Vaqtinchalik omborlar xandak va uyumlar maydonini hisoblash
Download 42.24 Kb.
|
Vaqtinchalik omborlar xandak va uyumlar maydonini hisoblash
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilishda ombor xo‘jaligi
Vaqtinchalik omborlar xandak va uyumlar maydonini hisoblash Reja: Barcha turdagi omborlarning maydoni unda saqlanuvchi materiallarning miqdoriga ko‘ra hisoblash Omborda saqlanishi lozim bo‘lgan material va konstruksiyalar miqdorini hisoblash Vaqtinchalik binolarni hisoblash jadvali Qurilishda ombor xo‘jaligi Qurilishda ombor xo‘jaligini to‘g‘ri tashkil qilish ishlab-chiqarish rejalarini o‘z vaqtida bajarish uchun zamin hozirlaydi. Qurilish uchun zarur bo‘lgan materiallar, konstruksiya va qismlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonalardan tashib keltirib ishlatish usuli ham mavjud. Lekin bunda ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra (transport vositasining buzilib qolishi, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarning oqibatida o‘z vaqtida konstruksiyalarni transport vositasiga yuklash imkoniyatlari bo‘lmay qolishi va h.k.) qurilish materiallari va konstruksiyalari ko‘rsatilgan vaqtda qurilish ob’ektiga tashib keltirilmay qolishi mumkin. Bunda qurilishdagi ishchilar ma’lum muddatda rejalashtirgan ishlarini bajarish imkoniyatini yo‘qotishlari va qurilish uzluksizligiga putur etish ehtimoli vujudga keladi. Bunday hollarning oldini olish maqsadida, qisman qo‘shimcha sarf-xarajatlarga olib kelishiga qaramay, asosiy qurilish materiallari va konstruksiyalarini bir necha kun oldin qurilish maydonchasiga tashib keltiriladi va u erda ombor xo‘jaligi tashkil qilinadi. Qurilish maydonidagi ombor xo‘jaligini loyihalashda quyidagi 3 turdagi omborlar ko‘zda tutiladi: ochiq ombor maydonlari, yopiq omborxonalar va yarim ochiq omborlar (shiyponlar). O‘lchamlari katta bo‘lmagan asbob-uskunalar, bo‘yoqlar, linoleum, oynalar, maxsus kiyim-bosh va poyafzallar, mix, elektrod va shunga o‘xshashlarni saqlash uchun kamida 60,0 m2 foydali maydonga ega bo‘lgan yopiq omborxonlar ko‘zda tutilishi zarur. SHifer, qoraqog‘oz, bitum, yog‘och-taxta, eshik-deraza, armatura, sement, gips kabi materiallar yarim ochiq omborlarda saqlanadi. Temir-beton konstruksiyalar, g‘isht, shag‘al kabi ochiq joyda saqlanishi mumkin bo‘lgan konstruksiya va materiallar uchun ochiq ombor maydonlari loyihalanadi. Barcha turdagi omborlarning maydoni unda saqlanuvchi materiallarning miqdoriga ko‘ra hisoblab topiladi: Download 42.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling