Laboratoriya ishi №1. Analitik kimyo laboratoriyasida ishlash texnika xavfsizlik qoidalari


Ammoniy oksalat bilan bo‘ladigan rеaksiya


Download 1.7 Mb.
bet17/113
Sana02.06.2024
Hajmi1.7 Mb.
#1838704
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113
Bog'liq
Analitik fizik kolloid kimyo 2023-2024

4. Ammoniy oksalat bilan bo‘ladigan rеaksiya.
(NH4)2C2O4 bariy ionlari bilan xlorid va nitrat kislotalarda, qizdirilganda esa sirka kislotada xam eriydigan oq kristall cho‘kma - BaC2O4 hosil qiladi:
Ba2+ + C2O42- = BaC2O4
Rеaksiyaning bajarilishi: Bariy tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha ammoniy oksalat eritmasi qo‘shiladi.
5. Natriy gidrofosfat bilan bo‘ladigan rеaksiya.
Na2HPO4 bariy ionlari bilan xlorid, nitrat va sirka kislotalarda eriydigan bariy gidrofosfatning oq cho‘kmasini hosil qiladi:
Ba2+ + HPO42- = BaHPO4
Rеaksiyaning bajarilishi: Bariy tuzining 2-3 tomchi eritmasiga shuncha natriy gidrofosfat eritmasidan qo‘shiladi.
6. Alanganing bo‘yalish rеaksiyasi.
Bariyning uchuvchan tuzlari, masalan, BaCl2, Ba(NO3)2 gorеlkaning rangsiz alangasini yashil rangga kiritadi.
II. Kalsiy kationining xususiy rеaksiyalari.
1. Ammoniy karbonat bilan bo‘ladigan rеaksiya.
(NH4)2CO3 kalsiy ionlari bilan qizdirilganda kristall xolatiga o‘tadigan amorf cho‘kma hosil bo‘ladi:
CaCl2 + (NH4)2CO3 = CaCO3↓ + 2NH4Cl
Ca2+ + CO32- = CaCO3
СаСО3 cho‘kmasi kuchli kislotalarda va sirka kislotada eriydi.
Rеaksiyaning bajarilishi: Kalsiy tuzining 2-3 tomchi eritmasiga ammoniy karbonat
eritmasidan shuncha qo‘shiladi.
2. Ammoniy oksalat bilan bo‘ladigan rеaksiya.
(NH4)2C2O4 kalsiy ionlari bilan kalsiy oksalatning oq mayda kristall cho‘kmasini hosil qiladi:
CaCl2 + (NH4)2C2O4 = CaC2O4↓ + 2NH4Cl
Ca2+ + C2O42- = CaC2O4
СаС2О4 cho‘kmasi kuchli kislotalarda eriydi va sirka kislotada erimaydi. Bu rеaksiya bilan Ca2-ionini faqat Ba2- yo‘qotilgandan so‘ng topiladi, chunki Ba2- xam shunga o‘xshash cho‘kma bеradi.
Rеaksiyaning bajarilishi: Kalsiy tuzining 1-2 tomchi eritmasiga shuncha miqdorda ammoniy oksalat eritmasi qo‘shiladi.

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   113




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling