Hodisaning nisbiy chastotasi deb, hodisa ro’y bergan sinashlar sonining aslida o’tkazilgan jami sinashlar soniga nisbatiga aytiladi va quyidagi formula bilan aniqlanadi:
bu yerda m-hodisaning ro’y berish soni, n-sinashlarning jami soni.
O‘lchovli biror soha berilgan bo‘lib, u D sohani o‘z ichiga olsin. sohaga tavakkaliga tashlangan X nuqtani D sohaga tushishi ehtimolligini hisoblash masalasini ko‘ramiz. Bu yerda X nuqtaning sohaga tushishi muqarrar va D sohaga tushishi tasodifiy hodisa bo‘ladi. -X nuqtaning D sohaga tushishi hodisasi bo‘lsin.
hodisaning geometrik ehtimolligi deb, D soha o‘lchovini soha o‘lchoviga nisbatiga aytiladi, ya’ni
,
bu yerda mes orqali uzunlik, yuza, hajm belgilangan.
2-misol. (Uchrashuv haqida)
Ikki do‘st soat 9 bilan 10 orasida uchrashishga kelishishdi. Birinchi kelgan kishi do‘stini 15 daqiqa davomida kutishini, agar shu vaqt mobaynida do‘sti kelmasa u ketishi mumkinligini shartlashib olishdi. Agar ular soat 9 bilan 10 orasida ixtiyoriy momentda kelishlari mumkin bo‘lsa, bu ikki do‘stning uchrashishi ehtimolini toping.
15
60
A
Birinchi kishi kelgan momentni x, ikkinchisinikini y bo‘lsin: , U holda ularning uchrashishlari uchun tengsizlik bajarilishi kerak.
Demak, , . x va y larni Dekart koordinatalar tekisligida tasvirlaymiz(8-rasm).
U holda
.
Do'stlaringiz bilan baham: |