Lаborаtoriya ishI №13. Metаllаrning kimyoviy xossаlаri. Ishning maqsadi
Download 16.64 Kb.
|
№ 5. Lаborаtoriya ishi-1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol va masalalar.
LАBORАTORIYa IShI № 13. Metаllаrning kimyoviy xossаlаri. Ishning maqsadi: metallarning kimyoviy xossalari bilan tanishish. Tajriba №1. Metallarning xavo kislorodi bilan oʼzaro taʼsiri. a) Kerosinli bankacha ichidagi natriyning kichik boʼlakchasini pingʼet bilan olib, filqtr kogʼozda artib, pichoq bilan kesiladi. Metallarning kesilgan yuzasida qanday xodisa yuz beradi? Tegishli reaksiy tenglamasini tuzing. b) Magniyning kichik boʼlakchasini pingʼet bilan ushlab yondiring. Magniyning yonishiga eʼtibor bering. Qilingan ishlar yuzasidan natriy va magniy aktivligi toʼgʼrisida xulosa chiqaring. Tajriba №2. Metallarning suv bilan oʼzaro taʼsiri. a) Natriyning kichik boʼlakchasini filqtr kogʼozda artib, suv solingan va unga ikki tomchi fenolftalein tomizilgan chinni kosachaga tashlang. Kosachaning ustini oyna bilan berkiting. Reaksiy shiddatli borishini va suv asta-sekin qizarishini kuzating. Natriyning suv bilan boʼlgan reaksiy tenglamasini yozing. b) 10 tomchi suv solingan probirkaga kichik magniy boʼlakchasini tashlang. Vodorod ajralib chiqishi sezilarlimi? Reaksiy tenglamasini tuzing va metallarning suvga nisbatan aktivligini solishtiring. Tajriba №3. Metallarning xlorid va suyultirilgan sulfat kislotalari bilan oʼzaro taʼsiri. 6 ta probirkaga 10 tomchidan xlorid yoki suyultirilgan 10% li sulfat kislota eritmasidan soling. Xar bir probirkaga magniy, alyuminiy, rux, qalay, mis metallarining kichik boʼlakchasidan tashlang. Аgar kerak boʼlsa qizdiring. Xamma probirkada reaksiy boradimi? Tegishli reaksiy tenglamasini tuzing. Qilingan tajribaga asoslanib metallarning aktivligi toʼgʼrisida xulosa chiqaring va reaksiy tenglamasini yozing. Tajriba №4. Metallarning kongʼentrlangan sulfat kislota bilan oʼzaro taʼsiri. Probirkaga 5-6 tomchi kongʼentrlangan sulfat kislota soling va bir boʼlak mis tashlang, oxista qizdiring. Extiyotkorlik bilan xidlang. Reaksiy tenglamasini tuzing. Tajriba №5. Metallarning ishqorlar bilan taʼsiri. 6 ta probirka olib, xar biriga koʼrsatilgan metallar: magniy, mis, temir, rux, qalay, alyuminiylardan tashlang (xar bir probirkaga bittadan metall boʼlakchasi soling). Metallarning ustiga 30% li natriy ishqoridan 10 tomchi soling. Bir oz qizdiring. Xamma probirkalarda reaksiy boradimi? Tegishli reaksiy tenglamasini yozing. Tajriba №6. Metall gidrooksidlarining olinishi va ularning xossalari. a) 8 ta probirkaga 5 tomchidan quyidagi eritmalarni soling: Magniy, rux, xrom, mis, alyuminiy, ikki valentlik temir va marganegʼ tuzlari. Xar bir probirkaga choʼkma tushguncha NaOH ning 10% li eritmasidan tomchilab soling. Reaksiyning molekulyar, ionli tenglamasini tuzing. b) Xosil boʼlgan choʼkmani gʼentrofugada ajrating. Undan keyin xar bir choʼkmaga 10% li NaOH eritmasidan 3-4 tomchi soling. Choʼkmaning erishini kuzating. Molekulyar va ionli tenglamasini tuzing. v) (a) punktida koʼrsatilgandek kilib metall gidrooksidlarini xosil qiling, shu choʼkmaning erish, erimasligini kuzating. Reaksiyning molekulyar va ionli tenglamasini yozing. Kislotalarda eriydigan gidrooksidlar qanday xossaga ega? Kislota va ishkorlarda eriydiganlari qanday xossaga ega? Tajriba №7. Metallarning bir-birini siqib chiqarishi. 3ta probirkaga quyidagi koʼrsatilgan 2n eritmalaridan 5 tomchidan quying: mis sulfat, temir sulfat, rux sulfat. Xar bir probirkaga koʼrsatilgan metallarning kichik boʼlakchasini tashlang: 1-rux, 2-alyuminiy, 3-mis. Boradigan reaksiy tenglamalarini yozing. Oksidlovchi va qaytaruvchini koʼrsating. Oʼrganilgan metallarning aktivligi kamayishi tartibida joylashtiring va unga vodorodni qoʼshing. Savol va masalalar. 1. Metallarning fizik xossasi nima? 2. Na + H2O = 3. Mg + H2SO4(suyul.)= 4. Cu + H2SO4(kongʼ.)= 5. Al + HCl =…; Al + NaOH = Download 16.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling