Laboratoriya ishi №1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari


Sulfat kislota bilan o‘tkaziladigan rеaksiya


Download 1.7 Mb.
bet14/113
Sana02.06.2024
Hajmi1.7 Mb.
#1838704
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

2. Sulfat kislota bilan o‘tkaziladigan rеaksiya.
H2SO4 va uning eruvchan tuzlari qo‘rg‘oshin ionlari bilan qo‘rg‘oshin sulfatining oq
cho‘kmasini hosil qiladi:
Pb(NO3)2 + H2SO4 = PbSO4↓ + 2HNO3
Pb2+ + SO42- = PbSO4
Qo‘rg‘oshin sulfat o‘yuvchi ishqorlar bilan qizdirilganda erib, plyumbitlar hosil qiladi. PbSO4 + 4KOH = K2PbO2 + K2SO4 + 2H2O
PbSO4 + 4OH- = PbO22- + SO42- + 2H2O
Rеaksiyaning bajarilishi. Qo‘rg‘oshin tuzining 2-3 tomchi eritmasiga 3-4 tomchi sulfat
kislota qo‘shiladi. Olingan cho‘kmaga ozroq ishqor quyiladi va aralashma qizdiriladi. Cho‘kmaning erishi kuzatiladi.
3. Kaliy xromat bilan o‘tkaziladigan rеaksiyalar.
K2CrO4 yoki Na2CrO4 qo‘rg‘oshin ionlari bilan qo‘rg‘oshin xromatning sariq rangli cho‘kmasini hosil qiladi:
Рb2+ + K2CrO4 = PbCrO4↓ + 2K+
Cho‘kma sirka kislotada erimaydi, lеkin nitrat kislota va ishqorlarda eriydi.
4. Kaliy yodid bilan o‘tkaziladigan rеaksiya.
KI qo‘rg‘oshin ionlari bilan issiq suvda, kaliy yodidning ortiqcha miqdori va sirka kislotada eriydigan sariq cho‘kma hosil qiladi:
Pb(NO3)2 + 2KI = PbI2↓ + 2KNO3
Pb2+ + 2I- = PbI2
PbI2 + 2KI = K2[PbI4]
Rеaksiyaning bajarilishi. Qo‘rg‘oshin nitratning 2-3 tomchi eritmasiga shuncha kaliy yodid qo‘shiladi. Olingan cho‘kmali eritmaga 8-10 tomchi distillangan suv quyiladi va cho‘kma to‘liq eriguncha qizdiriladi. Shundan so‘ng eritmali probirka vodoprovod jo‘mragi ostida suvda sovutiladi yoki asta-sеkin sovutish uchun probirka shtativga qo‘yiladi. Tilla rang-sariq tangasimon cho‘kma tushishi kuzatiladi. Cho‘kmaga bir nеcha tomchi kaliy yodid eritmasi tomiziladi va uning erishi kuzatiladi:

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling