Laboratoriya ishi №14 Mustaqil qoʻzgʻatishli oʻzgarmas tok generatorining salt ishlashi va yuklanish xarakteristikasini tekshirish


Download 29.66 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana18.06.2023
Hajmi29.66 Kb.
#1562859
1   2
Bog'liq
14-Laboratoriya ishi (3)

Yuklanish xarakteristikasi. Yakor toki I
a
=const (I
a
=0) va yakorning 
aylanish chastotasi n=n
N
=const bo‘lganda U

= (I
qo’z
) bog‘liqlikni ifodalovchi
egri chiziq yuklanish xarakteristikasi deyiladi. Yuklanish xarakteristikasining
amaliy ahamiyati shundaki, u yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’sirini
miqdoriy jihatdan aniqlashga hamda uning mashina magnit zanjiri to‘yinishini 
tekshirishga imkon beradi. Agar bitta yuklanish xarakteristikasi olinadigan bo‘lsa, 
ko‘pincha yakor toki I
a
= I

bo‘lgan qiymat uchun olinadi. Yuklanish va SIXlarini
solishtirish va ular yordamida xarakteristik uchburchak qurish uchun yuklanish
xarakteristikasini SIXning kamayuvchi shoxobchasi (6.4,b-rasmda, 1) bilan bitta
grafikda qurish qulay bo‘ladi.
Yuklanish xarakteristikasi (2-egri chiziq) quyidagi sabablarga ko‘ra SIX ga 
nisbatan pastda joylashadi:
1) yakor zanjiridagi qarshiliklarda kuchlanish pasayishi;
2) yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri (buning natijasida 
mashinaning asosiy magnit oqimi va EYK kamayadi).
Agarda salt ishlash rejimda qo‘zg‘atish tokining bironta I
qo’z.2
qiymatida «D»
nuqta bilan aniqlanadigan (6.4,b-rasm) kuchlanishga ega bo‘lsak, yuklama bilan
ishlaganda esa (I
qo’z
.
2
ning o‘sha qiymatida) generatorning chiqish 
klemmalaridagi kuchlanishi kamayadi (6.4,b-rasmda «C» nuqta), ya’ni «DC»
kesma bilan ifodalanadigan kuchlanish pasayishiga ega bo‘lamiz. Bu kesmaning


«BC» qismi yakor zanjiri va cho‘tkalardagi kuchlanish pasayishini, “DB” kesma
esa yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri tufayli kuchlanish pasayishini
ifodalaydi. Yakor toki I
a
=const bo‘lsa, CB kuchlanish pasayishi ham o‘zgarmas
bo‘ladi. Yakor reaksiyasining magnitsizlovchi ta’siri esa I
qo’z
ning oshishi bilan 
o‘zgaruvchan bo‘ladi, chunki bu holda magnit zanjirining to‘yinish
darajasi o‘zgaradi. EYK E’
a
ning bir xil qiymatini olish uchun salt
ishlash rejimda I
qo’z
.1 qo‘zg‘atish toki talab qilinsa, yuklama bilan ishlaganda esa, 
qiymati I
qo’z.2
=I
qo’z.1
bo‘lgan qo‘zg‘atish toki kerak bo‘ladi. Bu toklarning farqi
yakor chulg‘amidagi EYK Ea ni «DB» qiymatga kamaytiruvchi yakor 
reaksiyasining magnitsizlovchi ta’sirini kompensatsiyalashga sarflanadi. SIX va 
xarakteristik 
uchburchak 
yordamida 
elektromagnit 
qo‘zg‘atishli 
O‘T
generatorlarining normal ish jarayonidagi tashqi va rostlash xarakteristikalarini
grafik usulda aniqlash mumkin. 6.4-rasmdagi hosil bo‘lgan «ABC»
uchburchakni xarakteristik (yoki reaktiv) uchburchak deyiladi.

Download 29.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling