Laboratoriya ishi №1 тexnika havfsizlik qoidalari bilan tanishish molekulyar biologiyaning metodlari
Download 58.12 Kb.
|
1-laboratoriya ishi
Pereaminlanish barcha aminokislotalarning aminoguruhini -ketoglutarat kislotaga ko‘chirish orqali ularning dezaminlanishini ta’minlaydi. Hosil bo‘lgan glutamat kislota glutamatdegidrogenaza ta’sirida aminoguruxini yo‘qotadi, NH3 ni ajratadi. Bu reaksiya qaytar bo‘lib, qaytadan α- ketoglutarat kislotaga aylanadi. Muskuldagi ferment ishtirokida, glutamat va pirouzum kislota misolida pereaminlanish jarayoni bilan tanishish mumkin.
Pereaminlanish reaksiyasini qanday borganligini bilish uchun pirouzum kislotasining pereaminlanish jarayoni to‘xtatiladi. Natijada qolgan pirouzum kislotasi salitsin aldegida bilan to‘q sariq rangni hosil qiladi. Pereaminlanish reaksiyasini to‘xtatish uchun monoiod sirka kislotasi ishtirokida inkubatsiya qilinadi. Kerakli asboblar: probirkalar bilan shtativ; suv hammomi; qaychi; gomogenizator; 1,2 ml li pipetkalar. Reaktivlar. 1. Kaliy bikarbonatning (KHC03) 0,1% va 2% li eritmalari. 2. Glyutamin kislota eritmasi 6 mg glyutamin kislota 1 ml 2% li KHCO3 eritmasida eritiladi. 3. Pirouzum kislota eritmasi, 4,6 mg pirouzum kislotasi 1 ml distillangan suvda eritiladi. 4. Monoyod sirka kislotasining kaliy bikarbonatdagi eritmasi, 0,002M CH2JCOOH eritmasi 0,1% li KHCO3 eritmasida tayyorlanadi. 5. Kaliy ishqorining to‘yingan eritmasi. 6. Salitsil aldegidaning spirtdagi 2% li eritmasi. 7. Uchxlorsirka kislotasshshng 10% li eritmasi. Ishning borishi. Bu ishda ferment manbai sifatida muskul to‘qimasining gomogenati ishlatiladi. Gomogenat filtrati yuqorida bayon qilinganidek tayyorlanadi. Birinchi probirkaga 1 ml uchxlorsirka kislotasi eritmasidan solinadi, sungra to‘qima gomogenati filtratidan ko‘shiladi. Bu kislota ta’sirida fermentativ reaksiya bo‘lmaydi. Ikkinchi va uchinchi probirkalarga to‘qima gomogenatidan qo‘shib, aralashtiriladi va 37-38°C da inkubatsiya qilinadi. Inkubatsiya 90 minut davom etadi, har 5-10 minutda chayqatib turiladi. Inkubatsiyadan keyin probirkalarga 1 ml dan uchxlorsirka kislota eritmasidan qo‘shib, fermentativ reaksiya to‘xtatiladi va 10 minutdan keyin hamma probirkalardagi aralashma filtrlanadi. Filtrat salitsil aldegida bilan pirouzum kislotasini aniqlashga ishlatiladi. Buning uchun uchta probirka olib, 1-raqamli probirkaga avvalgi birinchi probirkadagi filtratdan 1 ml, raqamli probirkaga ikkinchi probirkadagi filtratdan, 3-raqamli probirkaga uchinchi probirkadagi filtartdan solinadi. So‘ngra hamma probirkalarga 1 ml dan KON ning to‘yingan iasidan va 0,5 ml 2 % li salitsil aldegidaning eritmasidan solinadi. Probirkalardagi suyuqliklar chayqatib aralashtiriladi. Shundan keyin probirkalarni 10 minut 37-38°S li suv hammomida inkubatsiya qilinadi. Hamma probirkalardagi hosil bo‘lgan ranglar solishtirilada va bu еrdagi ranglarga qarab pereaminlanish jarayoni qanday borganligini bilish mumkin. Olingan natijalardan xulosa yozilada. Download 58.12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling