Laboratoriya ishi №1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari


Download 1.7 Mb.
bet92/113
Sana02.06.2024
Hajmi1.7 Mb.
#1838704
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   113
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

Ishning bajarilish tartibi. ~ 0,1 n Trilon-B erit­masi buretkaga quyiladi. Titrlash kolbasiga pipetka yordamida 20.00 ml 0,05000 n MgSO4 eritmasidan olib ustiga 5 ml ammiakli bufer va 20-30 mg quruq indikator — Qora erioxrom-T qo‘shiladi. Aralashmaning rangi qizildan ko‘k rangga o‘tguncha buretkadagi Trilon-B eritmasi bilan titrlanadi. Taj­riba uch marta takrorlanadi. Olingan natijalar jadval ko‘rinishida yoziladi.

T/r

V MgSO4, ml

V T.B , ml

Indikator

1.

20,00




Qora erioxrom-T

2.

20,00




3.

20,00




Trilon-B ning titri quyidagi formulalar asosida hisoblanadi:
1. N1∙V1 = N2 ∙V2 yoki Nt.b = NMgSO4 ∙ VMgSO4/ Vo‘r T.B
2. T T.B = E T.B ∙ N T.B/ 1000
3. T T.B / Mg2+ = E Mg2+∙NT.B / 1000
2-ish. Suvning qattiqligini aniqlash
Kerakli asbob-uskunalar va reaktivlar: shtativ; 25,00 ml li byuretka; 0,1000 n Trilon-B eritmasi; 3 dona 100 ml li titrlash kolbasi; qora erioxrom-T; ammiakli bufer eritma.
Suvning qattiqligi 1,0 litr suvda bo‘lgan kalsiy va magniy ionlarining milligramm - ekvivalent miqdori bilan ifodalanadi. Suv tarkibidagi Ca2+ va Mg2+ ionlari kompleksonlar bilan barqaror kompleks birikmalar hosil qiladi. Shuning uchun suvning qat­tiqligini kompleksonometrik usul bilan aniqlash juda qulay.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling