Laboratoriya ishi №1 тexnika havfsizlik qoidalari bilan tanishish molekulyar biologiyaning metodlari
Download 58,12 Kb.
|
1-laboratoriya ishi
Pereaminlash reaksiyasi
Aminokislotalardan aminoguruhni erkin ammiak shaklida ajratib chiqmasdan -ketokislotaga ko‘chirilishi pereaminlanish yoki trans-aminlanish deb ataladi. Reaksiyani umumiy shaklda quyidagicha yozish mumkin.
Pereaminlanish jarayoni barcha to‘qimalarda keng tarqalgan fermentlar-aminotransferazalar ishtirokida boradi. Aminotransferazalar piridoksalfosfat proteinlar bo‘lib, ularning kofermenti oraliq fosfopiridoksaldir (vitamin B6). Piridoksalfosfat Pereaminlanish reaksiyasi davomida piridoksalfosfat piridok-saminfosfatga aylanadi, so‘ngra aminoguruha-ketokislotaga ko‘chiriladi va yana piridoksalfosfatga aylanadi. Pereaminlash reaksiyasi to‘qimalarida keng tarqalgan. Barcha aminokislotalar pereaminlanish reaksiyasida ishtirok etadi. Glutamat, asparagin, alanin bilan bu reaksiya tez o‘tadi. Glitsin, leysin izoleysin, gistitsin, triptofan, fenilalanin va tirozin qiyinroq pereaminlanadi. Piridoksaminfosfat Pereaminlanish reaksiyasi azot alamashinuvida alohida ahamiyatga ega. Birinchidan, bu reaksiya natijasida α - ketokislotalardan yangi aminokislotalar sintezlanadi. Ikkinchidan, pereaminlanish reaksiyasi aminokislotalar parchalanishidagi usullardan hisoblanadi. Ferment preparatini tayyorlash +4°C da olib boriladi. Ferment preparatini olish uchun birorta hayvon so‘yilib, skelet muskuli kesib olinadi va qaychi bilan maydalanadi. Hosil bo‘lgan to‘qima bo‘tqasini gomogenizator stakaniga solib, 1:5 nisbatda 0,1 % li KHCO3 eritmasidan qo‘shib 2 minut davomida gomogenizator bilan maydalanadi. Gomogenat to‘rt qavat doka orqali filtrlanadi va u tajriba uchun ishlatiladi. Tajribani olib borish uchun probirkalarga quyidagi sxema reaksiyasi aralashmalari tayyorlanadi:
Download 58,12 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling