Лаборатория иши №1


Download 0.69 Mb.
bet1/3
Sana07.04.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1338547
  1   2   3
Bog'liq
1-LAB. ISH. Radioelementlarni tekshirishni o’rganish


1-LABORATORIYA ISHI
Radioelementlarni tekshirishni o’rganish


Ishning maqsadi: Radioelementlarning ishga yaroqliligini aniqlashni o’rganish va oddiy elektr sxemadagi yaroqsiz elementni izlab topishni bilishdan iborat.
Elektroradioelementlarning ishga yaroqliligini tekshirishning quyidagi oddiy usullari bor:
Doimiy va o’zgaruvchan qarshiliklarni tekshirish uchun qo’yidagilarni bajarish kerak: Tashqi ko’zdan kechirish, o’zgaruvchan rezistorning harakatlanuvchi mexanizmi va uning qismlari holatini tekshirish, belgisi va o’lchamlari bo’yicha qarshilikning normal qiymatini aniqlash, ruxsat etilgan tarqatma quvvatini, aniqlik sinfini va ommetr bilan qarshilikning haqiqiy qiymatini o’lchash hamda nominaldan og’ishini aniqlash, o’zgaruvchan rezistorlarda sirg’aluvchan qismi harakatlantirilganda qarshilikning bir tekis o’zgarishini baholash.
Barcha tipli kondensatorlarni tekshirish. Elektr yaroqsizligiga quyidagilar kiradi: kondensatorning elektr teshilishi; plastinalarining qisqa tutashuvi, dielektrikning eskirishi hisobiga nominal sig’imning ruxsat etilgan qiymatlaridan ham katta qiymatga o’zgarishi; kondensator ichiga suv kirishi, o’ta qizib ketishi, deformasiyalar; izolyasiyasining buzilishi sababli sizib o’tish tokining oshishi.
Elektrolitik kodensatorlarda, to’liq yoki qisman sig’imning yuqolishi, elektrolitning qurishi natijasida yuzaga keladi.
Agar tashqi ko’zdan kechirishda mexanik shikastlanishlar aniqlanmasa, elektr tekshirish o’tkaziladi. U quyidagilarni o’z ichiga oladi:
qisqa tutashuvni tekshirish, oyoqlarining butunligini tekshirish, izolyasiya qarshiligini tekshirish va sig’imni o’lchash.
Sig’im asbobi bilan o’lchanadi, agar bunday asbob yo’q bo’lsa, boshqa usullardan, masalan quyidagilardan foydalanish mumkin: katta sig’imli kondensatorlar (sig’imi 1mkf va undan yuqori) ommetr yordamida tekshiriladi. Bunda konedensator oyoqlariga ulangan ommetr strelkasi, agar kondensator yaroqli bo’lsa asta-sekin o’z boshlang’ich holatiga qaytadi. Agar sizib o’tish toki katta bo’lsa, asbobning strelkasi boshlang’ich xolatiga qaytmaydi.
O’rta sig’imli kondensatorlar (500 pf dan 1mkF gacha), kondensator oyoqlariga ketma-ket ulangan telefon va tok manbasi yordamida tekshiriladi. Kondensator yaroqli bo’lsa, zanjir ulangan onda, telefonda tiqqillash eshitiladi.
Kichik sig’imli kondensatorlar (500nf gacha), yuqori chastota toklari zanjirlarida tekshiriladi. Kondensator antenna va qabul qilgich orasiga ulanadi. Agar qabul qilgish balandligi kamaymasa, demak kondensator oyoqlarida uzilish yo’q.
Induktivlik g’altaklarini tekshirish. Tashqi ko’zdan kechirishda karkasning, ekranning, oyoqlarining buzilmaganligiga, g’altakning barcha detallari bir-biri bilan ishonchli bog’langanligiga, simlarning ko’zga ko’rib turgan uzilishlari, qisqa tutashuvlar yo’qligiga izolyasiya qoplamalarining buzilmaganligiga ishonch hosil qilinadi.
Izolyasiyaning, karkasning kuygan, qoraygan joylariga jiddiy e’tibor beriladi.
Induktivlik g’altaklarini elektr tekshirilish - uzilishiga tekshiruv, qisqa tutashgan o’ramlarni va g’altaklarning holatini aniqlashdan iborat. Uzilishga tekshirish ommetr yordamida bajariladi. Qarshilikning katta bo’lishi uzilish yoki bir necha simlarida yomon kontakt borligini anglatadi. Qarshilikning kichik bo’lishi simlar aro qisqa tutashuv borligini ko’rsatadi. Oyoqlar qisqa tutashuvida qarshilik nolga teng bo’ladi. G’altakning nosozliklarini aniqroq nomoyon qilish uchun induktivlik o’lchanadi. G’altakning ishga yaroqliligini oldindan soz bo’lgan va uning uchun mo’ljallangan asbobda ham aniqlash mumkin.
Yarim o’tkazgichli diodlar yaroqliligini tekshirish. Yarim o’tkazgichli diodlarni tekshirish uchun ularning to’g’ri va teskari qarshiliklari o’lchanadi. nisbat qanchalik katta bo’lsa, diodning sifati shunchalik yuqori bo’ladi.


1-rasm. Diodni tekshirish



Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling