Лаборатория иши №1


Tarnzistorlarni (yarim o`tkazgichli trodlar) tekshirish


Download 0.69 Mb.
bet2/3
Sana07.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1338547
1   2   3
Bog'liq
1-LAB. ISH. Radioelementlarni tekshirishni o’rganish

Tarnzistorlarni (yarim o`tkazgichli trodlar) tekshirish
Tranzistor – zamonaviy elektronikadagi eng muhim yarim o‘tkazgichli asbobdir. Bipolyar tranzistorning ulanish oyoqlari emitter, baza va kollektor deb ataladi. Tranzistordagi tok ham, elektronlar ham kovaklar hissasidan iborat bo‘ladi. Tranzistor o‘tkazuvchanligi har xil bo‘lgan uch sohadan tashkil topadi. Bu sohalarning joylashish tartibiga ko‘ra n-p-n va p-n-p tipli tranzistorlar mavjud. Bunda o‘rta soha baza deb atalib, soha tor yasaladi, bu sohaga tushgan zaryad tashuvchi u yoki bu soha chegarasiga yetib bora olishi zarur bo‘ladi.
Bipolyar tranzistor signallarni kuchaytirish va tok o‘tishini kalit sifatida bohqarishga mo‘ljallangan. Tranzistor ikkita p-n o‘tishda tuzilgan bo‘lib, o‘rtadagi umumiy sohasi baza, qo‘lgan chetki ikki sohasi kollektor va emitter deb ataladi. Tranzistorlarni zanjirga ulashdan oldin ular doimo tekshirilishi zarur. Biz quyida tranzistorlarni qanday tekshirishi o‘rganamiz.

2-rasm. Tranzistorning tuzilish tamoyili a) n-p-n strukturali b) p-n-p strukturali
Soddallashtirish maqsadida tranzistordagi ikkita p-n o‘tishni bir-biriga bir qutbli tomonlari bilan ulangan ikkita diod deb qarash mumkin.


3-rasm. Tranzistorni bir-biriga bir qutbli tomonlari bilan ulangan ikkita diod deb qarash

Tranzistorlarni ikkita diod deb tasavvur qilgan ekanmiz, endi bu diodlarni tekshirib ko‘ramiz. Dastlab n-p-n tranzisroni tekshirib ko‘ramiz. Demak, tranzistor bazasi p-tipli kollektor va emitter n-tipli. Multimetrni diodlarni tekshirish rejimiga qo‘yamiz.



Bu rejimda multimetr p-n o‘tishdagi kuchlanishlar tushuvini millivoltlarda ko‘rsatadi. Kuchlanishlar tushuvi kremniyli diodlarda 0.6 volt, germaniyli diodlarda esa 0.2-0.3 volt bo‘lishi lozim. Dastlab tranzistorning p-n o‘tishini to‘g‘ri o‘tishda tekshiramiz, buning uchun multimetrning qizil (musbat qutbi) tekshirish shupini tranzistor bazasiga tutashtiramiz, qora (manfiy) shupini emitterga tutashtiramiz va bunda multimetr baza-emitter o‘tishidagi kuchlanishlar tushuvini ko‘rsatadi.

Keyin baza-kollektor o‘tishini tekshiramiz. Buning uchun qizil shupni bazaga ulaymiz, qorasini esa kolektorga qo‘yamiz va bunda asbob bu o‘tishdagi kuchlanishlar tushuvini ko‘rsatadi.

Bu yerda shuni aytib o‘tishimiz zarurki, baza-kollektor o‘tishidagi kuchlanishlar tushuvi, baza-emitter o‘tishidagi kuchlanishlar tushuvidan hamisha kichik bo‘ladi. Buni baza-kollektor o‘tishining qarshiligi doimo baza-emitter o‘tishi qarshiligidan kichik bo‘lishi bilan tushuntirish mumkin. Chunki kollektor yuzasi doimo emitter yuzasidan katta bo‘ladi. Shu xususiyati orqali tranzistor oyoqlari nomini ma’lumotnomasiz ham aniqlash mumkin.
Endi multimetrni teskari qutblari bilan ulaymiz. Bunda multimetr «1» ni ko‘rsatadi, bu esa qarshiligi cheksiz katta ekanligini bildiradi.
Qora shupni tranzistor bazasiga, qizil shupni emitterga ulaymiz, multimetr «1» ni ko‘rsatadi.

Endi tranzistorning baza-kollektor o‘tishini ham shunday tekshiramiz, natija yuqoridagidek bo‘ladi.

Oxirgi tekshirish emitter-kollektor o‘tishni tekshirish qoldi. Multimetr qora shupini tranzistor kollektoriga, qizil shupini emitterga ulaymiz, tranzistor ishga yaroqli bo‘lsa, multimetr «1» ni ko‘rsatadi.

Qutblarni almashtiramiz (qizil-kollektorga, qorasi-emitterga) natija «1» bo‘ladi.

Agar tekshirish jarayonida yuqorida ko‘rsatilganlarga mos kelmaydigan natija olsak, demak, tranzistor nosoz hisoblanadi.
Bu tekshirish usuli faqat bipolyar tranzistorlarni tekshirish uchun o‘rinlidir.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling