Laboratoriya ishi №1. Meva-uzum va sabzavotlarni saqlashga joylashtirishda talab etiladigan doimiy omborlar maydonini hisoblash
Download 13.35 Kb.
|
Laboratoriya ishi №1.
Laboratoriya ishi №1. Meva-uzum va sabzavotlarni saqlashga joylashtirishda talab etiladigan doimiy omborlar maydonini hisoblash Mashg'ulotning maqsadi: Talabalarga meva, kartoshka va sabzavotlarni doimiy omborlarda saqlash tartibi bilan tanishtirish. Mahsulot turi, mikroi, saqlash davomiyligi va saqlanish usuliga ko’ra talab etiladigan omborlar maydonini hisoblashga o’rgatish. Jixoz va materiallar: 1. mahsulotlarning standarti (texnik shartlari); 2. omborxonalar loyihasi; 3. omborxonalar kartasi; 4. kal`kulyator, xom ashyo; 5. jadval ma'lumotlari; 6. adabiyot malumotlari. 1-vazifa. Quyidagi saqlash texnologiyasiga asosan 600 tonna karamni saqlashga mo’ljallangan ombor maydonini hisoblang: a) Tabiiy shamollatiladigan omborda alohida moslamalarda (shtabel) saqlash. Moslamaning balandligi 0,8 m, eni 1,2 m, uzunligi 3 m. Karamni hajm og’irligi – 1 m3 ga 400-500 kg mahsulot ketadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. b) 600 tonna karamni 3 qavatli tokchali majburiy shamollatiladigan omborda saqlash. Moslamaning (shtabel) balandligi 0,8 m, eni 1,2 m, uzunligi 3,0 m. Omborning foydalanish koeffisienti 76%. Ishlash tartibi: 1. Bir moslamaning maydoni qancha? (eni) 1,2 m x (bo`yi) 3 m = 3,6 m2 2. Bir moslamaning hajmi qancha? 3,6 m2 x 0,8 m = 2,88 m3 3. Bir moslamaga qancha mahsulot ketadi? 1 m3 - 400 kg (0,4 tonna) 2,88 m3 - X X = 0,4 tonna x 2,88 m3 : 1 m3 = 1,152 tonna 4. 600 tonna karamni joylashtirish uchun nechta moslama kerak? 600 tonna : 1.152 tonna = 504 ta moslama. 5. 600 tonna karam joylashtirish uchun qancha foydali maydon kerak? 3,6 m2 x 504 dona moslama = 1814,4 m2 6. Foydali maydon yoki ombor maydonining foydalanish koifsenti. 1814,4 m2 - 85 % X - 100 % X = 1814,4 m2 x 100 % / 85 % = 2185,7 m2 2-vazifa. Quyidagi saqlash texnologiyasi bo’yicha 600 tonna piyozni saqlash uchun ombor maydonini hisoblang: Majburiy shamollatiladigan 4 qavatli tokchalarda piyozni joylash, balandligi 0,4 m, eni 1,8 m, bo’yi 3 m. Piyozning hajm birligi 1 m3 ga 560-580 kg mahsulot ketadi. Omborning, foydalanish koeffisienti 75%. 3-vazifa. Tabiiy shamollatiladigan 1500 tonna kartoshkani xirmon usulida saqlashda doimiy ombor maydonini hisoblash. Xirmon balandligi 1,2 m, eni 3 m, uzunligi 8 m. Kartoshkaning hajm birligi 1 m3 ga 650-700 kg mahsulot ketadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. 4-vazifa. 200 tonna qishki olma mevalarini sovutiladigan omborlarga uzoq muddat saqlash uchun joylashtirishda zarur bo’ladigan yashiklar, tagliklar va ombor maydonini hisoblash. Bunda olma saqlanadigan №3 nomi bilan ataluvchi yashikning (3.2-rasm) sig’imi 25 kg. Yashikning uzunligi 1,2 m, eni 0,8 m. Yashiklarni taxlash balandligi 3-4 m, ya’ni bitta taglika 16-20 dona yashik taxlanadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. 5-vazifa. Faol shamollatiladigan va sovutiladigan doimiy omborlarda 400 tonna qishki olma mevalarini uzoq muddat saqlash uchun zarur bo`ladigan konteynerlar va ombor maydonini hisoblash. Bunda olma saqlanadigan konteynerning (3-rasm) sig`imi 250 kg. Konteynerning uzunligi 0,9 m, eni 0,6 m. Konteynerlar 2 qavat qilib taxlanadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85%. 6-vazifa. 300 tonna uzumni sovutiladigan omborlarda saqlash uchun joylashtirishda talab etiladigan yashiklar, tagliklar va ombor maydonini hisoblash. Bunda uzum saqlanadigan №1 yashikning sig`imi 8 kg, uzunligi 1,2 m, eni 0,8 m. Yashiklarni taxlash balandligi 3-4 m, ya`ni bitta taglika 16-20 dona yashik taxlanadi. Omborning foydalanish koeffisienti 85% (Q5, X1, X3). O’zlashtirish uchun savollar: 1. Kartoshka, karam, piyozning oziq-ovqat sifatidagi ahamiyati va bu sabzavotlarning kimyoviy tarkibi. 2. Meva va sabzavotlarni doimiy omborlarga joylashtirishda qaysi uslublar keng tarqalgan? 3. Kartoshka, karam, piyozni saqlanayotgan asosiy davrda qo’llaniladigan eng yaxshi issiqlik va havoning namligi qanday bo’lishi kerak? 4. Mevalarni yashiklarda saqlashda tagliklar qo’llashning qanday ahamiyati bor? Download 13.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling