Laboratoriya ishi №1 Mavzu: Iqtisodiyotda foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar Ishning maqsadi
Download 0.51 Mb. Pdf ko'rish
|
1-Laboratoriya Informatika
- Bu sahifa navigatsiya:
- - yorliqlar va papka
- WINDOWS XP operatsion tizimining ish stoli va uning yorliqlari
Nazariy qism: Windows 95, 98, 2000, NT va XP – bularning barchasi grafikli operatsion tizimlardir. DOS operatsion tizimidan farqli ravishda Windows bir vaqtning o`zida bir necha dasturlarda ishlash imkonini beradi va bir dasturdan boshqasiga tez o`tishni taminlaydi. Windows muhitida ishlashda DOS dasturidan va komandalaridan voz kechish, undan tashqari DOS dasturlariga o`tish uchun Windowsdan tashqari shart emas. Dasturlarda ma‘lumotlarni almashuvi uchun Windows bir necha uslublarni taklif etadi, shulardan biri: Ma‘lumotlar almashuv buferi (clipboard) – bir dastur bu buferga ma‘lumotlarni saqlasa, ikkinchisi buferdagi shu ma‘lumotlardan foydalanadi (masalan, matnga buferdagi ma‘lumotni qo`yish mumkin). Shriftlar masshtabini (miqyosini) qo`llash. Matn, hujjat, reklama ishlari va jadvallar tuzishda foydalanuvchi ko`pgina xar xil shrift va bu shriftlarning turli kattaliklaridan (hajmidan) foydalanadi. Shuning uchun Windows muhitida xar xil shrift va ularning kattaliklarini qo`llab-quvvatlash True (Type) formati o`rnatilgan. Ya‘ni foydalanuvchi istalgan shrift va uning kattaligidan (standart bo`yicha eng kichigi 8, eng kattasi 72 ) foydalana oladi.
Foydalanuvchining yagona
interfeysi. Windows
muhitida foydalanuvchining yagona interfeysi qo`llaniladi, ya‘ni ko`pgina dasturlarda, dastur belgilari va tugmalari bir xil ishlaydi. (masalan: oynalarni urash, miyyorda tiklash, yoyish, yopish, fayllarni xotiraga olish, nusxasini olish, bosmaga olish va hakozolar). Windows 3.1, Windows 3.11 va umuman Windows 3.x grafikli qobiq dasturlari DOSning buyruqlar satriga win buyrug`ini berish orqali yuklanadi. Windows 95, Windows 98, Windows 2000 va Windows XP operatsion tizimlari kompyuterni ishga tushirganimizda avtomatik ravishda yuklanadi. Ayrim xollarda Windows operatsion tizimi yuklangandan so`ng NC qobiq dasturi kompyuter ekraniga yuklanishi mumkin. Bunday xolda F10 va Enter klavishalarini ketma - ket bosib NC dasturidan tashqari lozim bo`ladi. Windows operatsion tizimining yuklanish jarayoni kompyuterga o`rnatilgan tizimning versiyasiga ko`ra va kompyuterdan foydalanuvchilar soni, kompyuter tarmoqqa qo`shilgan yoki qo`shilmaganligiga qarab xar xil bo`lishi mumkin, ya‘ni tizimning ko`pkina versiyalarida Windows muhiti yuklanishidan oldin foydalanuvchi nomi va maxfiy so`z (parol) kiritilishi talab qilinsa, ayrim xollarda tizim darxol yuklanadi. Windows muhiti yuklanganda kompyuter ekranga Windowsning ishchi stoli (Рабочий стол) deb ataluvchi ekran ko`rinishi chiqadi. Ish stolda quyidagi ob‘ektlar mavjud bo’ladi: 1 - yorliqlar va papka - har xil dasturlar, papkalar va fayllar belgilari, ular yordamida shu dasturlar ishga tushiriladi yoki shu papka va fayllar ochiladi. 2 – pusk menyusi - (windows ning asosiy buyruqlari joylashgan menyusi, ular yordamida Windows ustidan har xil amallarni bajarishimiz mumkin. 3 – tez yuklash qatori – har xil dasturlarni tez yuklash imkonini beradi. 4 – vazifalar qatori – aktiv dasturlar va fayllar nomlarni ko’rsatuvchi tugmalar joylashadi va ulardan yordamida bittasidan boshqasiga tezkor o’tish ta‘minlanadi. 5 – ko’rsatkichlar sohasi – vaqt va kun haqida ma‘lumotlar, klaviatura til standarti, tovush balandligi, printer, ekran va boshqa qurilmalar hamda har xil dastur belgilari joylashadi, ular yordamida shu qurilmalar xususiyatlarini yoki shu dasturlar ishlash holatlarini o’zgartirishimiz mumkin Windows dasturida hamma dastur, papka va fayllar aloxida o`zining oynasida bajariladi. Oyna - bu ekranning chegaralgan to`rtburchak soha. WINDOWS XP operatsion tizimining ish stoli va uning yorliqlari WINDOWS ish stolida papka yorliqlar va har xil maxsus belgilar joylashadi. PAPKA – bu so’z bilan nomlangan diskdagi ma‘lumotlar sohasi, uning ichida boshqa papka va fayllar joylanishi mumkin. Bu sohada fayl va boshqa papkalar saqlanishi mumkin. YORLIQ – bu diskda joylashgan fayl yoki dasturgacha yo’llanma. Bu yo’llanmaga sichqoncha bilan ikkitali bosish yordamida kirsak, kompyuter yo’llanmaga mos fayl yoki dasturni ochib beradi. Bitta fayl yoki dastur bir nechta yorliqlarga ega bo’lishi mumkin. Maxsus yoki ish stolninng asosiy papkalar – bu Windows dastur ustidan har xil amallarni bajaruvchi maxsus dasturlarga yo’llanma. Ular quyidagicha: Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling