Laboratoriya ishi №1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari


Barcha klassifikatsiyalarda guruh reagentiga quyidagi talablar qo‘yiladi


Download 1.7 Mb.
bet4/113
Sana02.06.2024
Hajmi1.7 Mb.
#1838704
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

Barcha klassifikatsiyalarda guruh reagentiga quyidagi talablar qo‘yiladi.
1.Guruh reagenti shu guruhga oid barcha ionlarni amaliy jihatdan to‘liq cho‘ktirish (cho‘ktirishdan keyin eritmada qolgan ionlar miqdori 10-6 mol/l dan oshmasligi) kerak.
Analizning keyingi bosqichlarini o‘tkazish uchun hosil bo‘lgan cho‘kma biror erituvchida (kislota, ishqor va hakazo) oson erishi zarur.
2.Guruhni barcha ionlari cho‘ktirilgach, eritmada ortib qolgan guruh reagent eritmadagi boshqa ionlarning topilishiga xalaqit bermasligi lozim. Barcha klassifikatsiyalarda guruh reagentiga ega bo‘lmagan kationlar (Li+, Na+, K+) mavjud. Bu kationlarning eletromanfiylik qiymatlari past bo‘lib, ular davriy sistema birinchi guruhning asosiy guruhchasida joylashgan. Hamma klassifikatsiyalarda ham sulfat kislota, ammoniy karbonat, ammiak ishtirokida cho‘kadigan
kationlar (Ba2+,Sr2+,Ca2+) bor. Kationlar klassifikatsiyalarining barchasida amfoterlik
xossalariga ega bo‘lgan kationlar (Zn2+, Al3+, Cr3+, Sn2+, As3+, As5+, va boshqalar) ajratiladi.
Kationlar aralashmasini analiz qilish uchun vodorod sulfidli klassifikatsiya amaliyotda eng ko‘p qo‘llaniladi. Bu klassifikatsiyalardan amalda uchtasi sulfidli, ammiak - fosfatli, kislota - asosli
klassifikatsiyalar ko‘proq qo‘llanadi, biroq sulfidli klassifikatsiya zaharli vodorod sulfidini olish va uzoq muddat qo‘llashni talab etgani sababli keyingi yigirma yilda tobora kam qo‘llanilmoqda. Sifat yarimmikrotahlil usulini vodorodsulfidsiz — ammiak - fosfatli, kislota-asosli usullari ishlab chiqilgan, ammo kationlarning tizimli tahlili, farmatsiyada, to‘liq holida qo‘llanilmaydi. Kationlarni analitik guruhlarga tasniflari kationlarning kimyoviy xossalariga asoslangan bo‘lib, ularni elektron tuzilishi va davriy sistemadagi o‘rni bilan uzviy bog‘langan. Bu bog‘lanish aslida chuqur mohiyatli bo‘lsada, bir qarashda jiddiy bog‘lanish yo‘qdek tuyuladi. Masalan, Ag+, Hg22+, Pb2+ kationlari kimyoviy elementlar davriy sistemasini turli guruhlariga mansub bo‘lishiga qaramasdan guruh reagenti bir xil xlorid ionlaridir. Shuningdek, bir tomondan, kimyoviy elementlar bir necha xil, masalan, temir Fe3+ va Fe2+, simob Hg+ va Hg2+, mis Cu+ va Cu2+ va hokazo kationlarni hosil qiladi. Boshqa tomondan, ayni bir element kation va anion, masalan marganes Mn2+ kationi va MnO42- anioni, xrom Cr3+ kationi va CrO42- , Cr2O72-
anionlarini va hokazolarni hosil qiladi. Kationlarni faqat elementlar davriy sistemasi guruhlariga mos tarzda tasniflashning imkoni yo‘q, ayrim xususiy hollardagina bunga erishilgan.
Masalan, elementlar davriy sistemasining ikkinchi guruhida joylashgan Ca2+, Sr2+, Ba2+ kationlar bir analitik guruhni tashkil qilgani holda Mg2+ bu analitik guruhga mansub emas. Kationlarning analitik klassifikatsiyasiga, ayrim analitik reagentlarning bir guruh kationlar bilan o‘xshash analitik samara berishi, analitik reaksiya mahsulotini suvda, kislota, ishqor va ba’zi reagentlar eritmasidagi eruvchanligi, kompleks hosil qilish, oksidlanish - qaytarilish xossalari asos qilib olingan. Guruh reagentlarini qo‘llash amalda ko‘pchilik kationlarni analitik guruhlarga ajratishga
imkon beradi. Ammo barcha kationlarni hech bo‘lmaganda barcha metall kationlarni qamrovchi mukammal analitik klassifikatsiya mavjud emas. Eritmalarda metallarning yuqori zaryadli individual erkin kationlari mavjud bo‘lmaydi, chunki, ilgari ta‘kidlanganidek, yuqori zaryadli metall kationlari termodinamik beqaror bo‘lganligi sababli, suv molekulalari yoki boshqa zarralar bilan turli tarkibli komplekslar hosil qiladi. Binobarin, oddiy yozuvdagi kationlarni musbat ishora bilan Hg2+, Bi3+, Sn4+ kabi yozilishi metallni oksidlanish darajasinigina anglatib, ular eritmada ko‘rsatilgan musbat ishorali erkin zarralar holida mavjudligini anglatmaydi. U yoki
bu kation eritmada qanday kompleks holda mavjudligi hamma vaqt ham ma‘lum emas. Odatda, eritmada kationning turli kimyoviy shakllari (komplekslari) o‘zaro muvozanatda bo‘lib, ularning biror shaklda bo‘lish ehtimolligi reagentlar konsentratsiyalarining nisbati, eritmaning pH muhiti,
harorat, boshqa moddalarni borligiga bog‘liq.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling