Laboratoriya ishi №13 plastmassa tayyorlash va uni mustaxkamligini tekshirish; fenol-farmaldegid smolasini olish
Download 78.77 Kb.
|
PLASTMASSA TAYYORLASH VA UNI MUSTAXKAMLIGINI TEKSHIRISH; FENOL-FARMALDEGID SMOLASINI OLISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT UCHUN SAVOLLAR
Ishni bajarish tartibi. Sinash uchun har bir partiya materialdan uchtadan namuna olib, uning har birida kamida ikkitadan tekshirish o’tkaziladi. Namuna stol ustiga qo’yiladi va uni po’lat sharcha bilan to’qnashguncha ko’tariladi. Keyin sharchaning qancha botganini ko’rsatuvchi indikator shkalasi nolga keltirib qo’yiladi. So’ngra po’lat sharcha materialga R kuch ta‘sirida 60 s botirib turiladi. Natijada namuna yuzasida d diametrli iz - segment hosil bo’ladi.
Hisoblash. Brinell bo’yicha qattiqlik (Нв) quyidagi formuladan topiladi (Н/m2): bu yerda P - bosuvchi kuch miqdori, N; D - sharcha diametri, sm; d - sharcha segmenti diametri, sm; h -sharcha segmenta chuqurligi, sm. Sinash natijalari sifatida oltita tekshirishning o’rtacha arifmetik miqdori olinadi. Brinell bo’yicha qattiqlikni aniqlashning yana bir afzalligi shundaki, natija N/m2 bilan o’lchanadi. Bu esa uni boshqa mexanik xossalar bilan bog’lashga imkon beradi. Ammo chet ellarda bu metod hamma vaqt ham ishlatilmaydi, chunki segment (sharcha qoldirgan iz) radiusini mikroskop orqali o’lchash ma‘lum qiyinchiliklar tug’diradi. Agar qattiqlik Rokvelli usuli (A5TMD 785, AQSH) bo’yicha aniqlansa, bu kamchiliklar ma‘lum darajada yuqoladi. Chunki Rokvelli usuli bo’yicha natija tez olinadi va u segment yuzining aniq yoki aniqmasligiga bog’liq emas. Bu usulning kamchiligi shundaki, ish natijasi o’lchovsiz kattalik bo’lib, u yuqori aniqlik bilan o’lchashni taqozo etadi. Plastmassalar qattiqligini aniqlaydigan usullardan yana biri Shor usulidir. Shor usuli bo’yicha qattiqlikni aniqlash - olmos uchli (sharcha) po’lat sterjenni ma‘lum balandlikdan namuna ustiga tashlanganda uning yuqoriga sakrashini topishga asoslangan. Po’lat sterjen (boyok) qancha yuqoriga sakrab ko’tarilsa, sinaladigan namuna shuncha qattiq hisoblanadi. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR Plastmassalarning qattiqligi nima va u nima sababdan aniqlanadi? Qattiqlikni aniqlashning Brinell usulini tushuntirib bering. formula yordamida qanday ko‘rsatkich hisoblab topiladi? Rokvelli va Shor usullarini tushuntirib bering. Sharchani botirish yo‘li bilan qattiqlikni aniqlash usulini tushuntirib bering. Download 78.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling