Laboratoriya ishi №1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari


Download 1.7 Mb.
bet1/113
Sana02.06.2024
Hajmi1.7 Mb.
#1838704
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024


Laboratoriya ishi №1.
Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari.
Laboratoriya darsi ma’ruzada o‘tilgan mavzularni to‘liq va chuqur o‘rganishda juda katta ahamiyatga ega o‘quv darslarning eng aktiv turlaridan biri bo‘lib, talabaning mustaqil o‘quv ishlarni tashkil qilishga va yo‘naltirishga imkon beradi. Laboratoriya ishlari doimo ma’ruza o‘tilgandan keyin bajarilishi kerak, shundagina uning foydasi to‘liq bo‘ladi. Talaba o‘tilgan mavzu bo‘yicha tajribalar o‘tkazib u yoki bu qoidaning to‘g‘riligiga eksperiment oraqli ishonch hosil qilib, analitik kimyo bo‘yicha eshitgan ma’ruzalardan olgan bilimlarini mustahkamlab boradi. Har bir laboratoriya ishini bajarishdan oldin shu mavzuga oid nazorat ishi o‘tkaziladi yoki har bir talabani doskaga chaqirib so‘raladi .
Laboratoriya darsi vaqtida quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:

  1. Barcha xavfsizlik choralariga aniq amal qilish (“Xavfsizlik texnikasi qoidalari”)

  2. Tajribalardagi har bir ishning tartib va ketma-ketligiga, reaksiyaga kirishivchi moddalarni miqdor va konsentratsiyasiga, qo‘llanmada qanday ko‘rsatilgan bo‘lsa shunday aniqlikda rioya qiling (agar ishlatiladigan reaktivlar miqdori ko‘rsatilmagan bo‘lsa, iloji boricha kam olib ishlatish kerak ).

  3. Tajribaning borishi va uning o‘ziga xos joylarini diqqat bilan kuzatib, aniqlab boring.

  4. Ishning oxirida ishlatilgan asbobni yig‘ishtirib, kimyoviy idishlarni yuvib, ish joyini artib tozalab navbatchiga yoki o‘qituvchiga ko‘rsating.

  5. Darsning oxirida kuzatish natijalari va qilingan hisoblash natijalari yozilgan daftaringizni o‘qituvchiga imzo qo‘yish uchun ko‘rsating.

Amaliy mashg‘ulot o‘tkazish tеxnikasi va uning ahamiyati.
Analitik kimyo kursi bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda talabalar, dastlab rеaktiv va asboblardan foydalanish qoidalari hamda tajribalarni aniq bajarish tеxnikasi bilan tanishtiriladi.
Amaliy mashg‘ulotlarni nazariy tuchunchalar bilan birgalikda olib borilgandagina talabalarning o‘zlashtirishi unumli va samarali bo‘ladi.
Talabalarni laboratoriyada amaliy mashg‘ulot bajaradigan asosiy joyi ish stolidir. Ish stoli doimo toza bo‘lishi kеrak. Laboratoriya mashg‘ulotlarini faqatgina qunt va aniqlik bilan bajarilgandagina kutilgan natijalarga ega bo‘lish mumkin. Ishga e’tiborsizlik bilan qarash esa bajariladigan ish natijalarining xato chiqishiga sabab bo‘ladi. Tajribani to‘g‘ri bajarish uchun eritma va rеaktivlarni ko‘rsatilgan miqdorda olish lozim. Disstillangan suv, gaz va elеktr enеrgiyasini tеjab sarflash kеrak. Tartib va ozodalikni ish joyidagina emas, balki laboratoriyada ham saqlash lozim.
Har bir amaliy mashg‘­­ulotni bajarishdan oldin, talabalar oldingi ish yuzasidan hisobot tuzib o‘qituvchiga ko‘rsatadilar. So‘ng navbatdagi laboratoriya ishini bajarishga ruxsat etiladi.
Yangi ishni boshlashdan avval o‘qituvchi talabalardan shu ishning mazmunini qanchalik darajada bilib olganliklarini tеkshirib ko‘rishi lozim. Talabalar nazariy tushunchalarni o‘zlashtirib, tajriba tеxnikasini tushinib olganliklariga ishonch hosil qilganidan kеyingina navbatdagi ishni bajarish uchun ruxsat etiladi.
Talabalar tayyorlagan asboblar sxеmalari to‘g‘riligini o‘qituvchi yoki katta lobarant tеkshirib ko‘rib ishni bajarishga ruxsat bеradi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling