Laboratoriya ishi №1 Mavzu: Adobe Photoshop dasturida asboblar paneli bilan ishlash. Ishdan maqsad


Download 83.04 Kb.
Sana27.08.2023
Hajmi83.04 Kb.
#1670486

LABORATORIYA ISHI № 1


Mavzu: Adobe Photoshop dasturida asboblar paneli bilan ishlash.

Ishdan maqsad: Adobe Photoshop dasturida asboblar paneli bilan ishlashni o’rganish va dastur uskunalari bilan tanishish
Kutilayotgan natija: Talabalarda Adobe Photoshop dasturi bilan ishlash hamda asboblar panelini vazifalari ularning qo’llanilishi to’g’risida ko’nikmalar hosil qilinadi.
Amaliy ish jihozi: Kompyuter, Adobe Photoshop dasturi, tarqatma materiallar

Ish rejasi:
1. Adobe Photoshop dasturida asboblar paneli bilan ishlash.
2. Adobe Photoshop dasturida konturlar bilan ishlash.

Nazariy ma’lumotlar:
Har qanday signal (𝑡) vaqt funksiyasi hisoblanadi. Signallarni vaqt funksiyasi sifatida quyidagi turlarga ajratish qabul qilingan:

  • vaqt va sath bo‘yicha uzluksiz signal;

  • vaqt bo‘yicha diskret va sath bo‘yicha uzluksiz signal;

  • vaqt bo‘yicha uzluksiz va sath bo‘yicha diskret signal; – vaqt va sath bo‘yicha diskret signal.

Vaqt va sath bo‘yicha uzluksiz signallar vaqt bo‘yicha chegaralangan yoki chegaralanmagan bo‘lib, sathi ma’lum bir oraliqdagi qiymatlarni qabul qiladi (1.2a-rasm). Bunday signallarga mikrofon, temperatura o‘lchagich, bosim o‘lchagich va boshqa shunga o‘xshash asboblar chiqishidagi signal misol bo‘ladi. Bu signallar fizik kattaliklarning elektrik modellari bo‘lganligi, unga mos ravishda o‘zgargani uchun bunday signallar “analog” (o‘xshash, mos) signallar deb ataladi. 1.2b-rasmda keltirilgan signallar vaqt bo‘yicha diskret 𝑡 = 𝑘∆𝑡 (∆𝑡 – diskret vaqt oralig‘i bir xil qiymatli va turlicha bo‘lishi mumkin) va sath bo‘yicha ma’lum bir oraliqdagi har qanday qiymatlarga teng bo‘lishi mumkin. Bunday signallarni uzluksiz signallarning har bir ∆𝑡 vaqt oralig‘ida qiymatlarini belgilash orqali olish mumkin. Bu jarayon vaqt bo‘yicha diskretlash deb ataladi. Odatda diskretlash oralig‘i ∆𝑡 bir xil qilib, uzluksiz signalni uning vaqt bo‘yicha diskret oniy qiymatlari orqali qayta tiklash aniqligiga bo‘lgan talabga asosan tanlanadi.
1.2d-rasmda keltirilgan uchinchi tur signallar sath bo‘yicha diskretlangan – kvantlangan bo‘lib, u 𝑘∆𝑡 yoki ma’lum bir uzluksiz vaqt 𝑡 da ma’lum bir diskret qiymatga ega bo‘ladi. Kvantlash natijasida signal sathining oniy qiymati unga eng yaqin bo‘lgan, ruxsat etilgan sath qiymati bilan almashtiriladi. Natijada, zinasimon signal hosil bo‘ladi.

0 t 0 t1 t2 t3 t4 t5 t6 t7 t
a) b)

0 t 0 t1 t2 t3 t4 t5 t6 t7 t
d) e)
1.2-rasm. Signallarning turlari: a) – uzluksiz signal; b) – diskret signal;
d) – kvantlangan signal; e) – vaqt va sath bo‘yicha diskret signal (raqamli signal).
Kvantlash oralig‘i (qadami) bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. Ikki eng yaqin ruxsat etilgan oraliq kvantlash oralig‘i (qadami) deb ataladi va odatda ∆𝑈 bilan belgilanadi. Kvantlash oralig‘i bir xil yoki turlicha qilib tanlanishi mumkin. Kvantlash oralig‘i bir xil bo‘lgan signalni qayta tiklashda yuzaga keladigan absolyut xatolik ∆𝑈/2 ga teng bo‘ladi. Ma’lum bir davomiylikka ega bo‘lgan uzluksiz signalni kvantlash natijasida hosil bo‘ladigan xatolikning o‘rtacha kvadratik qiymati ∆𝑈/12 ga teng bo‘ladi. Odatda ∆𝑈 – uzluksiz signalni uning kvantlangan qiymatlari asosida qayta tiklash aniqligiga bo‘lgan talabga asosan tanlanadi. To‘rtinchi tur signallar (1.2e-rasm) ma’lum diskret vaqt 𝑘∆𝑡 larda (𝑘 = 0, 1, 2, … , 𝑛) ma’lum bir diskret qiymatni qabul qiladi. Bunday signallar uzluksiz signallarni vaqt bo‘yicha diskretlash va sath bo‘yicha kvantlash natijasida olinadi. Vaqt va sath bo‘yicha diskret signalning qiymati kvantlash oralig‘i ∆𝑈 ga bog‘liq bo‘lib, kvantlash natijasida umumiy holda ruxsat etilgan 𝑁 ta oniy qiymatlardan birini qabul qiladi. Kvantlangan signal sathini ketma-ket butun sonlar bilan belgilab, bu sonlarni odatda ikkilik signal 1 va 0 lardan iborat signal bilan almashtirib, aloqa kanali orqali modulyatsiyalangan radiosignal orqali uzatiladi. Kvantlangan signalning oniy qiymatlarini diskret elementar signallar (odatda 1 va 0) bilan almashtirish natijasida hosil bo‘lgan signal raqamli signal deb ataladi. Vaqt funksiyasi bo‘lgan signal (𝑡) haqiqiy yoki kompleks qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Shuning uchun signallarning haqiqiy va kompleks matematik modellari mavjud. Signallar determinant (o‘zgarish qonuniyati avvaldan ma’lum) va tasodifiy (o‘zgarish qonuniyati avvaldan ma’lum emas) bo‘lgan turlarga bo‘linadi. Har qanday 𝑡 yoki 𝑘∆𝑡 vaqtda qiymatlari avvaldan birga teng ehtimollik bilan ma’lum bo‘lgan signallar determinant signallar deb ataladi. Har qanday 𝑡 yoki 𝑘∆𝑡 vaqtda qiymatlarini avvaldan birga teng ehtimollik bilan aniqlab bo‘lmaydigan signallar tasodifiy signallar deb ataladi. Axborot tashuvchi hamma signallar tasodifiy signallar hisoblanadi. O‘zgarish qonuni avvaldan ma’lum bo‘lgan signallar hech qanday axborot tashish (eltish) imkoniyatiga ega emas. U go‘yoki hech bir yozuvi yoki belgisi bo‘lmagan oq qog‘oz kabidir. Determinant signallarni aloqa kanali orqali uzatmasdan qabullash tomonida shakllantirish mumkin.
Determinant signallardan turli radiotexnik funksional qism, qurilma va tizimlarni sinovdan o‘tkazishda foydalaniladi. Ulardan turli chiziqli, nochiziqli va parametrik radiotexnik zanjirlarni tahlil etishda, tadqiqot ishlari olib borishda foydalaniladi. Odatda determinant signallar sifatida birlik sakrash impulsi, sinusoidal signallardan, delta funksiya signali (𝑡), to‘rtburchaksimon va boshqa ko‘rinishda bo‘lgan signallardan foydalaniladi.
Nazorat savollari:
1.
2.
3.
Adabiyotlar ro’yxati:
1. M.Mamarajabov, S.Tursunov. Kompyuter grafikasi va Web dizayn. Darslik. T.: “Cho‘lpon”, 2013 y.
2. U.Yuldashev, M.Mamarajabov, S.Tursunov. Pedagogik Web dizayn. O‘quv qo‘llanma. T.: “Voris”, 2013 y.
3. John M. Blain Adobe Photoshop CS6 Tutorial A K Peters/CRC Press. USA, 2016.
http://fayllar.org
Download 83.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling