Vaqtinchalik omborlar xandak va uyumlar maydonini hisoblash


Download 431.8 Kb.
Sana23.11.2023
Hajmi431.8 Kb.
#1795832
Bog'liq
Vaqtinchalik omborlar xandak va uyumlar maydonini hisoblash

Vaqtinchalik omborlar xandak va uyumlar maydonini hisoblash

Qurilishda ombor xo‘jaligi Qurilishda ombor xo‘jaligini to‘g‘ri tashkil qilish ishlab-chiqarish rejalarini o‘z vaqtida bajarish uchun zamin hozirlaydi. Qurilish uchun zarur bo‘lgan materiallar, konstruksiya va qismlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri korxonalardan tashib keltirib ishlatish usuli ham mavjud. Lekin bunda ko‘zda tutilmagan sabablarga ko‘ra (transport vositasining buzilib qolishi, elektr energiyasi ta’minotidagi uzilishlarning oqibatida o‘z vaqtida konstruksiyalarni transport vositasiga yuklash imkoniyatlari bo‘lmay qolishi va h.k.) qurilish materiallari va konstruksiyalari ko‘rsatilgan vaqtda qurilish ob’ektiga tashib keltirilmay qolishi mumkin. Bunda qurilishdagi ishchilar ma’lum muddatda rejalashtirgan ishlarini bajarish imkoniyatini yo‘qotishlari va qurilish uzluksizligiga putur etish ehtimoli vujudga keladi. Bunday hollarning oldini olish maqsadida, qisman qo‘shimcha sarf-xarajatlarga olib kelishiga qaramay, asosiy qurilish materiallari va konstruksiyalarini bir necha kun oldin qurilish maydonchasiga tashib keltiriladi va u erda ombor xo‘jaligi tashkil qilinadi.

Qurilish ishlab chiqarishini to‘g‘ri tashkil etishda ishchi-xizmatchilarning qurilishda bo‘ladigan madaniy-maishiy ehtiyojlarini talab darajasida qondirish masalalariga ham alohida e’tibor bilan qarash zarur. CHunki ishchining echinib-kiyinishi, toza kiyimlarini ozoda joylarda saqlashi, ovqatlanishi va dam olish xonalarining bo‘lishi ularning ruhiyatiga, sog‘lig‘iga va mehnat faoliyatiga (ish unumiga) ijobiy ta’sir qiladi. Qurilish ishlab chiqarishi uchun zarur bo‘lgan vaqtinchalik inshootlarning (qorishma sexlari, ustaxonalar, suvoqchilik stansiyalari, tosh qirqish dastgohlari va boshqalar) to‘g‘ri loyihalanishi va joylashtirilishi muhim ahamiyatga ega.

Vaqtinchalik bino va inshootlar qurilish davri uchungina zarur bo‘lganligi uchun ularni loyihalashda ortiqcha chiqimga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Vaqtinchalik yordamchi binolarni shartli ravishda 3 guruhga ajratish mumkin: a) xizmat binolari, boshqarma, ish yurituvchi xonasi, dispetcher xonasi, qorovulxona; b) madaniy - maishiy maqsadlardagi binolar: kiyimxona, yuvinish xonasi, ovqatlanish xonasi, cho‘milish xonasi, isinish xonasi, tibbiy xizmat ko‘rsatish xonasi, kiyim quritish xonasi, dam olish xonasi; v) yordamchi ishlab chiqarish bino va inshootlari: vaqtinchalik ustaxonalar, qorishma uzellari, suvoq va bo‘yoq stansiyalari, elektrostansiya, nasos va issiqlik stansiyalari. Vaqtinchalik binolarni loyihalash ularning turi, soni va maydonini aniqlashdan iborat. Buning uchun qurilishda ishtirok etuvchilarining umumiy soni asos qilib olinadi:

Xonaning maydoni to'g'ri shakl Aytaylik, xonangizning qavati to'g'ri shaklga ega: to'rtburchaklar yoki kvadrat. Siz natijalarni daftarga yozib, tinchlik bilan har tomonning uzunligini o'lchadingiz. Endi siz hisob-kitoblarni boshlashingiz mumkin. Kvadrat maydonni formuladan qidirib toping: tomoni yon tomonga ko'paytiriladi. To'rtburchak maydoni formulasi: kichik tomonni kattaroq tomonga ko'paytiring. Agar sizning xonangiz kvadrat yoki to'rtburchaklar shaklida ekanligini ko'rsangiz ham, baribir ikkalasini emas, balki barcha tomonlarini o'lchang! To'satdan og'ishlar mavjudmi? Bu ko'pincha kvadrat paydo bo'lganda sodir bo'ladi, lekin tomonlar hali ham uzunlikda farq qiladi. Bu qurilish xatolariga bog'liq. Shunday qilib, to'g'ri shakldagi xonaning maydonini hisoblash uchun siz maydonni yoki to'rtburchaklar to'rtburchaklar formulalarini ishlatishingiz kerak. Masalan, sizda boshqalar kabi besh metrga teng bir tomoningiz bor. 5 marta 5 marta oling va 25 kvadrat metrni oling. Yoki biri - 5, ikkinchisi - 8. Maydoni 40 metr kvadrat bo'ladi.


Download 431.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling