Laboratoriya ishi 11. Massivlarni tashkil etish Ishning maqsadi
Download 307.76 Kb. Pdf ko'rish
|
1 olchovli.massivlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy ma’lumot
Laboratoriya ishi 11. Massivlarni tashkil etish Ishning maqsadi: Massivlar bir o‘lsovli massivlar bilan ishlash Kerakli jixoz va vositalar: ko‘rgazmali materiallar , videoproyektor va komp’yuterlar. Nazariy ma’lumot: Massivlar haqida tushuncha Biz shu paytgacha qiymatlarning oddiy (skalyar) tiplaridan foydalanib, turli xil dasturlar yaratishni o‘rgandik. Skalyar tipga tegishli har bir qiymat yagona ma’lumot hisoblanib, trivial strukturaga egadir. Amalda esa, turli xil hosilaviy tiplar bilan ishlashga, ulardan foydalanib murakkab programmalar yaratishga to‘g‘ri keladi. Bu tiplarga tegishli qiymatlarning har biri trivial bo‘lmagan strukturaga ega, ya’ni bu qiymatlar o‘z navbatida yana bir nechta qiymatlardan tashkil topadi. Endi shunday tiplardan biri bo‘lgan, programmalashda eng ko‘p qo‘llaniladigan dastur ob’ekti – massivlar bilan tanishib chiqamiz. Massiv - bu bir xil tipli, chekli qiymatlarning tartiblangan to‘plamidir. Massivlarga misol sifatida matematika kursidan ma’lum bo‘lgan vektorlar, matritsalar va tenzorlarni ko‘rsatish mumkin. Dasturda ishlatiluvchi barcha massivlarga o‘ziga xos ism berish kerak. Massivning har bir hadiga murojaat esa, uning nomi va o‘rta qavs ichiga olib yozilgan tartib hadi orqali amalga oshiriladi:
bu yerda qiymati. Umuman olganda, mumkin. Indeksni ifodalovchi ifodaning tipini – indeks tipi deb ataladi. Indeks tipining qiymatlar to‘plami albatta nomerlangan to‘plam bo‘lishi, shu bilan bir qatorda, massiv hadlari sonini aniqlashi va ularning tartibini belgilashi kerak. Bir o‘lchovli massivlar bilan ishlash Massivlarni e’lon qilishda indeks tipi bilan bir qatorda massiv hadlarining tipi ham ko‘rsatilishi kerak. Bir o‘lchamli massivni e’lon qilish quyidagicha amalga oshiriladi: Massivlarni e’lon qilish haqida to‘liqroq ma’lumot berish uchun turli tipdagi indekslarga oid misollarni e’tiboringizga havola qilamiz:
Download 307.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling