi.


“VA” mantiqiy elementi.




X va Y kirishlarga bir vaqtda “1” signali berilsa (yahni ulagichlar bir vaqtda
ulansa), Z chiqishda “1” signali hosil bo’ladi (yahni lampa yorishadi). Kirishlardan
birortasiga yoki bir vaqtda ikkalasiga «0» signali berilsa (yahni ulagichlardan biri
yoki bir vaqtda ikkalasi ulanmagan holda bo’lsa), chiqishda «0» signali hosil bo’ladi (ya’ni lampa o’chgan holda bo’ladi).

«VA» elementi mantiqiy funktsiya sifatida Z = X Y , hamda Z = X*Y yoki Z = X ^ Y ko’rinishlardan birortasilf tasvirlanashi mumkin.

Mantiqiy elementlarni ishlab chiqarish texnologiyalarining bir qator turlari
majud bo’lib, ularning har biri o’z yutuq va kamchiliklariga ega.
Masalan:
- unipolyar tranzistorlarga asoslangan texnologiyalar (n-MOP, r-MOP, K
MOP);
- kristalda joylashgan elementlar zichligini yuqoriligi, kam quvvat talabligi,
narxining arzonligi bilan xarakterlanadi, lekin tashqi tasirlarga O’ta tahsirchan,
nisbatan tezkorligi past;
- bipolyar texnologiyadagi (DTL, TTL, TTLSH, ESL, I2L) elementlar O’ta
tezkorligi va ishonchli ishlashi bilan xarakterlanadi, lekin elementlar zichligi kam
va kO’p energiya talab qiladi, tan narxi qimmat;
- integral-injektsion texnologiyadagi (I2L) elementlar yuqoridagi ikki
texnologiya orasidagi kO’rsatkichlarga ega.

Nazariy qism.

Download 0.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling