Лаборатория иши №1
Olingan natijalarning hisobi
Download 1.01 Mb. Pdf ko'rish
|
Umymiy kimyoviy tyexnologiya (laboratoriya).doc
Olingan natijalarning hisobi
Ammiak sintez qilish qurilmasini chizish va yozib qo‘yish olingan natijalarni tablitsaga kiritish. Olingan havoning miqdori (l) Bosi m (Pa) Temperatu ra ( 0 С) Gramdagi massasi (g) Ammiakni ng chiqishi (%) Vodoro d Ammia k 11 Laboratoriya ishi №2 AMMIAKNI OKSIDLASH VA NITRAT KISLOTASI OLISH Ishdan maqsad: Laboratoriya qurilmasida ammiakni katalitik oksidlab, nitrat kislotasi olishda oksidlanish jarayonining tutashuv chegarasida haroratga va vaqtga bog‘likligini o‘rganish Nazariy ma’lumotlar Ammiakni azot oksidigacha oksidlash suyultirilgan nitrat kislotasi olishda I- bosqichdir.II-bosqich azot oksidini azot (II) oksidigacha oksidlash va uni suv bilan absorbsiyalashdan iborat. Ammiakni azot oksidigacha oksidlash quyidagi reaksiya ko‘rinishida boradi. 4 NH 3 + 5О 2 = 4NО + 6Н 2 О + Q (а) Ammiakni oksidlashda ushbu reaksiya jarayonida, quyidagi qo‘shimcha reaksiyalar ham borishi mumkin. 4 NH 3 + 4О 2 = 2N 2 О + 6Н 2 О + Q (b) 4 NH 3 + 3О 2 = 2N 2 + 6Н 2 О + Q (v) Bu reaksiyalar amalda oxirigacha boradi. Agarda katalizator qo‘llanmasa oksidlanish asosan (v) reaksiya ko‘rinishida boradi. Sanoatda ammiakni NO gacha oksidlash uchun katalizator sifatida odatda platinaning bir oz palladiy va rodiy qo‘shilgan qotishmasi sidirg‘a to‘r ko‘rinishida ishlatiladi. Bu to‘rlar reaktor ichida qavat-qavat joylashgan bo‘lib, uning orasidan ammiak va havo aralashmasi o‘tkaziladi. Platina katalizatorlarida, juda oz vaqt birligida, yuqori darajada, ya’ni 95-98% gacha azot oksidi olish mumkin. Ammiakni azot oksidigacha oksidlanishi, sekundning o‘n mingdan bir ulushiga vaqt oralig‘ida, deyarli oxirigacha boradi. Bunday katalizatorlar uzoq muddat o‘zining faollik xususiyatlarini saqlab turadi. Hozirgi kunlarda platina bilan bir qatorda temir oksididan tayyorlangan katalizatorlar ham ishlatilmoqda. Ammiakning oksidlanish tezligi nihoyatda katta bo‘lib, eng tez boruvchi reaksiyalar qatoriga kiradi. Platina katalizatorlarida optimal tutashuv vaqti 0,00006 - 0,0003 sekund, temir oksidida esa 0,01 sekundni tashkil qiladi. Optimal harorat esa 700 - 900 0 С dir. NO gazining hosil bo‘lishi uchun dastlabki gaz aralashmasining tarkibi ham katta ahamiyatga ega. Bir mol ammiakni azot oksidigacha oksidlanishi uchun nazariy jihatdan 1,2 mol kislorod kerak bo‘ladi. Azot oksidini hosil bo‘lish darajasini oshirish uchun kislorod miqdori keragidan ortiqroq bo‘lishi, ya’ni 1 hajm NH3 uchun 1,2-2,0 hajm O2 bo‘lishi kerak. Kontakt qurilmasida katalizator ishtirokida 800 - 900 0 С haroratda asosan azot oksidi hosil bo‘ladi. Chunki yuqori haroratda azotning kislorod bilan eng mustahkam birikmasi azot oksidi hisoblanadi. Kontakt qurilmasidan keyingi oksidlash idishida (12) gaz harorati pasayadi va azot oksidi azot (II) oksidigacha oksidlanadi. 2NО + О 2 = 2NО 2 (g) 12 Oksidlanish reaksiyasi natijasida bir qator nitroz gazlari (N 2 O 3 NO, N 2 O) ham hosil bo‘ladi. Nitrat kislatasining hosil bo‘lishi esa, hosil bo‘lgan asosiy mahsulot azot (II) oksidini suv bilan o‘zaro ta’siriga asoslanadi. 2NО 2 + Н 2 О = НNО 3 + НNО 2 + Q (d) qo‘shimcha N 2 О 4 + Н 2 О = НNО 3 + НNО 2 + Q (е) Hosil bo‘lgan nitrat kislotasi beqaror bo‘lgani uchun quyidagicha parchalanadi. 3НNО 2 НNО 3 + 2NО + Н 2 О - Q (j) Reaksiyaning umumiy ko‘rinishi esa, 3NО 2 + Н 2 О НNО 3 + NО + Q (z) ko‘rinishida bo‘ladi. (d) reaksiyasida ko‘rsatilgan azot (II) oksidini nitrat kislotasiga aylanish darajasi nitrat kislotasining konsentratsiyasiga, haroratga va gaz tarkibidagi azot (II) oksidining miqdoriga bog‘liq. Bu ish - laboratoriya model qurilmasida ammiakni katalitik oksidlab, nitrat kislotasi olish jarayonini, nazorat qilish usullarini o‘rganishga mo‘ljallangan. Download 1.01 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling