Vodorod ion metal bog'lanish


Download 0.77 Mb.
Sana20.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#1630619
Bog'liq
Vodorod ion metal bog\'lanish

Vodorod ion metal bog'lanish

Ion bog’lanish

  • Kimyoviy bog‘ni hosil qilayotgan atomlarning NEM lar qiymati bir- biridan keskin farq qiladigan holatda NEM ligi kattaroq bo’gan element o ‘ziga ikkinchi atomning elektronlarini tortib oladi va manfiy zaryadlangan ion (anion) holiga o ‘tadi. NEM lik qiymati kichik bo’lgan element musbat zaryadlangan kation holiga o ‘tadi.
  • Qarama-qarshi ishorali ionlar orasida elektrostatik tortishuv kuchlari hisobiga amalga oshgan bog‘ ionli bog‘lanish deb ataladi.
  • Yuqorida tasvir etilgan holat birmuncha to‘g‘ri emas, chunki yangi hosil bo’lgan elektron jufti batamom manfiy zaryadlangan ionning o‘zidagina qolmasdan, qisman musbat zaryadlangan kation tomon siljiydi, chunki batamom elektrmanfiylikka ega bo‘lmagan atomlar yo‘q, ko‘pmi yoki ozmi, har bir metall atomi ma’lum NEM qiymatiga ega.
  • Bir atomli kationlar va anionlar orasidagi elektron zichlik NEM qiy­mati kattaroq bo’gan element tomon siljiydi. NEM ligi kichik bo’gan atomlarning tashqi valent qobig‘idagi elektronlar soni ko‘p emas (1, 2 ba’zan 3 ta bo’lishi mumkin), ularning shu elektronlari NEM ligi katta bo’lgan ikkinchi atomga o ‘tganda bu atom ion holiga o ‘tishi natijasida turg‘un holatdagi o ‘zak elektronlarining o ‘zi qoladi; shu bilan birga, elektr manfiyligi katta bo’lgan elementning tashqi valent qobig‘ida 4—7 gacha elektronlari bo‘ladi va o ‘zga (boshqa) atom elektronlarini biriktirishi natijasida valent qobiq orbitallari to‘lgan holga o ‘tadi.

Ion bog’lanish xosssalari

  • Bir atomli ka­tionlar ishqoriy metallar uchun, bir atomli anionlar galogenlar uchun xosdir. Bunda metallmaslarning elektron qobiqlarining elektron konfiguratsiyasi davriy sistemada shu metallmaslardan keyin joylashgan nodir gazlar konfiguratsiyasiga, metallar esa tashqi valent qobig’idagi elektron­lari metallmaslarga o ‘tgandan keyin, davriy sistemada o ‘zlaridan oldin joylashgan nodir gazlar konfiguratsiyasiga ega bo‘lib qoladi. Aytib o ‘tilgan holatlarni Na va Cl atomlari orasidagi reaksiya natijasida NaCI molekula­sining hosil bo’lishida ko‘rib chiqamiz.

Na°(1s22s22p63s1) → Na+(1s22s22p6) Cl°( 1s22s22p63s23p5) → Cl –(1s22s22p63s23p6 )

  • Natriy atomining elektron konfiguratsiyasi 1s22s22p63s1 bo‘lib, yagona valent elektroni xlor atomiga o ‘tadi va natriy ionining elektron konfiguratsiyasi neon atomining konfi­guratsiyasi 1s22s22p6ga aylanadi. Xlor atomida elektron konfiguratsiya 1s22s22p63s23p5 dan argon atomining konfiguratsiyasi 1s22s22p63s23p6 ga o ‘tadi:
  • Natriyning 3s-elektroni xlorning Зр-orbitaliga o‘tishi natijasida odatda Na+ va Cl– zarrachalar hosil bo‘ladi, desak ham haqiqatda natriy atomining NEM ligi nolga teng bo‘lmagani sababli elektron zaryadi qisman xlordan natriyga tomon siljigan boladi va Na0.8+ va Cl0.8- holida bo‘lishi aniqlangan. Bunday kattalikdagi effektiv zaryadni biz ko‘pincha soddalashtirib Na+ va Cl– holida yozamiz.
  • Yuqori qatordagi xloridlaming uchtasi (CsCl, BaCl2, MgCl2)da ionli bog‘ hissasi ko’proq, ularning qolgan uchtasi (A1C13—BiCl3) da qutbli ko­valent bog‘ bo‘lsa, ikkinchi qatordagi ftoridlarning hammasida ionli bog‘ tabiati ustunroq bo’ladi.

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling