Laboratoriya ishi №1 Mavzu


Download 0.52 Mb.
bet3/4
Sana13.12.2020
Hajmi0.52 Mb.
#165783
1   2   3   4
Bog'liq
1-Laboratoriya ishi


Modem (Modem) – kompyuter tarmoqlarida modemlar raqamli shaklda berilgan kompyuter ma’lumotlarini analog telefon liniyalari bo’ylab uzatishda sihlatiladi. Modemning shartli belgisi 1.12-rasmda ko’rsatilgan. Cisco Packet Tracerda modemning raqamli abonent liniyalari uchun (DSL-Modem) va kabelli modem (Cable-modem) modellari mavjud.

1.12-rasm. Modemning shartli belgisi.



Frame relay texnologiyasi bo’yicha qurilgan tashqi tarmoqqa ulanishni belgilash uchun 1.13-rasmda ko’rsatilgan bulut shaklidagi belgi ishlatiladi.

1.13-rasm. Frame relay texnologiyasi bo’yicha qurilgan tashqi tarmoq.



Laboratoriya ishini bajarish bo’yicha uslubiy ko’rsatma

Cisco packet Tracer dasturi asosida tarmoq modelini qurishni biz konsentratorga yoki kommutatorga ulangan bir nechta kompyuterlardan iborat uncha katta bo’lmagan lokal tarmoq bilan boshlaymiz.



1.1 Ikki kompyuterdan iborat oddiy tarmoq.

Eng soda lokal tarmoqni ikki kompyuterning Ehernet prtlarini kesishgan UTP kabeli yordamida to’g’ridan-to’g’ri ulash orqali hosil qilish mumkin (1.14-rasm). Odatda bunday tarmoqlari vaqtinchalik yaratilib – bir kompyuterdan ikkinchisiga katta hajmli ma’lumotlarni tezkorlik bilan uzatish maqsadida foydalaniladi.



1.14-rasm. Ikki kompyuterni kesishgan kabel yordamida bog’lash.



1.1.1 Kompyuterlarni to’gridan-tog’ri ulash

Ushbu topshiriqda sizdan tavsiflangan yo’llar bilan kompyuterlarni to’g’ridan to’g’ri bog’lab oddiy lokal tarmoq modelini qurish talab etiladi, masalan, 1.15-rasmda tasvirlangandek – shaxsiy kompyuter va server.



Quyidagi amaliyotlarni bajaring:

  • Cisco Packet Tracer dasturini yuklang.

  • Tarmoqqa birlashtirish kerak bo’lgan qurilmalarni CPT ishchi sohasiga joylashtiring:

  • End Devices (oxirgi qurilmalar) guruhini sichqoncha chap tugmasi orqali tanlang.

  • End Devices guruhidan PC-PT (shaxsiy kompyuter namunasi) qurilasmini sichqoncha tugmasini chertish orqali tanlang. Sichqoncha kursorini ishchi sohaning qurilmani joylashtirmoqchi bo’lgan joyingizga o’rnating va yana sichqoncha chap tugmasini cherting.

  • End Devices guruhidan Server-PT (server namunasi) tanlang va uni ham ishchi sohaga joylashtiring

  • Ishchi maydonga joylashtirilgan qurilmalarni bir biri bilan bog’lang:

  • Connections (bog’lanish) guruhini tanlang.

  • Connections guruhidan Automatically Choose Connection Type (bog’lanish turini avtomatik tanlash) piktogramasini sichqoncha chap tugmasi orqali chertib, qurilmalarni 1.14-rasmda ko’rsatilgandek bog’lang, dastlab sichqoncha chap tugmasi orqali birinchisi, so’ng ikkichisi tanlanadi.

  • PC0 kompyuterini sozlang:

  • Ishchi sohadan sichqoncha chap tugmasini kompyuter piktogrammasiga chertish orqali PC0 shaxsiy kompyuterini tanlang, shundan so’ng ekranda tanlangan qurilma parametrlarini sozlash oynasi hosil bo’ladi.

  • Shaxsiy kompyuterda Ethernet-bog’lanish parametrlarini sozlash uchun Config bo’limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing.

  • FastEthernet bog’lanishi uchun Static punktiga belgi qo’yib, statik IP konfiguratsiyalarini tanlang, 192.168.1.1 manzil va 255.255.255.0 niqobni belgilang (1.15-rasm).

  • PC0 shaxsiy kompyuter parametrlari oynasini yoping.

1.15-rasm. PC0 kompyuterida FastEthernet interfeysi parametrlarini sozlash.



  • Server0 serverini sozlang:

  • Ishchi sohadan sichqoncha chap tugmasini server piktogrammasiga chertish orqali Server0 serverini tanlang, shundan so’ng ekranda tanlangan qurilma parametrlarini sozlash oynasi hosil bo’ladi.

  • Server0 oynasidan Config bo’limini tanlang va FastEthernet tugmasini bosing.

  • FastEthernet bog’lanishi uchun statik IP konfiguratsiyasini tanlang, 192.168.1.2 manzil va 255.255.255.0 niqobni belgilang (1.15-rasm).

  • Server0 oynasini yoping.

  • Qurilma parametrlari sozlamalari to’g’riligini nazorat qiling:

  • “Kattalashtiruvchi lupa” uskunasini tanlash uchun o’ng tomondagi uskunalar panelidan Inspect tugmasini bosing.

  • Lupani PC0 usiga olib boring vas hu holatda bir necha sekund ushlab turing. Shundan so’ng ekranda kompyuter IP-manzilini aks ettirivchi oyna hosil bo’ladi.

  • Lupani Server0 usiga olib boring va shu holatda bir necha sekund ushlab turing. Shundan so’ng ekranda server IP-manzilini aks ettirivchi oyna hosil bo’ladi.

  • O’ng tomondagi uskunalar panelidan Select tugmasini bosib, qurilmalarni tanlash rejimiga o’ting.

  • Bog’lanish kabellar oxiridagi indikator-nuqtalarning holatini tekshiring. Bu nuqtalar tarmoq adapterining yorug’lik diodlari ishini akslantiradi, agar kompyuter va server o’trasida bog’lanish o’rnatilgan bo’lsa ular yashil rangda bo’ladi. Agar kabel oxiridagi nuqtalar qizil rangda bo’lsa, demak bog’lanish mavjud emas va tarmoq adapterlari parametrlarining sozlamalari to’g’riligini tekshirish lozim bo’ladi.

  • Ishchi sohadan PC0 shaxsiy kompyuterini sichqoncha chap tugmasi yordamida tanlang.

  • Tarmoq holatini TCP/IP protokollari steki diagnostic utilitasi yordamida tekshiring.

  • PC0 oynasida Desktop bo’limiga o’ting.

  • Desktop bo’limidan Command Prompt tugmasini bosing.

  • ping 192.168.1.2 buyrug’ini kiriting va uning bajarilish natijasini ko’ring.

  • tracert 192.168.1.2 buyrug’ini kiriting va uning bajarilish natijasini ko’ring (1.16-rasm).

  • Command Prompt oynasini yoping.

  • Serverda joylashgan axborotlarga kirish mavjudligini tekshiring.

  • Desktop bo’limida Web Browser tugmasini bosing, natijada Internet brauzer ishini tasvirlovchi oyna ochiladi.

  • URL maydoniga http://192.168.1.2 server IP-manzilini kiriting va Go tugmasini bosing. Javob tariqasida server uning modelida belgilangan tarzda xabar yuborishi shart (1.17-rasm).

  • Web Browser oynasini yoping.

1.15-rasm. Ping va tracert buyruqlarining bajarilish natijalari.



  • PC0 oynasini yoping.

  • Fayl menyusidan Save bo’limini tanlang va tarmoq modelini faylga net_1_1_1 nomi bilan saqlang.

  • CPT ishini dastur asosiy oynasini yopish orqali tugating.

1.16-rasm. Server0 Internet sahifasining PC brauzerida aks etilishi.



Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling