Laboratoriya ishi №1 Mavzu: Laboratoriya mashg‘ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish. (2- soat)


Download 411.01 Kb.
bet1/25
Sana01.11.2023
Hajmi411.01 Kb.
#1738563
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
Кўрсатма Лабаратория


Laboratoriya ishi № 1


Mavzu: Laboratoriya mashg‘ulot darsiga kirish va laboratoriya texnikasi bilan tanishtirish. (2- soat)
Dars maqsadi: Talabalarni laboratoriya texnikasi xavfsizligi qoidalari bilan tanishtirish


Asosiy tushunchalar: Laboratoriya darslarida talabalarni texnik qonun qoidalar bilan tanishtirish. Asbob uskunalar va reaktivlar bilan ishlashni o‘rganish.
Eslatma: Laboratoiyada ishlash jarayonida oq xalatda bo‘lish zarur!!!
Kimyoviy reaktivlarni joylashtirish va saqlash tartibi:
a) yonuvchi moddalar (natriy, kalsiy, kalsiy karbid, rux, alyuminiy, oltingugurt, temir, temir sulfid chang formalarda), uchuvchi yonuvchi suyuqliklar (dietil efir, atseton, benzin, spirt, benzol va boshqalar) og‘zi yopiq shisha idishlarda, havoda oksidlanuvchi metallar (ishqoriy metallar, lantanoid va aktanoid) kerosin, benzol yoki vazelin yog‘i solingan shisha idishlarda qulflanadigan jovonda saqlanadi;
b) boshqa moddalar bilan aralashganda yong‘in hosil qiluvchi (brom, konsentratlangan azot va oltingugurt kislotalari, kaliy permanganati va boshqalar) va zaxarli (natriy ftorid, temir geksatsianidi, brom, kristalli yod, kaliy geksatsianoferrat (II), kaliy geksatsianoferrat (III), to‘rtxlorli uglerod, xloroform, metil xlorid, anilin) moddalar og‘zi berk shisha idishlarda, eshiklari zich yopiladigan seyflarda saqlanadi;
v) joylashtirish va saqlashda maxsus qoidalarga rioya qilinishi talab qilinmaydigan reaktivlar (organik va noorganik reaktivlarning katta qismi) jovon polkalariga joylashtiriladi;
g) yuqori konsentratsiyali kislotalar va ammiak (25%) eritmalari og‘zi yopiq shisha idishlarda yorug‘lik tushmaydigan quruq joylarda saqlanadi;
d) brom qumli metall bankaga solingan, og‘zi priter tiqin bilan zichlangan shisha idishda saqlanadi;
e) tuz va asoslarning eritmalari maxsus shisha idishlarda reaktivlar uchun ajratilgan joyda saqlanadi;
j) nitratlar alohida jovon tokchalarida portlovchi aralashma hosil qilishi mumkin bo‘lgan reaktivlardan uzoqroqda saqlanishi shart.

Download 411.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling