Laboratoriya ishi №1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari


Download 1.7 Mb.
bet81/113
Sana02.06.2024
Hajmi1.7 Mb.
#1838704
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

Laboratoriya ishi № 18.
1- ish. NaOH eritmasining titrini aniqlash
Kerakli asbob-uskuna va reaktivlar: 25,00 ml li byuretka, shtativ; 5,00 yoki 10,00 ml li pipetka; 10 ml li silindr; 100,0 ml li o‘lchov kolbasi; 3 dona 50 ml li konussimon kolba;
10% li NaOH eritmasi; 0,1000 n HC1 (H2C2O4) standart eritmasi; fenolftalein (1% li spirtdagi) eritmasi.
0,1000 n HCl (H2C2O4) ning standart eritmasi fiksanaldan tayyorlanadi yoki ishchi eritmasining titri, bura (yoki soda) bilan titrlab aniqlanadi.
NaOH eritmasini tayyorlash. 0,1 n 100 ml NaOH eritmasi laboratoriyada oldindan tayyorlab qo‘yilgan 10 % li eritmadan tayyorlanadi.
Hisoblash:
Сn = N=m∙100/ E ∙ V; E NaOH = 40
m= N∙ E ∙ V/ 1000
m=0,1∙40∙100/1000= 0,4 g;
100 g eritmada — 10 g NaOH erigan
x g eritmada — 0,4 g NaOH erigan
x = 100∙0,4/10 = 4 g.
Eritmaning zichligi 1 g/sm3 ga juda yaqin bo‘lgani uchun bu eritmaning 4 grami 4 ml deb olinadi.
Demak, 10 % li NaOH eritmasidan slindr yordamida 4 ml olib, 100 ml li o‘lchov kolbasiga solinadi va uning belgisigacha distillangan suv quyib suyultirib 0,1 n NaOH eritmasi tayyor­lanadi. NaOH eritmasining titrini standart HC1
(H 2C2O4) bilan aniqlash quyidagi reaksiyaga asoslangan bo‘lib, u to‘g‘ri titrlash orqali bajariladi:
NaOH + HCl = NaCl +H2O
OH- + H+ = H2O
Ishning bajarilish tartibi. Tayyorlangan 0,1 n NaOH eritmasi byuretkaga quyiladi.
Titrlash kolbasiga pipetka yordamida aniq hajmda HC1 ning standart 0,1000 n eritmasidan (5 yoki 10 ml) o‘lchab olinadi. Uning ustiga 2-3 tomchi fenolftalein eritmasidan qo‘shib, buretkadagi NaOH eritmasi bilan titrlanadi. NaOH eritmasidan oz-oz qo‘shiladi, kolbani tekis aylanma harakatlantirib suyuqlik doimo chayqatib turiladi. Titrlashni 1 tomchi NaOH ta’sirida och pushti rangga o‘tguncha davom ettiriladi. Tajriba kamida uch marta (bir-biriga yaqin qiymatlar olguncha) tarkrorlanadi va jadval ko‘rinishida rasmiylashtiriladi.



VHCl, ml

ENaOH, ml

Indikator

11.

10,0







22.

10,0







33.

10,0







Analiz natijalari quyidagi formulalar yordamida hisoblanadi:

  1. Vo‘r NaOH = V1 + V2 +V3 / 3

  2. NHCl ∙ VHCl = NNaOH ∙ Vo‘r NaOH; N NaOH = N HCl ∙ V HCl / Vo‘r NaOH.

  3. TNaOH= NNaOH ∙ ENaOH/ 1000.

  4. NNaOH/HCl = NNaOH ∙ EHCl / 1000.




Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling